Mirzaeva Go‘zal Qobuljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va turk tillaridagi tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3526.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bobokalonov Ramazon Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va turk tillaridagi tovush o‘zgarishlarining miya
funksiyalariga aloqador belgilarini umumiy fonetik qonuniyatlar va til o‘zlashtirish omillari negizida asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi
o‘zbek va turk tillaridagi tovush o‘zgarishlarining miya faoliyati bilan aloqadorligi Luriyaning funksional tizim nazariyasi, Leveltning nutq yaratish modeli hamda generativ fonologiya tamoyillari asosida ilk bor neyrolingvistik aspektda dalillangan va tovush o‘zgarishlari fonologik kodlash va artikulyasion-motor realizatsiya bosqichlari integratsiyasida yuzaga keluvchi jarayon sifatida ilmiy asoslangan;
o‘zbek tilshunosligida ilk bor tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik xususiyatlariga qiyosiy aspektda yondashilib, o‘zbek va turk tillarining fonetik tizimi, me’yoriy tovush o‘zgarishlari, umumgenetik, etnik, ekstralingvistik, intralingvistik, mental omillar bilan belgilanuvchi o‘xshash hamda farqli belgilari ochib berilgan;
afaziyaga chalingan o‘zbek va turk bemorlari nutqidagi tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik asoslari aniqlangan, normal va anormal tovush o‘zgarishlarining munosabati tahlil qilinib, umumiy va farqli belgilarining konseptual tahlili amalga oshirilgan.
o‘zbek va turk bolalar nutqidagi normal va anormal tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik belgilari ajratilib, fiziologik-nevrologik omillari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbek va turk tillaridagi fonetik o‘zgarishlarning neyrolingvistik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va turk tillaridagi tovush o‘zgarishlarining miya faoliyati bilan aloqadorligi Luriyaning funksional tizim nazariyasi, Leveltning nutq yaratish modeli hamda generativ fonologiya tamoyillari asosida ilk bor neyrolingvistik aspektda dalillangan va tovush o‘zgarishlari fonologik kodlash va artikulyasion-motor realizatsiya bosqichlari integratsiyasida yuzaga keluvchi jarayon sifatida ilmiy asoslangan tahlillardan, tovush o‘zgarishlarining nutqqa ta’sir etuvchi ko‘rinishlarini aniqlash, sog‘lom insonning va afaziyaga chalingan bemorlarning va nutqiy faoliyatiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 22020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-fevraldagi №04/1-655 son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy korpus ma’lumotlar bazasi tilning fonetik sathi masalalarini o‘zlashtirishga yordam beruvchi materiallar bilan to‘ldirilgan;
o‘zbek tilshunosligida ilk bor tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik xususiyatlariga qiyosiy aspektda yondashilib, o‘zbek va turk tillarining fonetik tizimi, me’yoriy, orfoepik, orfoepik-orfografik tovush o‘zgarishlari, umumgenetik, etnik, ekstralingvistik, intralingvistik, mental omillar bilan belgilanuvchi o‘xshash hamda farqli belgilari ochib berilgan tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2024-yillarda amalga oshirilgan №IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 11-fevraldagi №04/1-522 son ma’lumotnomasi). Natijada dasturning lingvistik ta’minoti o‘zbek va turk tillaridagi me’yoriy tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik tavsifiga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan;
afaziyaga chalingan o‘zbek va turk bemorlari nutqidagi tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik asoslari aniqlangan, normal va anormal tovush o‘zgarishlarining munosabati tahlil qilinib, umumiy va farqli belgilarining konseptual tahlili amalga oshirilgan o‘rinlardan, o‘zbek va turk tilshunosligidagi tovush o‘zgarishlarining o‘rganilish tarixi, fonetik va fonologik hodisalarni neyrolingvistik jarayon sifatida tadqiq etish, tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik omillarini aniqlash borasidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2024-yillarda amalga oshirilgan №IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 11-fevraldagi №04/1-522son ma’lumotnomasi). Natijada morgologik tahlillardagi o‘zbek va turk tillari tovush o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolar borasida aniq xulosalar berilgan.
o‘zbek va turk bolalar nutqidagi normal va anormal tovush o‘zgarishlarining neyrolingvistik belgilari ajratilib, fiziologik-nevrologik omillari aniqlangan tahlillardan, o‘zbek va turk tilshunosligidagi tovush o‘zgarishlarining ilmiy talqiniga oid nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi”, “Tarix tilga kirganda” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-dekabrdagi 01-44-550 son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariylarining mazmuni turkiy tillar fonetikasining neyrolingvistik xususiyatlariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan.