Djurabaeva Dilafruz Ergashbaevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilarini korreksion vositalar orqali harakat faolligini oshirish samaradorligi”, 13.00.04 — Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped10456.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zokir Pardaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Laylo Baxramovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining harakat faolligini oshirishda statodinamik vositalarni korreksiyalash mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
professor-o‘qituvchilarni jismoniy faolligini oshirishda belgilangan vaqtlarda metabolik jarayonlarni tezlashtirish, mushaklar faoliyatini tiklash va psixoemotsional barqarorlikni mustahkamlash uchun korreksion (miofassial, izometrik, dinamik, statik) mashqlar orqali optimal tiklanishni integratsiyalashgan mexanizmini ishlab chiqish hisobiga funksional holati yaxshilangan;
professor-o‘qituvchilarning passiv holatini tiklash, mushak tonusini yaxshilash, ishchanlik qobiliyatini oshirish, uyqu sifatini yaxshilash, energiya balansini me’yorlashtirish, charchoqni kamaytirish hamda diqqat ko‘chuvchanligini oshirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi harakat faolligini optimallashtiruvchi uch blokli (bodiyflex, sigun va autogen) mashqlar majmuasini kiritish hisobiga ishchanlik qobiliyati yaxshilangan;
professor-o‘qituvchilarning funksional holatini aniqlash orqali mushak massasining saqlanishi, bo‘g‘imlar faolligini oshirish va yurak-qon tomir tizimi salomatligini mustahkamlashda ayollar va erkaklar uchun moslashuv, faollashtirish, kuchaytirish, tiklanish davrlarini o‘z ichiga olgan to‘rt bosqichli mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish hisobiga moddalar almashinuvi jarayoni yaxshilangan;
bo‘lajak pedagoglar hamda professor-o‘qituvchilarni o‘zini o‘zi nazorat qilishda kunning istalgan vaqtida harakatlarni mustaqil bajarishga yo‘naltirilgan hamda ratsional turmush tarzini targ‘ib etuvchi, tanlangan vositalardan tizimli foydalanish imkonini beruvchi omillar tahlili asosida “EduHealth” nomli mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga sog‘lom turmush tarzi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarini korreksion vositalar orqali harakat faolligini oshirish samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
professor-o‘qituvchilarni jismoniy faolligini oshirishda belgilangan vaqtlarda metabolik jarayonlarni tezlashtirish, mushaklar faoliyatini tiklash va psixoemotsional barqarorlikni mustahkamlash uchun korreksion (miofassial, izometrik, dinamik, statik) mashqlar orqali optimal tiklanishni integratsiyalashgan mexanizmi bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarni ishdan bo‘sh vaqtlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 
02-16/7505-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning organizmdagi yog‘ miqdori tadqiqot boshida 40, 77 % dan tadqiqot oxirida 35, 39 % ga yaxshilangan;
professor-o‘qituvchilarning passiv holatini tiklash, mushak tonusini yaxshilash, ishchanlik qobiliyatini oshirish, uyqu sifatini yaxshilash, energiya balansini me’yorlashtirish, stress va charchoqni kamaytirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi harakat faolligini oshiruvchi uch blokli (bodiyflex, sigun va autogen) mashqlar majmuasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarni sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar mazmuniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport  vazirligining 2025-yil 
15-iyuldagi 02-16/7505-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘quvchilarda diqqat ko‘chuvchanligini samaraliroq jamlashga erishilgan va organizmdagi suv miqdori tadqiqot oxirida 6,8 % dan 15,3 % ga yaxshilangan;
professor-o‘qituvchilarning funksional holatini aniqlash orqali mushak massasining saqlanishi, bo‘g‘imlar faolligini oshirish va yurak-qon tomir tizimi salomatligini mustahkamlashda ayollar va erkaklar uchun moslashuv, faollashtirish, kuchaytirish, tiklanish davrlarini o‘z ichiga olgan to‘rt bosqichli mashg‘ulotlar tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar darsdan tashqari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport  vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 02-16/7505-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘quvchilarning tadqiqot boshidagi ichki yog‘ miqdori 5,7 % dan 10,96 % ga hamda biologik yoshi 6,44 % dan 12,9 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglar hamda professor-o‘qituvchilarni o‘zini o‘zi nazorat qilishda kunning istalgan vaqtida harakatlarni mustaqil bajarishga yo‘naltirilgan hamda ratsional turmush tarzini targ‘ib etuvchi, tanlangan vositalardan tizimli foydalanish imkonini beruvchi omillar tahlili asosida ishlab chiqilgan “EduHealth” nomli mobil ilovasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch davlat universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 02-16/7505-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning funksional holati umumiy hisobda 13,5% ga yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish