Ochilov Boxodir Norquvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli o’sish kuchiga ega klon payvandtaglarda istiqbolli olma navlarini morfo-biologik va xo’jalik belgilarini baholash (Samarqand viloyati sharoitida)”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1785
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, 
uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Eshankulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Abdikayimov Zaynilabiddin Abdivoxidovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sharoitida turli o’sish kuchiga ega klon payvandtaglar va istiqbolli olma navlarini tanlash va ularning morfo-biologik va xo’jalik belgilarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor istiqbolli olma navlari uchun payvandtag materiali sifatida pakana MIX va o’rta bo’yli MM106 klon payvandtaglari tanlangan, ularning parxish mahsuldorligi mos holda o’rtacha 13,4 dona (8,5 dona 1-nav va 4,6 dona 2-nav) va 13,1 donagacha (7,9 dona 1-nav va 5,2 dona 2-nav) etishi aniqlangan;
pakana MIX va yarim pakana MM106 payvandtaglarini vertikal parxishlash usulida ko’paytirishda gektariga 87545 (1-nav 60300 dona + 2-nav 27245 dona) va 88642 dona (1-nav 61322 dona + 2-nav 27320 dona) ildiz olgan parxish novda olish imkonini beruvchi oziqlantirish meyori (N220P110K40) aniqlangan;
pakana MIX va yarim pakana MM106 payvandtaglarida Jonatan, Golden Delishes, Starkrimson navlari yuqori darajada tutishi (MM106 da 57935-58675 dona, MIX da 57254-57622 dona), ko’chatlari shoxlanishi, barg bilan yaxshi qoplanishi, tana diametrining standart o’lchamda (≥1,8 sm) shakllanishi va kuchli ildiz tizimi (3 ta yarusli va 25 tadan kam bo’lmagan skelet ildizlar) hosil qilishi isbotlangan;
Samarqand viloyati sharoitida olma ko’chatlarini etishtirishda gektariga N140P100K70 meyorda oziqlantirish va Epllin preparati bilan 1,0 g/l suv konsentratsiyasida ishlov berish 85,5 % dan (59773 dona) ortiq I nav ko’chat olinishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati sharoitida turli o’sish kuchiga ega klon payvandtaglar va istiqbolli olma navlarini tanlash va ularning morfo-biologik va xo’jalik belgilarini baholash bo’yicha bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Pastdarg‘om tumanidagi «Ishmurodova Luiza bogʻi» fermer xo’jaligida 2 gektar maydonda o’rta bo’yli MM106 payvandtagida olmaning yuqori sifatli, eksportbop va hosildor Gala va Pink ledi navlarining yarim pakana ko’chatlari intensiv bog‘ barpo qilishda joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-03-291-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 42,5 tonna atrofida sifatli hosil etishtirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek xo’jalikda MM106 payvandtaglari parxish ona ko’chatzori 1,0 ga maydonda barpo qilingan va ona ko’chatzordan gektariga 85 ming dona atrofida standart parxish novda (payvandtag) va ularga Fudji navi kurtaklarini payvand qilishdan 75 ming dona atrofida tayyor standart ko’chat olish imkonini bergan.
Pastdarg‘om tumanidagi «Azizjon besh tom mevasi» fermer xo’jaligida 2,5 gektar maydonda pakana MIX payvandtagida olmaning yuqori sifatli, eksportbop va hosildor Starkrimson navi pakana ko’chatlari asosida intensiv bog‘ni barpo qilishga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-03-291-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 54,5 tonna atrofida sifatli hosil etishtirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek xo’jalikda pakana MIX payvandtagi parxish ona ko’chatzorini ilmiy asoslangan meyorda (gektariga N220P110K40) oziqlantirishda gektariga 90-100 ming dona payvandtag materiali olish imkonini bergan.
Pastdarg‘om tumanidagi «Norkuzini lazzatli olmalari» agrofirmasida 4,5 gektar maydonda pakana MIX payvandtagida olmaning yuqori sifatli, eksportbop va hosildor Golden Delishes, Oqsoy (qizil) va Fudji navlaridan intensiv bog‘ barpo qilishga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-03-291-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bog‘ to’liq hosilga kirganda maydon birligidan 55-60 tonnadan ortiq eksportbop hosil olish rejalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish