Asfandiyorov Ma’rufjon Mansur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «3A rusumidagi seolitlarini sintezi va ularning adsorbsion-termodinamik xususiyatlarini tadqiqi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K1107.
Ilmiy rahbar: Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Raxmatkariev Firuza Gayratovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshmetov Rasuljon Jumyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 4A rusumidagi seolitini gidrotermal sintez qilish va undan ion-almashtirish usulida 3A seolitini olish, uning kristall tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash, hamda adsorbsion va termodinamik xususiyatlarini aniqlashda iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrotermal usulda sintezlangan NaA seolitidan ion almashish usulida KA seoliti olish, natriy kationlarini kaliy kationlariga 53,2 % ga almashtirish usuli aniqlangan;
past haroratli azot adsorbsiya-desorbsiyasi usulida KA seolitining sorbsion yuzasi 22,8 m2/g, tashqi sirt g‘ovak hajmi 0,037 cm3/g va mazkur seolit faqat bir xil turdagi kristall strukturaga ega ekanligi aniqlangan;
KA seolitida suv va karbonilsulfid molekulalari adsorbsiyasining izotermalari, issiqlik muvozanati vaqti va asosiy termodinamik tavsiflari (H, G va S) aniqlangan;
suv adsorbsiyasi izotermasi MHTNning uch hadli matematik tenglamasi asosida, karbonilsulfid adsorbsiyasining izotermasi BET tenglamasi asosida qayta tavsiflandi;
KA seolining faol adsorbsiya markazlarining qiymati 1 mmol/g ga teng ekanligi, suv molekulalari seolitning 83 % hajmini to‘ldirishi, seolitning K+ kationlari bilan suv molekulalari pentamer K+:5H2O ion-molekulyar kompleksllarini hosil qilishi, 0,4 mmol/g suv molekulalari adsorbat-adsorbat sorbsiyalanishi isbotlangan;
KA seoliti suv molekulalari adsorbsiyasining molli entropiya o‘zgarishining o‘rtacha -137 J/molK qiymatidan seolit matrisasida suv molekulalari kuchli lokallashuvi va uning harakatchanligi cheklanganligi aniqlangan;
COS molekulalari KA seolitining yuza qismida adsorbsiyalanishi va BET koeffisienti 0,01 mmol/g ga tengligi, differesial entalpiya yuqori va entropiyaning eng kam qiymati 0,1 mmol/g ga to‘g‘ri kelishi, o‘rtacha molli entropiyaning o‘zgarishi -13 J/molK ning qiymatidan seolit sirtida COS molekulalarining harakatchanligi etarlicha cheklanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori vakuumli adsorbsion-kalorimetrik qurilmada adsorbsiyaning asosiy termodinamik (H, G va S) tavsiflari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
neft mahsuloti yoqilg‘ilarini KA seoliti anologi yordamida suv bug‘laridan tozalashning takomillashtirilgan usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2026-2030 yillarda joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 25 avgustdagi 15/76 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv molekulalarining miqdori benzin yoqilg‘isi tarkibida 1.55 ml/g dan 0.012 ml/g gacha, kerosin yoqilg‘isida 1.23 ml/g dan 0.01 ml/g gacha hamda dizel yoqilg‘isida 1.47 ml/g dan 0.03 gacha tozalash imkonini beradi;
sintez qilingan KA seoliti analogining regeneratsiyalash usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2026-2030 yillarda joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 25 avgustdagi 15/76 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adsorbsion-termodinamik hususiyatlarini tadqiq qilish, ishlab chiqarish hamda neft-gazni qayta ishlash sanoatida iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.