Teshaev Zavqiddi Jabbor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida logistika xizmatlari samaradorligini oshirishning optimallashtirilgan mexanizmini takomillashtirish” (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6007
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shohijahon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Rixsimboev Odiljon Qobiljanovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
Shukurov Ulug‘bek Shokirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida Qashqadaryo viloyati logistika xizmatlari tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan optimallashtirilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etkazib berish tannarxi va vaqti, logistika marjasi, xizmat sifati, hududiy qamrov hamda ekologik yukni ifodalovchi indikatorlarning ijobiy va salbiy xususiyatlariga ko‘ra mos ravishda N_i∈[0;1]oralig‘idagi qiymatlari asosida shakllantirilgan 4D o‘lchov (V, Q, S, E) bo‘yicha logistika korxonalarini raqamli segmentlash va mos strategiyalarni ishlab chiqish taklifi ilmiy asoslangan;
transport-logistika xizmatlarida GPS ma’lumotlari asosida yuk tashish vaqti, marshrut zichligi, yuklama darajasi va bekor turish ko‘rsatkichlarini baholash orqali Qarshi – Shahrisabz – G‘uzor logistika o‘qi hududlarini yadro va periferiya toifalariga ajratish asosida investisiya va raqamli rivojlantirish ustuvorliklarini belgilashga qaratilgan raqamli baholash amaliyotini rivojlantirish taklifi ilmiy asoslangan;
logistika xizmatlarida daromad keltiruvchi avtotransport vositalarini baholashda daromadni kapitallashtirish va pul oqimlarini diskontlash usullarini qo‘llash orqali olingan baholash natijalarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda logistika xizmatlaridan olinadigan barqaror pul oqimlarini hisobga olgan holda yakuniy bozor qiymatini aniqlashtirishga qaratilgan baholash uslubiyatini ishlab chiqish taklifi ilmiy asoslangan;
yuk tashish hajmi dinamikasi, avtotransport vositalari sonidagi o‘zgarishlar, investisiya faolligi hamda yoqilg‘i – energetika tizimidagi inflyasiya omillarini hisobga olgan holda 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Qashqadaryo viloyatida transport–logistika xizmatlari ko‘rsatishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida logistika xizmatlari samaradorligini oshirishning optimallashtirilgan mexanizmini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
etkazib berish tannarxi va vaqti, logistika marjasi, xizmat sifati, hududiy qamrov hamda ekologik yukni ifodalovchi indikatorlarning ijobiy va salbiy xususiyatlariga ko‘ra mos ravishda N_i∈[0;1]oralig‘idagi qiymatlari asosida shakllantirilgan 4D o‘lchov (V, Q, S, E) bo‘yicha logistika korxonalarini raqamli segmentlash va mos strategiyalarni ishlab chiqish taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral 18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-fevral 05-11/2067-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida logistika xizmatlari samaradorligi va sifati oshdi, xarajatlar optimallashtirildi hamda mintaqaviy logistika tizimining raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanish salohiyati kuchaydi;
transport-logistika xizmatlarida GPS ma’lumotlari asosida yuk tashish vaqti, marshrut zichligi, yuklama darajasi va bekor turish ko‘rsatkichlarini baholash orqali Qarshi – Shahrisabz – G‘uzor logistika o‘qi hududlarini yadro va periferiya toifalariga ajratish asosida investisiya va raqamli rivojlantirish ustuvorliklarini belgilashga qaratilgan raqamli baholash amaliyotini rivojlantirish taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral 18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-fevral 05-11/2067-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida mintaqada logistika va transport samaradorligini bir vaqtning o‘zida baholash, ustuvor rivojlanish nuqtalarini aniqlash hamda yadro va periferik hududlar uchun farqlangan logistika, raqamli va ekologik transformatsiya strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi;
logistika xizmatlarida daromad keltiruvchi avtotransport vositalarini baholashda daromadni kapitallashtirish va pul oqimlarini diskontlash usullarini qo‘llash orqali olingan baholash natijalarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda logistika xizmatlaridan olinadigan barqaror pul oqimlarini hisobga olgan holda yakuniy bozor qiymatini aniqlashtirishga qaratilgan baholash uslubiyatini ishlab chiqish taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral 18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-fevral 05-11/2067-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida hududlar kesimida raqamli logistika rivojini jadallashtirish uchun differensial investisiya, infratuzilmaviy va boshqaruv choralarini belgilash, shuningdek, viloyatda logistika oqimlarini optimal hududiy qayta taqsimlash imkoniyati yaratildi;
yuk tashish hajmi dinamikasi, avtotransport vositalari sonidagi o‘zgarishlar, investisiya faolligi hamda yoqilg‘i – energetika tizimidagi inflyasiya omillarini hisobga olgan holda 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Qashqadaryo viloyatida transport – logistika xizmatlari ko‘rsatishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 18-fevral 18-son “Viloyatda transport – logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan chora–tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-fevral 05-11/2067-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida hududiy resurslardan samarali foydalanish, logistika va xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, investisiya qarorlarining aniqligi va samaradorligini oshirish hamda Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasining barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi amaliy boshqaruv asoslari yaratildi.