Ibragimov Avazbek Baxtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kompleks hosil qilish orqali suvda qiyin eriydigan faol farmatsevtik ingredientlarning biofarmatsevtik xossalarini maqbullashtirish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/K235.
Ilmiy maslahatchilar: Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.K/B.18.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, akademik; Sobirov Ravshan Zoirovich, biologiya fanlari doktori, akademik; Abdullabekova Viloyatxon Nurillabekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 3,5-dinitrobenzoy kislotasi va lagoxilin misolida komplekslash usullaridan foydalangan holda suvda qiyin eriydigan FFIlarning biofarmatsevtik xususiyatlarini maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta sintetik (3,5-dinitrobenzoy kislotasi) va tabiiy (lagoxilin) birikmalarni o‘z ichiga olgan model birikmalarning eruvchanligi va biofaolligini oshirish uchun supramolekulyar birikmalar hosil qilishdan (klatratlar, organik tuzlar va koordinatsion birikmalar hosil bo‘lishi) foydalanish imkoniyatlari aniqlangan;
MEA va EDA yordamchi ligandlari ishtirokida DNBKning nisbatan katta miqdordagi yangi koordinatsion birikmalari sintez qilingan va strukturaviy (shu jumladan miqdoriy molekulalararo o‘zaro ta’sirlar) tavsiflangan;
birinchi marta olingan birikmalar qatoridagi izomorfizm hodisasini tadqiq qilish orqali ikki yadroli mis kompleksida ichki koordinatsion sfera tarkibini maqsadli o‘zgartirish imkoniyati isbotlangan;
tabiiy gemostatik vosita bo‘lgan lagoxilin asosida farmakokinetik xususiyatlarni yaxshilagan yangi dori shakllari olingan;
sintez qilingan koordinatsion birikmalarning yuqori viruslarga va mikroblarga qarshi faolligi aniqlangan, bu esa yangi dori vositalarini yaratish istiqbollarini ochib bergan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Supramolekulyar komplekslarning sintezi, tuzilishini aniqlash, suvda eruvchanligi va biofarmatsevtik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidroksipropil-β-siklodekstrinning lagoxilin bilan gemostatik faollikka ega bo‘lgan supramolekulyar kompleksini olish usuli ishlab chiqilgan va bu usulga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP 06595 22.10.2021). Natijada, lagoxilin asosida farmakokinetik xususiyatlarni yaxshilagan sprey va gel shaklida lagoxilinning innovatsion dorivor shakllari olish imkonini bergan;
biofaolligi bo‘lmagan organik birikma asosida yangi 13 ta biofaolligi yaxshilangan birikma sintez qilinib, tuzilishi aniqlangan va barchsi yngi tuzilishli birikmalar ekanligi isbotlanga hamda Angliyadagi xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/solutions/csd-system/componens/csd). Natijada, ushbu ma’lumotlarda jahon miqyosida analog tuzulishli birikmalarning tuzilishini tahlil qilishda foydalanish imkonini bergan;
metallokomplekslarning sintezi va tuzilishini aniqlash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalaridan 10 dan ortiq yetakchi halqaro ilmiy jurnallarda yangi turdagi metallokomplekslar olish va strukturalarini tadqiq etishda foydalanilgan (Separation And Purification Technology (IF 9.0), Factor of Journal of Molecular Structure (IF 4.7), Factor of Journal of Molecular Liquids (IF 5.2), Factor of International Journal of Molecular Sciences (IF 4.9), Applied Organometallic Chemistry (IF 4.04), Factor of Structural chemistry (IF 2.2), Factor of ChemistrySelect (IF 2.0), International Scientific Journal Theoretical & Applied Science (IF 5.0), Chemistry – An Asian Journal (IF 3.24)). Natijada, koplab yangi turdagi komplekslani olish va tuzilishini aniqlash imkonini bergan;
suvda yomon eriydigan biofaol moddalarni komplekslarini olish orqali biofarmatsevtik maqbullashtirish usulidan №FL-95-24115091 “O‘zbekistonda ilk bora zamonaviy in silico usulini qo‘llagan holda birikmalarning biologik ta’sirini tezkor aniqlash (molekulyar doking) uslubini yo‘lga qo‘yish” fundamental loyihasida yangi sintez qilingan komplekslarning molekulyar doking usulida biologik ta’sirini tezkor aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 19 noyabrdagi 4/1255-2904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usul koplab komplekslarning biologic faolliklarini aniqlash va o‘ziga xos faollikka ega dori vositalarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.