Oskinbaeva Gulziyba Davletbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalik davrida o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Nurbek Sa’dullaevich psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Hazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Nuriddin Tohir o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalik davrida o‘zini o‘zi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillarni o‘rganish asosida bu jarayonga samarali ta’sir ko‘rsatishning amaliy usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba shaxsining o‘zini o‘zi rivojlantirishning refleksiv komponentlariga ko‘ra, o‘z faoliyatini rejalashtirish, o‘tmish, hozirgi, kelajakdagi faoliyat refleksiyalarini o‘zaro interasiyalashuvi tufayli “Ideal Men”ning qadriyatli-motivasion jihatdan psixologik determinatsiyalashuvi yetakchi xarakterga ega ekanligi dalillangan;
kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning o‘zini o‘zi faollashtirish darajasiga ta’siri natijasida bilishga doir qadriyatlar, avtonomiya, o‘zini o‘zi tushunishni analitik fikrlash bilan barqaror shakllanishi “tanlagan kasbiga nisbatan ijobiy munosabat” indikatorini kuchaytirilganligi sababli talabalarda o‘ziga nisbatan refleksiv differensial munosabatni ijtimoiy Menning negizida namoyon bo‘lishi dalillangan;
talabalik davrida kasbiy identifikatsiyani refleksiv jarayonlar bilan uyg‘un rivojlanishida qadriyatlar, bilish zarurati, aloqa kabi komponentlarning ustuvor xarakterga ega ekanligiga asoslanib, shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati muhim psixologik determinant ekanligi dalillangan;
talabalarning xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun ijtimoiy jarayonlarda o‘zini o‘zi emosional nazorat qilish zarurligiga ko‘ra “psixik desensibilizatsiya” holatini shaxs xususiyatlari bilan integratsiyalashgan holda faollashtirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalik davrida o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
talaba shaxsining o‘zini o‘zi rivojlantirishning refleksiv komponentlariga ko‘ra, o‘z faoliyatini rejalashtirish, o‘tmish, hozirgi, kelajakdagi faoliyat refleksiyalarini o‘zaro interasiyalashuvi tufayli “Ideal Men”ning qadriyatli-motivasion jihatdan psixologik determinatsiyalashuvi yetakchi xarakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» va “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son-a-son ma’lumotnomasi).  Natijada shaxs o‘zini o‘zi rivojlantirishga o‘z faoliyatini rejalashtirish, o‘tmish, hozirgi, kelajakdagi faoliyat refleksiyalarini “Ideal Men” yordamida samarali ta’sir qilishiga sharoit yaratilgan.
kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning o‘zini o‘zi faollashtirish darajasiga ta’siri natijasida bilishga doir qadriyatlar, avtonomiya, o‘zini o‘zi tushunishni analitik fikrlash bilan barqaror shakllanishi “tanlagan kasbiga nisbatan ijobiy munosabat” indikatorini kuchaytirilganligi sababli talabalarda o‘ziga nisbatan refleksiv differensial munosabatni ijtimoiy Menning negizida namoyon bo‘lishi dalillangan ma’lumotlar doir xulosalar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» va “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning o‘z-o‘zini faollashtirish komponentlari bilan uyg‘un holda namoyon bo‘lishi asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
talabalik davrida kasbiy identifikatsiyani refleksiv jarayonlar bilan uyg‘un rivojlanishida qadriyatlar, bilish zarurati, aloqa kabi komponentlarning ustuvor xarakterga ega ekanligiga asoslanib, shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati muhim psixologik determinant ekanligi dalillangan ma’lumotlar doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» va “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘zini o‘zi rivojlantirish va shaxs motivasion sohasini o‘zaro aloqadorligi hamda o‘zini o‘zi rivojlantirishning yoshga bog‘liq namoyon bo‘lish imkoniyatlari tahlil qilingan. 
talabalarning xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun ijtimoiy jarayonlarda o‘zini o‘zi emosional nazorat qilish zarurligiga ko‘ra “psixik desensibilizatsiya” holatini shaxs xususiyatlari bilan integratsiyalashgan holda faollashtirish muhimligi dalillangan ma’lumotlar doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son buyrug‘i bilan “Psixologik xizmat” va “Psixologik trening asoslari” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 12 dekabrdagi PM-273-son-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘zini o‘zi rivojlantirishning yetakchi komponentlariga asoslanib, shaxs sohasiga korresion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish