Kudratov Laziz Farxodovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matnning aspektual tarkibi va uning pragmatik vazifalari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyοsiy adabiyοtshunοslik, shοg‘ishtirma tilshunοslik, tarjimashunοslik ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2567
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Mirsanov G‘aybullo Kulmuradovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Djumabaeva Jamila Sharipovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Musaev Abish Abilkazievich
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqοtning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi matnning aspektual tarkibi va uning pragmatik vazifalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matndagi supersintaktik birlikning denotativ darajadagi korrelyasiyasi makrovaziyat, ya’ni lisoniy tartibga tegishli kontinuumga munosabati bo‘yicha o‘ziga xos ierarxik tartiblangan, temporal va aspektual mazmunni o‘z ichiga olgan kichik voqea-hodisa sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ingliz tilida perfekt va imperfekt oppozisiyasining matndagi imkoniyatlari voqea-hodisalarni chegaralash, kogeziya funksiyalari, makro-vaziyatning verbal darajada ma’lum qolipda integrallashuvlarida namoyon bo‘lsa, o‘zbek tilida zamon shakllari, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikmalarida ifodalanadigan perfektiv va imperfektivlik matn ichidagi alohida vaziyatlarni tugallanishi, boshqa vaziyatlarga mazmunan integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qilishi asoslangan;
ikkala tilda ham fe’l zamon shakllarining aspekt semantikasi matndagi til birliklarini aniqlash jarayonida qo‘shimcha temporal vosita sifatida xizmat qilishi barobarida matndagi lingvistik elementlarni aniqlashga bevosita ta’sir ko‘rsatib, fe’l shakllarining o‘ziga xos semantikasi bilvosita aniqlanadigan komponentlar orqali matnning mantiqiy va semantik tuzilishi bilan bog‘lanishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek badiiy matn tarkibidagi aspektual kategoriyalar perfektda referensiya, presuppozisiya, matn tugallanganligiga ishora; imperfektda voqea- hodisalarning davom etishi, takroriy aktlar, bir necha voqea-hodisalarning bog‘liqligi kabi pragmatik vazifalar ustuvorligida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi matnning aspektual tarkibi va uning pragmatik vazifalariga oid qiyosiy tahlil jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
matnning supersintaktik birligining denotativ darajadagi korrelyasiyasi makrovaziyat, ya’ni lisoniy tartibga tegishli kontinuumga munosabati bo‘yicha o‘ziga xos ierarxik tartiblangan, temporal va aspektual mazmunni o‘z ichiga olgan kichik voqea-hodisa sifatida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” mavzusidagi xalqaro tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 7-dekabrdagi 03/3703-son ma’lumotnomasi). Natijada matn tarkibida turli ifoda vositalaridan foydalanishda matnning semantik tarkibini shakllantirishga xizmat qiladigan temporal va aspektual vositalarning uyg‘unlashuvi natijasi ekanligi isbotlangan;
ingliz tilida perfekt va imperfekt oppozisiyasining matndagi imkoniyatlari voqea-hodisalarni chegaralash, kogeziya funksiyalari, makro-vaziyatning verbal darajada ma’lum qolipda integrallashuvlarida nomoyon bo‘lsa, o‘zbek tilida zamon shakllari, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikmalarida ifodalanadigan perfektiv va imperfektivlik matn ichidagi alohida vaziyatlarni tugallanishi, boshqa vaziyatlarga mazmunan integratsiyalashuvini ta'minlashga xizmat qilishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 4-dekabrdagi 2662/02-son ma’lumotnomasi). Natijada matnlarning pragmatik va semantik tadqiqi hozirgi kundagi tilshunoslikning dolzarb masalalari sirasiga kiruvchi aspektual semantika, pragmalingvistika singari sohalar bo‘yicha mavjud ilmiy ma’lumotlarni boyitishga xizmat qilgan;
ikkala tilda ham fe’l zamon shakllari aspekt semantikasi matndagi til birliklarini aniqlash jarayonida qo‘shimcha temporal vosita sifatida xizmat qilishi, matndagi lingvistik elementlarni aniqlashga bevosita ta’sir ko‘rsatib, fe’l shakllarining o‘ziga xos semantikasi bilvosita, aniqlanadigan komponentlar orqali matnning mantiqiy va semantik tuzilishi bilan bog‘lanishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda bajarilgan AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 4-dekabrdagi 2661/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalardan mazkur xalqaro loyihani amalga oshirishda va uning o‘quv jarayonida undan unumli foydalanishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy matn tarkibidagi aspektual kategoriyalar perfektda referensiya, presuppozitiya, matn tugallanganligiga ishora; imperfektda voqea- hodisalarning davom etishi, takroriy aktlar, bir necha voqea-hodisalarning bog‘liqligi kabi pragmatik vazifalar ustuvorligida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Malaziyadagi Pendidikan Sultan Idris universitetida “A Framework of Teachers’ Digital and Artificial Intelligence Competencies Upskilling for Industry 4.0 and Industry 5.0” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Pendidikan Sultan Idris universitetining 2025-yil 20-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek badiy matndagi lisoniy vositalarning axborot uzatish, ma’lumot yetkazish kabi ma’lumotlari pragmatik assotsiatsiya natijasi ekanligi dalillangan va loyihaga singdirilgan.