Nazarov Maxsud Abduqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1319.
Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Berdimuradova Alima Qarlibaevna – falsafa fanlari doktori, professor, Shodimetov Yusuf Shodimetovich – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda ekologik axloq tamoyillarining rolini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-axloqiy normalar va tamoyillarning ustuvorlashuv qonuniyatlari asosida “tabiat-jamiyat-inson” munosabatlarini kuchaytirishda ekologik axloqning konseptual ahamiyati, uning ijtimoiy-falsafiy mohiyati jamiyat ekologik ongi, madaniyatini rivojlantirishda ekologik muammolar echimining metodologik negizi sifatida ochib berilgan;
jamiyatning ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liq ekanligini isbotlash orqali axloqiy me’yorlar ekologik tafakkurning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek ma’naviy-axloqiy etuklik darajasi hamda shaxsning ekologik saviyasi ham shunga mutanosib tarzda ortib borishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik tasdiqlangan;
ekologik axloqning jamiyat hayotidagi transformatsion jarayonlar va ularning o‘zaro deterministik bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinib, ijtimoiy ongda ekologik imperativning shakllanish xususiyatlari va uni takomillashtirishning samarali mexanizmlari dalillangan;
ekologik axloqni rivojlantirishning fuqarolik jamiyati institutlari bilan integratsiyalashuv modellari, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilib, ekologik tahdidlarga qarshi kurashda fuqarolik jamiyatining turli institutlari hamkorligini ta’minlash strategiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi tadqiqot natijalari quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga tatbiq etilgan:
ma’naviy-axloqiy normalar va tamoyillarning ustuvorlashuv qonuniyatlari asosida “tabiat-jamiyat-inson” munosabatlarini kuchaytirishda ekologik axloqning konseptual ahamiyati, uning ijtimoiy-falsafiy mohiyati jamiyat ekologik ongi, madaniyatini rivojlantirishda ekologik muammolar echimining metodologik negizi sifatida asoslab beruvchi ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatida qo‘llanilgan. Xususan, partiya tomonidan ishlab chiqilgan “2023–2027-yillarda aholining ekologik madaniyatini rivojlantirish” konsepsiyasini takomillashtirishda ma’naviy-axloqiy normalar va tamoyillar ustuvorligi yondashuvlaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025-yil 2-sentyabrdagi 03/347-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar yosh avlod dunyoqarashida ekologik axloqning konseptual mohiyatini teranroq tushunishga xizmat qilgan.
jamiyatning ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liq ekanligini isbotlash orqali axloqiy me’yorlar ekologik tafakkurning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek ma’naviy-axloqiy etuklik darajasi hamda shaxsning ekologik saviyasi ham shunga mutanosib tarzda ortib borishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikning samarali mexanizmlari bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston Ekologik harakati Respublika Kengashi faoliyatida tatbiq etilgan. O‘zbekiston Ekologik harakati tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Yosh ekologlar maktabi” loyihasi doirasida Toshkent shahri va viloyat markazlarida 14 ta seminar va master-klasslar tashkil etilib, 2000 dan ortiq o‘quvchi va talaba qamrab olingan, tadqiqotchi taklif etgan metodika asosida o‘quv materiallari ishlab chiqilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining integratsiyalashuv modeli asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari, NNTlar, ta’lim muassasalari va biznes tuzilmalari bilan hamkorlik mexanizmlari joriy etilgan. Bundan tashqari, “Zamonaviy jamiyatda ekologik ong transformatsiyasi” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotida so‘rovnoma instrumentariysi dissertatsiya nazariyasi asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Ekologik harakati Respublika Kengashining 2025-yil 27-avgustdagi 08/61-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalari o‘tkazilgan tadbirlarni ilmiy faktik ma’lumotlar bilan boyishi hamda yuqori saviyada o‘tishiga xizmat qilgan.
ekologik axloqning jamiyat hayotidagi transformatsion jarayonlar va ularning o‘zaro deterministik bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinib, ijtimoiy ongda ekologik imperativning shakllanish xususiyatlari va uni takomillashtirishning samarali mexanizmlari bo‘yicha olingan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali faoliyatida foydalangan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 4-noyabrdagi №01/16-263-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Mahalla” teleradiokanalida efirga uzatilgan teledasturlar orqali teletomashabinlarga ekologik axloqning jamiyat hayotidagi transformatsion jarayonlar va ularning o‘zaro deterministik bog‘liqligiga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga hissa qo‘shgan.
ekologik axloqni rivojlantirishning fuqarolik jamiyati institutlari bilan integratsiyalashuv modellari, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilib, ekologik tahdidlarga qarshi kurashda fuqarolik jamiyatining turli institutlari hamkorligini ta’minlash strategiyasi asoslanganligiga doir dissertatsiya yangiliklari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatiga joriy etilgan (Institutning 2026-yil 27-yanvardagi 10/68-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qilgan.