Nasirova Ra’no Azizovna
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turg‘un so‘z birikmalarining frazeostilistik ma’nosini kontekstual talqin qilish tamoyillari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlarining tili va adabiyoti ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6107
Ilmiy rahbar: Sulaymanova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili frazeologik birliklari ma’nosining uslubiy jihati, ularning ekspressiv-emotsional xususiyatlari va matnda namoyon bo‘lish shakllarini tadqiq etish hamda tahlil usullarini tizimlashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
frazeologik birliklarni grammatik, denotativ-signifikativ va stilistik ma’no bo‘yicha tavsiflashning yaxlit uch darajali modeli ishlab chiqilgan, stilistik neytrallik belgilanganlikning alohida turi sifatida talqin qilingan, bunda frazeologizmlarning umumiy semantikasida ekspressiv-stilistik ma’noning o‘rni aniqlangan;
tarqoq stilistik belgilarning an’anaviy tizimidan frazeologik birlikning “foydalanish pasporti” tushunchasi asoslangan, unda registr, tonallik va intensivlik, baholash yo‘nalishi, kommunikativ rejim kabi stilistik xususiyatlar ko‘p o‘lchovli profil sifatida me’yorlashtirilgan hamda lug‘aviy va nutqiy ma’nolari leksikografik tavsif asosida taqqoslangan;
frazeologik birliklarning ekspressiv-emotsional tabiati, semantik-stilistik ifodaviyligi, uni voqelantiruvchi leksik-sintaktik vositalar, frazeologik intensifikatorlarning maxsus sinfi va onomastik komponentli birliklarni qamrab oluvchi individual-stilistik ko‘rinishlarining tipologiyasi taklif etilgan, bunda morfologik va sintaktik darajadan onomastika va kontekstual kuchaytirishgacha bo‘lgan yagona tizimda ekspressiya tashuvchilarning o‘zgarish mexanizmi yoritilgan;
turg‘un so‘z birikmalari, shuningdek, o‘zgaruvchan so‘z birikmalari, frazeologizmlar va frazeologik bo‘lmagan turg‘un birikmalarni farqlashning semantik-stilistik mezonlari aniqlangan hamda frazeologik obrazning kontekstda faollashuvi shartlarini, kontekstli atribusiya metodikasining mohiyati, frazeologizmlar ma’nosi muayyan kontekstda janr va registr doirasida o‘zgarishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriylanishi. “Turg‘un so‘z birikmalarining frazeostilistik ma’nosini kontekstual talqin qilish tamoyillari” mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
dissertatsiyadagi ilmiy yangiliklar, xususan, frazeologik birliklarni grammatik, denotativ-signifikativ va stilistik ma’no bo‘yicha tavsiflashning yaxlit uch darajali modeli ishlab chiqilgan, stilistik neytrallik belgilanganlikning alohida turi sifatida talqin qilingan, bunda frazeologizmlarning umumiy semantikasida ekspressiv-stilistik ma’noni o‘z ichiga olgan individual-uslubiy tipologiyani amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq adabiyotshunosligi va folklori tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 18-noyabrdagi 743/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilida qo‘llaniladigan atamalarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan topshiriq va mashqlar majmuasi fundamental loyihani boyitishga xizmat qilgan;
tarqoq stilistik belgilarning an’anaviy tizimidan frazeologik birlikning “foydalanish pasporti” tushunchasi asoslangan, unda registr, tonallik va intensivlik, baholash yo‘nalishi, kommunikativ rejim kabi stilistik xususiyatlar ko‘p o‘lchovli profil sifatida me’yorlashtirilgan hamda lug‘aviy va nutqiy ma’nolari leksikografik tavsif asosida taqqoslanganligi bo‘yicha xulosalar qilingan. Mazkur natijalar 2021-2023-yillarda Qoraqalpoq ilmiy-tadqiqot gumanitar fanlar institutida (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi) amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrli tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlar, poetika)” fundamental loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq ilmiy-tadqiqot gumanitar fanlar institutining 2025-yil 18-noyabrdagi № 744/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda maxsus seminarlarni tashkil etishda foydalanish imkoniyati yaratilgan;
turg‘un so‘z birikmalarini (o‘zgaruvchan so‘z birikmalari, frazeologizmlar va frazeologik bo‘lmagan turg‘un birikmalar) farqlashning semantik-stilistik mezonlari aniqlashtirilgani va konkretlashtirilgani, “frazeologiklik chegarasi”ni yanada aniqroq belgilashni, frazeologik obrazning matnda faollashuvi shartlarini aniqlashni va kontekstli atribusiya metodikasini qurishni ta’minlashiga oid xulosa va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2018-yil 9-dekabrdagi 3923/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, keltirilgan ma’lumotlardagi frazeologik birliklarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlarini tizimli tahlil qilish usulini ochib berishga erishilgan;
frazeologik birliklarning stilistik ifodaviyligini kontekstual tahlil qilishning tartibotli asoslari ularning ichki frazeosemik tuzilishi darajalari, intensifikatorlar va onomastik frazeologizmlar tipologiyasini funksional uslublar maydoni bilan bog‘lash asosida ishlab chiqilganligi bo‘lib, bu frazeologizmlar talqinini illyustrativ tavsif tekisligidan janr va registr o‘zgarishlariga chidamli tekshiriluvchi belgilar va qoidalar tizimiga o‘tkazilishiga oid takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan AQSh Davlat departamenti tomonidan AQShning Toshkentdagi elchixonasi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi bilan hamkorlikda moliyalashtirilgan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2018-yil 9-dekabrdagi 3924/02-son ma’lumotnomasi) Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va mulohazalar mazkur loyihani mazmunan takomillashtirishga zamin yaratilgan.