Otemisov Sharapat Jangabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrar tarmoqda kunjut etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4660.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Yashnarjon Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar tarmoqda kunjut etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kunjut etishtirish strategiya modeli” tushunchasining iqtisodiy mazmuni model` tarkibiga “kutilgan foyda–xavf (CVaR/sug‘urta)–bozor narxi ssenariylari” asosida qaror qabul qilish bloki hamda resurs cheklovlari (suv limiti, texnika vaqti, kredit quvvati)ni inobatga olgan dinamik optimallashtirish mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
kunjut etishtirishning zamonaviy ilg‘or amaliyotiga ko‘ra sug‘orish texnologiyasini qo‘llash yo‘nalishida hosildorlik (H = +30–40%), sertifikatlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishida eksport narxi (EN = +15–35%), qayta ishlashni kengaytirish yo‘nalishida qo‘shilgan qiymat (QQ = 3–5 marta)ni oshirish imkon chegaralari asoslangan;
kunjut etishtirish, uni qayta ishlash va eksport qilish holatlarida samaradorlikning o‘zgarib borishi xom kunjut eksporti (A ssenariy), o‘rtacha qayta ishlangan mahsulot eksporti (B ssenariy), chuqur qayta ishlangan mahsulot (D ssenariy) ga ko‘ra olinadigan daromadlar o‘zgarishini baholash orqali qiymat zanjirini “xom urug‘ - tozalangan urug‘ - yog‘ - tahini - premium mahsulotlar” yo‘nalishida chuqurlashtirish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud tendensiyalarni hisobga olgan holda ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida kunjut etishtirish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar tarmoqda kunjut etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kunjut etishtirish strategiya modeli” tushunchasining iqtisodiy mazmunini model` tarkibiga “kutilgan foyda–xavf (CVaR/sug‘urta)–bozor narxi ssenariylari” asosida qaror qabul qilish bloki hamda resurs cheklovlari (suv limiti, texnika vaqti, kredit quvvati)ni inobatga olgan dinamik optimallashtirish mezonlarini kiritish orqali takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznes matematika” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 aprel`, 136-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda model` tarkibiga qaror qabul qilish bloki hamda dinamik optimallashtirish mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan “kunjut etishtirish strategiya modeli” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
kunjut etishtirishning zamonaviy ilg‘or amaliyotiga ko‘ra sug‘orish texnologiyasini qo‘llash yo‘nalishida hosildorlik (H = +30–40%), sertifikatlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishida eksport narxi (EN = +15–35%), qayta ishlashni kengaytirish yo‘nalishida qo‘shilgan qiymat (QQ = 3–5 marta)ni oshirish imkon chegaralari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 22 dekabrdagi 02/02-4940-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kunjut etishtirishning sug‘orish texnologiyasini qo‘llash, sertifikatlash tizimini takomillashtirish, qayta ishlashni kengaytirish yo‘nalishlarida qo‘shilgan qiymatni oshirish imkoni yaratilgan;
kunjut etishtirish, uni qayta ishlash va eksport qilish holatlarida samaradorlikning o‘zgarib borishi xom kunjut eksporti (A ssenariy), o‘rtacha qayta ishlangan mahsulot eksporti (B ssenariy), chuqur qayta ishlangan mahsulot (D ssenariy) ga ko‘ra olinadigan daromadlar o‘zgarishini baholash orqali qiymat zanjirini “xom urug‘ - tozalangan urug‘ - yog‘ - tahini - premium mahsulotlar” yo‘nalishida chuqurlashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 22 dekabrdagi 02/02-4940-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kunjut mahsulotlarini 10,8 AQSh dollari/kg ga qadar sotish imkoniyati yuzaga kelishi orqali daromad 65,9 mln. AQSh dollariga etishi, import kunjutni qayta ishlash orqali eksportdan 3,35 AQSh dollari/kg sof foyda olib, 250 kishilik doimiy ish o‘rni yaratish mumkinligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud tendensiyalarni hisobga olgan holda ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida ishlab chiqilgan kunjut etishtirish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 22 dekabrdagi 02/02-4940 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda yillik 20-30 mln AQSh atrofida qo‘shimcha sof foyda, 4-5 yil ichida investisiya qaytishi, minglab yangi ish o‘rinlari, suv va er resurslaridan samarali foydalanish va eksport potensialining sezilarli oshishi kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga erishishi aniqlangan.