Xolmo‘minova Mahliyo Ravshan qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida Vatan konseptini ifodalovchi lingvistik vositalar”
10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4963
Ilmiy rahbar: Kurbanova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professo
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.12.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Raupova Laylo Rahimovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida (Rauf Parfi, Abdulla
Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf) Vatan konseptini milliy-madaniy tushuncha sifatida ko‘rsatib berish hamda ushbu tushunchani ifodalovchi leksik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida Rauf Parfi, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Muhammad Yusuf she’riy asarlaridagi Vatan konseptini ifodalovchi leksemalar va ularning lug‘aviy-mavzuiy guruh (LMG)lari aniqlangan;
ushbu davr she’riyatida Vatan konseptini ifodalash uchun qo‘llanilgan lisoniy birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari, ya’ni bu birliklarning “madaniy sema”lari ochib berilgan;
mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida Vatan konseptini ifodalovchi alliteratsiya, assonans, tovush o‘zgarishi kabi fonetik-fonologik, shuningdek, sinonimiya, ko‘p ma’nolilik, antonimiya, takror, oksyumoron singari leksik-semantik vositalarning Vatan obrazini yaratishi, hissiy-emotsional ta’sirni kuchaytirishi, milliy identitetni va ramziy ma’nolarni ifodalashi asoslangan;
tadqiq etilayotgan davr she’riyatida Vatan konsepti bilan bog‘liq morfologik-sintaktik vositalar – gradatsiya, parallelizm, ritorik so‘roq gap, inversiyaning poetik xususiyatlari tahlil qilinib, ularning Vatan tushunchasiga nisbatan subektiv munosabatni ifodalashi, Vatan obrazining aksiologik mohiyatini yuzaga chiqarishi kabi vazifalari misollar yordamida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
konsept tushunchasining tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari bilan bog‘liqligi hamda konseptlar tizimida Vatan konseptining o‘rni o‘rganilishi, konsept tushunchasi, Vatan konseptining milliy-madaniy asosga ega ekanligining aniqlanishi, Vatan konseptini fonetik-fonologik, leksik-semantik, grammatik vositalar orqali ifodalanishi bilan bog‘liq tahlillar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanildi. Natijada loyiha ilmiy-nazariy jihatdan sezilarli darajada boyidi;
konsept tushunchasining jahon tilshunosligida o‘rganilishi, uning til tizimidagi ta’siri hamda ilmiy-amaliy ahamiyati, konsept tushunchasining lingvokulturologiya, kognitiv lingvistika va sotsiolingvistika kabi yo‘nalishlardagi o‘rnining tahlil qilinishi, Vatan konseptining realiyalar bilan bo‘gliqligi, lingvokulturologiya sohasida uning realiya sifatida o‘rganilishiga alohida urg‘u berilishi, Vatan konseptining she’riy matnlar tarkibida turli xil milliy-madaniy tushunchalar orqali ifodalanishi, Vatan konsepti badiiy matn tarkibida lingvokulturemalar bilan ifodalanganda til birliklari orqali uslubiy shakllanishining o‘rganilishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. Natijada tilning amaliy jihatdan madaniy xususiyatga egaligi asoslandi;
Tadqiqotda ilgari surilgan konsept tushunchasi, Vatan konsepti, Vatan konseptining milliy-madaniy xususiyatlari, ularning toponim, flora, gastronomik nomlar kabi bir qator lingvomadaniy birliklar orqali ifodalanishi, Vatan konseptining realiyalar bilan bog‘liqligi, Vatan konseptining fonetik-fonologik, leksik semantik va grammatik-sintaktik vositalar orqali ifodalanishiga oid ilmiy xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ibtido” ko‘rsatuvida ma’lumot sifatida foydalanilgan.