Zoxidova Madinaxon Turg‘unboevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Funksional yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika fanlari misolida).13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10040
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024. Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Muminova Dilafruz Asqaralievna pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor; Yakubjonova Dilobar Batirovna pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni funksional yondashuv asosida pedagogik mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahoratni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik ta’limning amaliyotga yo‘naltirish, refleksiyani tizimli shakllantirish, individual yondashuvni qo‘llash, pedagogik etikaning milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish kabi tashkiliy pedagogik shartlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
funksional yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish modelining tashkiliy-faoliyatli bloki “Kuzatuv va tahlil”, “Bir kunlik o‘qituvchi”, “Fikrlar burchagi”, “Missiya-imkon” metodlarini “O‘qituvchi–talaba–jamiyat” muloqot tizimi asosida real kommunikativ vaziyatlarni simulyasiya qilish orqali takomillashtirilgan; 
funksional yondashuv asosida pedagogik mahorat komponentlarini rivojlantirish metodikasi kreativ, evristik va faoliyatga yo‘naltirilgan elementlarni kasbiy-pedagogik funksiyalar bilan integratsiyalash orqali refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan “InnovPed” innovatsion ta’lim dasturi ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirishga xizmat qiluvchi funksionallik darajasini baholash ko‘rsatkichlari pedagogik bilimlar, kasbiy-pedagogik malakalar, ijodiy tafakkur va pedagogik intuisiya, pedagogik texnika, kommunikativ hamda tashkilotchilik qobiliyatlari kabi asosiy pedagogik komponentlarni motivatsion- kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Funksional yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
funksional yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahoratni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik ta’limning amaliyotga yo‘naltirish, refleksiyani tizimli shakllantirish, individual yondashuvni qo‘llash, pedagogik etikaning milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish kabi tashkiliy pedagogik shartlarga ustuvorlik berishga oid taklif va tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darslik mazmuni bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyatga moslashuvchanligini oshirish hamda ularda funksional kompetentlikni tarkib toptirishga xizmat qiladigan zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilgan.
funksional yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish modelining tashkiliy-faoliyatli bloki “Kuzatuv va tahlil”, “Bir kunlik o‘qituvchi”, “Fikrlar burchagi”, “Missiya-imkon” metodlarini “O‘qituvchi–talaba–jamiyat” muloqot tizimi asosida real kommunikativ vaziyatlarni simulyasiya qilish orqali takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini funksional yondashuv asosida rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minoti takomillashtirilib, talabalarning o‘quv-bilish va amaliy faolligi ortgan;
funksional yondashuv asosida pedagogik mahorat komponentlarini rivojlantirish metodikasi kreativ, evristik va faoliyatga yo‘naltirilgan elementlarni kasbiy-pedagogik funksiyalar bilan integratsiyalash orqali refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan “InnovPed” innovatsion ta’lim dasturi ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 - sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda  foydalanilgan. Natijada, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari funksional va kreativ yondashuvlar integratsiyasi hisobiga kengaytirilib, bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion faoliyatga intilish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasi ortishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirishga xizmat qiluvchi funksionallik darajasini baholash ko‘rsatkichlari pedagogik bilimlar, kasbiy-pedagogik malakalar, ijodiy tafakkur va pedagogik intuisiya, pedagogik texnika, kommunikativ hamda tashkilotchilik qobiliyatlari kabi asosiy pedagogik komponentlarni motivatsion- kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar asosida aniqlashtirilganligiga doir oid taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 - sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda  foydalanilgan. Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik sifatini mezonlar doirasida obektiv diagnostika qilish tizimi yaratilgan hamda ijtimoiy-psixologik omillarning ta’lim natijaviyligiga ta’sirini monitoring qilish aniqligi ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish