Mashrabova Buviniso Nurbek qizining filologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ingliz tilida kinodiskursning struktural-semantik va leksik-stilistik jihatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5571.
Ilmiy rahbar: Satimova Dilafruz Numonjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Yoqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sobirjonov Solijon Ataxonovich filologiya fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida kinodiskursning struktural-semantik, kommunikativ-kontekstual, tematik va leksik-stilistik jihatlarining tahlilini qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa, Amerika va Osiyo tilshunosligi doirasida media, mediamatn, diskurs va kinodiskurs tushunchalarining genezesi, etimologiyasi chuqur va tizimli ravishda o‘rganilib, ularning nazariy-metodologik jihatdan differensial, integratsial tomonlari tahlil qilingan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya va kino, gazeta va jurnallar, tranzit media, internet) tili medialingvistikaning o‘rganish obekti sifatida belgilanib, ingliz kinodiskursining ilmiy-nazariy tahlili, turkumlanishi va metodologiyasi tizimli ravishda asoslab berilgan;
ingliz tilida kinodiskursga oid leksik birliklar strukturaviy jihatdan monoleksema (fim/movie, screen, shoot/shot, script, cast, premiere, plot scene), derivatsion leksema (actor, actress, producer, subtitle, dubbing) va polileksema (soundtrack, screenplay, blockbuster, science-fiction)larga ajratilib, ularning tuzilishi (yakka morfema, derivatsiya, konversiya va kompounding usullari orqali hosil qilinishi), semantik munosabatlari (sinonimiya, antonimiya, omonimiya va polisemiya) hamda kinodiskurs leksikasi asosida shakllangan leksik-semantik maydonlari yaratilgan, shuningdek, ingliz tilidagi kinodiskursning turli janrlaridagi (komedik, romantik, fantastik, tragedik, ilmiy-fantastik, tarixiy va jangari) leksik birliklarning kontekstual-semantik jihatdan farqlanishi ilk bor tizimli ravishda tadqiq etilib, har bir janrga xos lingvistik vositalarning kontekstual va kommunikativ funksiyalari belgilangan hamda shu asosda kinodiskursning janr asosidagi diskursiv- lingvistik tasnifi ishlab chiqilgan;
badiiy diskurs va uning kinodiskursga transformatsiya jarayonlari R.Dalning “Charli va Shokolad fabrikasi” hamda F.S.Fitzgeraldning “Buyuk Gesbi” asarlari misolida tadqiq qilinib, ushbu asarlardagi matnlarning lingvopoetik imkoniyatlarini belgilovchi stilistik (o‘xshatish, mubolag‘a, metafora, onomatopeya, jonlantirish, simbolizm, alyuziya, kinoya, antitezis) va leksik vositalar (his-hayajon so‘zlar, iboralar, sleng, arxaizmlar, neologizmlar, jargonlar, evfemizmlar) hamda ularning badiiy diskursdan kinodiskursga o‘tishidagi o‘zgarishlar (vizual va audio vositalarga transformatsiya qilinishi, ayrim stilistik birliklarning qisqarishi yoki modifikatsiyasi) dalillangan.
ijtimoiy so‘rovnoma orqali kuzatish va tavsif yo‘li bilan 10 dan ortiq millat vakillarining kinoga bo‘lgan qiziqishi, undagi stilistik, leksik vositalar haqidagi tushunchalari, film nomlari, nutqining semantik funksiyasi va kommunikativ-kontekstual jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida kinodiskursning struktural-semantik va leksik-stilistik jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotdan olingan xulosalar quyidagicha joylashtirildi:
ingliz tilida kinodiskursga oid leksik birliklar strukturaviy jihatdan tavsiflanib, monoleksema, derivatsion leksema va polileksemalarga ajratilib, ularning tuzilishi, semantik munosabatlari hamda kinodiskurs leksikasi asosida shakllangan leksik- semantik maydonlari, shuningdek, kinodiskursning turli janrlaridagi leksik birliklarning kontekstual-semantik jihatdan farqlanishi, har bir janrga xos lingvistik vositalarning kontekstual va kommunikativ funksiyalarining belgilanishi va shu asosda kinodiskursning janr asosidagi diskursiv-lingvistik tasnifining ishlab chiqilishi bo‘yicha muayyan tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan olib borilgan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL- 402104209 – “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanildi (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-iyundagi 01/4-2645-son ma’lumotnomasi). Natijada, kinodiskurs leksikasini xarakterlovchi qator til birliklarini dasturiy jihatdan aniqlash, tizimlashtirish va avtomatik ishlov berish vositalarida qo‘llash uchun ilmiy-metodologik asos yaratilgan hamda auditoriya tomonidan ushbu tavsiyalarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
ingliz tilida badiiy diskurs va uning kinodiskursga transformatsiya jarayonlari haqidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muayyan tavsiyalardan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan loyiha shifri: S-ECAHD- 18-CA-0067, shartnoma raqami: PO#02002358 bo‘lgan «English Access Microscholarship» mavzusidagi xorijiy amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2025-yil 20-iyundagi 04-697-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan ingliz tilida badiiy diskurs va uning kinodiskursga transformatsiya jarayonlari R.Dalning “Charli va Shokolad Fabrikasi” hamda F.S.Fitzgeraldning “Buyuk (Shovvoz) Gesbi” asarlari misolida tadqiq qilinib, ushbu matnlarning lingvopoetik imkoniyatlarini belgilovchi stilistik va leksik vositalar hamda ularning badiiy diskursdan kinodiskursga o‘tishidagi o‘zgarishlar (vizual va audio vositalarga tranmsformatsiya qilinishi, ayrim stilistik birliklarning qisqarishi yoki modifikatsiyasi) farqlanib, loyiha materiallarini ilmiy-metodik jihatdan boyitishga xizmat qilgan, auditoriya tomonidan ushbu tavsiyalarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
Evropa, Amerika va Osiyo tilshunosligida media, mediamatn, diskurs va kinodiskurs tushunchalarining genezisi va etimologiyasi, nazariy-metodologik tasnifi differensial, integratsial tomonlari tahlili, shuningdek, ommaviy axborot vositalari tili medialingvistikaning o‘rganish obekti sifatida belgilanishi, ingliz kinodiskursining ilmiy-nazariy tahlili, turkumlanishi, metodologiyasi tizimli ravishda asoslab berilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Fan ufqlari” nomli eshittirishlarning 2025 yil mart va aprel oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tdi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-iyundagi O‘z/RV-05-09-1002-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar ssenariysi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan boyitilib, ko‘rsatuvlarning ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyati sezilarli darajada ortgan.