Djuraev Bekzod Bekamtovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida marketing va logistik tizimlari samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt970
Ilmiy maslahatchi: Sattarov Shuxrat Xasanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar: Ergashev Rahamtulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Yashnar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Bahodir Fayzullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxora davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik subektlari faoliyatida marketing va logistika tizimlarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saralash, qadoqlash, saqlash, tashish, sotish va eksport qilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks hisobga olgan holda, mahsulotlar oqimining har bir bo‘g‘inida iste’mol narxlarining shakllanish mexanizmi ilmiy jihatdan ochib berildi hamda iste’mol narxiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon sifatida logistika va sotish bosqichlarida qo‘shilgan qiymatning konsentratsiyalashuvi asoslandi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi subektlarga ko‘rsatiladigan marketing va logistika xizmatlari turlarining (ta’minot, saqlash, saralash, tashish, sotish va vositachilik xizmatlari) mahsulot etishtirish hajmi, sifati va bozor narxlariga ta’siri kompleks baholanib, ushbu ta’sirni miqdoriy aniqlash imkonini beruvchi “marketing marjasi”ni hisoblashning takomillashtirilgan uslubiyati ishlab chiqildi;
ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda marketing va logistikaning gintegratsiyalashuvini baholash metodikasi taklif etilgan hamda qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subektlarining samaradorlik koeffisientlari salbiy (Sk<0,3), o‘rtacha (0,3<Sk<0,6) hamda ijobiy (Sk≥0,7) kabi shakllarda baholash taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibini diversifikatsiya qilish va mahsulotlar oqimini bozor konyunkturasi hamda narxlar dinamikasiga mos boshqarish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslanib, qishloq xo’jaligida marketing, logistika va sotish tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ichki (ishlab chiqaruvchi salohiyati, resurslar, bilim va malaka, saqlash va tarqatish imkoniyatlari) hamda tashqi (davlat siyosati, bozor infratuzilmasi, hududiy talab farqlari, ilmiy tadqiqot natijalari va raqamli axborot platformalari) omillar uyg‘unligi asosida takomillashtirildi;
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sharoitida kichik agrobiznes va tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatiladigan marketing va logistika tizimi xizmatlari hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari va rivojlantirish ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida marketing va logistik tizimlarni rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saralash, qadoqlash, saqlash, tashish, sotish va eksport qilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks hisobga olgan holda, mahsulotlar oqimining har bir bo‘g‘inida iste’mol narxlarining shakllanish mexanizmi ilmiy jihatdan ochib berildi hamda iste’mol narxiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon sifatida logistika va sotish bosqichlarida qo‘shilgan qiymatning konsentratsiyalashuvi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 05/03-04-611-son ma’lumotnomasi). Natijada bu etishtirilgan mahsulotlar oqimini to‘g‘ri tashkil qilish, mahsulotlarni saralash va iste’molchilar talablarini to‘g‘ri baholash, shuningdek, iste’mol bozorlarini segmentlarga ajratish va ularning talablariga asosan taklif hajmini aniqlash imkoniyatini yaratadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi subektlarga ko‘rsatiladigan marketing va logistika xizmatlari turlarining (ta’minot, saqlash, saralash, tashish, sotish va vositachilik xizmatlari) mahsulot etishtirish hajmi, sifati va bozor narxlariga ta’siri kompleks baholanib, ushbu ta’sirni miqdoriy aniqlash imkonini beruvchi “marketing marjasi”ni hisoblashning takomillashtirilgan uslubiyoti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 05/03-04-611-son ma’lumotnomasi). Natijada etishtirilgan mahsulotlarni saqlash va tashish sarflari hamda iste’mol bozorlari sig‘imini baholash hamda bozor narxlarining keskin tebranishini qisqartirishga imkoniyat yaratildi;
ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda marketing va logistikaning gintegratsiyalashuvini baholash metodikasi taklif etilgan hamda qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subektlarining samaradorlik koeffesientlari salbiy (Sk<0,3), o‘rtacha (0,3<Sk<0,6) hamda ijobiy (Sk≥0,7) kabi shakllarda baholash takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 05/03-04-611-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ishlab chiqaruvchilarga nafaqat mahsulotlarni iste’mol bozorlariga chiqarish, balki resurslar bozorlarini ham tahlil qilgan holda, qaysi turdagi mahsulotlarni etishtirish nisbatan yuqori samara berishi bo‘yicha ilmiy axborot berish imkoniyatini yaratadi;
mahsulotlar oqimini bozor konyunkturasi hamda narxlar dinamikasiga mos boshqarish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslanib, qishloq xo’jaligida marketing, logistika va sotish tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ichki (ishlab chiqaruvchi salohiyati, resurslar, bilim va malaka, saqlash va tarqatish imkoniyatlari) hamda tashqi (davlat siyosati, bozor infratuzilmasi, hududiy talab farqlari, ilmiy-tadqiqot natijalari va raqamli axborot platformalari) omillar uyg‘unligi asosida takomillashtirish bo‘ycha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 05/03-04-611-son ma’lumotnomasi). Natijada bu iste’mol bozorlarida shakllanadigan narxlarga resurslar ta’minotining ta’sirini aniqlash hamda istiqbolda bozor baholarini prognoz qilish imkoniyatini yaratdi;
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sharoitida kichik agrobiznes va tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatiladigan marketing va logistika tizimi xizmatlari hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari va rivojlantirish ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2025-yil 6-oktyabrdagi 05/03-04-611-son ma’lumotnomasi). Natijada bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy samaradorlik koeffisienti 4 ta ssenariy bo‘yicha (0,0 dan 0,35 gacha past samaradorlik, 0,36 dan 0,70 gacha o‘rtacha samaradorlik, 0,71 dan 0,99 gacha samarador va 1,0 gacha mutlaqo samarali) baholash imkoniyatini yaratdi.