Tursunova Aziza Asror qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kelif-Sariqamish lokal ko‘tarilmalari zonasi mezozoy yotqiziqlarining neft` va gazga istiqbolliligini baholash», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/GM217.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Marina Georgievna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.03.01.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashboy, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Sunnatov Muxiddin Saloxiddinovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kelif-Sariqamish lokal ko‘tarilmalari zonasi mezozoy yotqiziqlarining neft` va gazga istiqbolliligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burg‘ilash ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish va ilmiy prognozlash asosida yura davri karbonat va terrigen yotqiziqlarining tarqalish tarzi va to‘liq qalinligi aniqlangan;
Kelif-Sariqamish lokal ko‘tarilmalari zonasidagi mezozoyga oid konlarining neft va gazga salohiyati belgilangan, hajmi va bashorat qilingan uglevodorod zaxiralarini hisoblashga asoslangan;
Kelif-Sariqamish lokal ko‘tarilmalari zonasining o‘q qismida neftgazga istiqbolli tuzilmalarning ikki turi - tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan antiklinal va bort qismlariga to‘g‘ri keladigan strukturaviy-tektonik yarim antiklinallar aniqlangan;
keyingi geologiya-qidiruv ishlari uchun istiqbolli lokal tuzilmalarning rivojlanish hududlari belgilanib, bo‘r va yura (karbonat va terrigen formatsiyalar) yotqiziqlarining strukturaviy modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Kelif-Sariqamish lokal ko‘tarilmalari zonasining mezozoy yotqiziqlarining neftgazlilik istiqbollarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mustakillikning 25 yilligi» koni yura davri karbonat yotqiziqlari XV+XVa gorizontlarining geologik modeli baholash-ishlatish quduqlarini optimal joylashtirish uchun «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XKda joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 19 martdagi 03/18-8-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, massiv karbonatli rezervuarning tuzilishi va lito-fatsial xususiyatlari aniqlangan hamda 500-1300 ming m3/sut debitli sanoat miqyosida gaz oqimini olish imkonini bergan;
«Mustakillikning 25 yilligi» konining quyi bo‘r terrigen yotqiziqlarining XIV-gorizont chegarasini aniqlash maqsadida qidiruv burg‘ilash ishlarini davom ettirish uchun «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XKda tavsiyanoma joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 19 martdagi 03/18-8-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, XIV gorizontni (valanjin yarusi) razvedka qilish ishlari yakunlangan va gazga to‘yingan zonalar ajratilgan, shuningdek 5 dan 29 ming m3/kun debitli gaz oqimlarini olish imkonini bergan;
«Mustakillikning 25 yilligi» konining yura davri karbonat yotqiziqlari XV+XVa gorizontlaridagi quduqlarni o‘zaro gazogidrodinamik sinash (gidroeshituv) bo‘yicha tavsiyanoma «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XKda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 19 martdagi 03/18-8-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, XVa gorizontining karbonat kollektorlari bo‘shliqlariining strukturasi va kichik amplitudali yoriqlarning ekranlovchi ta’siri yo‘qligini aniqlash imkonini bergan;
«Mustakillikning 25 yilligi» konining yura davri karbonat yotqiziqlari XV-XVa gorizontlaridagi №2-6-OE va №7-10-O quduqlarini sinashning yangi uslubini qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XKda joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 19 martdagi 03/18-8-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mustakillikning 25 yilligi konining gidrodinamik modelini kalibrlash va tajriba-sanoat ekspluatatsiyasini rejalashtirish uchun dinamik ma’lumotlar olish imkonini bergan;
Kognisoy maydonida №1J-3J izlov quduqlarini burg‘ilashni asoslash «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XKda joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 19 martdagi 03/18-8-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, yura davri karbonat yotqiziqlarining geologik tuzilishi, litologik xususiyatlari, termobarik gradientlari va neftgazga istiqbolliligini aniqlash imkonini bergan;
Kognisoy maydonida XIV gorizonti quyi bo‘r yotqiziqlaridagi uyumlarni konturlash uchun №5(bs) va №6 qidiruv quduqlarini burg‘ilashni asoslash «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XKda joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2025 yil 19 martdagi 03/18-8-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, darzlikoldi zonasidan mahsuldorligi 770 ming m3/kun debitli sanoat miqyosidagi gaz oqimini olish imkonini bergan.