Ollomurodov Nurali Yoqub o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston janubiy hududi aholisining ijtimoiy va maishiy hayoti: o‘zgarishlar va muammolar (1945-1991-yillar)”,
07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1811
Ilmiy rahbar: t.f.d.prof. Pardaev Toshkentboy Rajabovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich tarix fanlari doktori, professor, To‘raeva Matluba Xoliqulovna, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubiy hududlarida aholining ijtimoiy va maishiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan muammolar (1945-1991-yillar)ni ilmiy jihatdan yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sovet davrida O‘zbekistonning janubiy hududlarida amalga oshirilgan ishlarning bir yoqlamaligi real hayotda aholining ijtimoiy turmushida jiddiy kamchiliklar borligi, aholining turmush darajasi past ko‘rsatkichda ekanligi aholining shuningdek, kolxozchilar va sovxoz ishchilariga berilayotgan mablag‘lar kundalik ehtiyojini qondirmasligi aholining katta qismi qashshoq holatda yashayotganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar ochiqlangan;
janubiy hududlari aholisining ijtimoiy tuzilmasining asosiy yo‘nalishlari va ijtimoiy guruhlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va mavqei bundan tashqari aholining ijtimoiy tuzilishi nihoyatda murakkab ekanligi, shunga qaramasdan ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini o‘rganish va shu asosda ularga yondashish masalasiga e’tibor berilmaganligi, aholining ijtimoiy qatlamlarini tenglashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarning samarasi chiqqanligi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan;
sovet davrida janubiy hududlaraholi moddiy farovonligining nisbiy o‘sishida janubiy hududlarning orqada qolishi aholini ijtimoiy ta’minotni yo‘lga qo‘yish borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ayniqsa maishiy xizmat tizimining nihoyatda orqada ekanligi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan;
O‘zbekistonning janubiy hududlarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ishini yaxshilash borasidagi yutuq va kamchiliklar va ularning oqibatlari, shuningdek, aholini uy-joy bilan ta’minlanishi, kommunal xo‘jalik va maishiy xizmat sohasida amalga oshirilgan ishlar va muammolar ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy choratadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston janubiy hududi aholisining ijtimoiy va maishiy hayotini yoritishga xizmat qilgan. (2025-yil 25-martda berilgan 10/114-sonli ma’lumotnomasi asosida )
Ko‘rsatuv teletomoshabinlarga O‘zbekistonning janubiy hududlari ijtimoiy tarixini chuqurroq o‘rganishga, sovet sharoitida aholi maishiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan.
“O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari Ollomurodov Nurali Yoqub o‘g‘lining “O‘zbekistonning janubiy hududdi aholisining ijtimoiy va maishiy hayoti: o‘zgarishlar va muammolar (1945-1991 yillar)”mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasidan aurim ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilganligini ma’lum qiladi. Xususan, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda N. Ollomurodov tadqiqotlarida aks etgan sovet hokimiyatining markazlashtirilgan va ma'muriy buyruqbozlik boshqaruvi tufayli respublika iqtisodiyotining yagona xalq xo‘jaligi tizimiga kiritilishi ijtimoiy dasturlarni rivojlantirishga jiddiy to‘siq bo‘lganligi, bu holat janubiy hududlarda respublikalarning boshqa mintaqalariga nisbatan keskin iz qoldirganligi, ayniqsa, Chiroqchi, Dehqonobod, Qamashi, Yakkabog‘, Sherobod, Boysun va Sariosiyo tumanlarida odamlarning ijtimoiy holati va maishiy turmushi past darajada qolganligi arxiv hujjatlari asosida isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (2024-yil 22 oktyabrdagi 01-44-332-sonli ma’lumotnomasi asosida). Ma’lumotlarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatini rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etdi.