Muxitdinov Ilhomjon Ixtiyorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Jinoyatchilikning hududiy tarqalishiga ta’sir etuvchi geografik omillar tahlili (Farg‘ona viloyati misolida)», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr253.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusufjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Bahodirjon Xakimjon o‘g‘li, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatida jinoyatchilikka ta’sir etuvchi geografik omillar tahlili asosida, jinoyatchilikni oldini olishga doir  ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyatchilikning hududiy tarqalishiga mintaqaviy geografik omillarning (aholi zichligi, urbanizatsiya darajasi, bandlik va migratsiya) ta’sir darajasini baxolash uslubiyoti Pearson koeffisientidan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
jinoyatchilik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarning tipologik taxlili asosida Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlari “yuqori xavfli”, “o‘rta xavfli” va “past xavfli” toifalarga ajratilgan va xaritasi yaratilgan;
Farg‘ona viloyati ma’muriy birliklarida jinoyatchilikga ta’sir qilivchi omillarning davriy (2014–2024) dinamikasini kompleks tahlil qilish asosida jinoyatchilikning uchta ssenariy bo‘yicha (optimistik, real, pessimistik) rivojlanish tendensiyasini ko‘rsatuvchi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bashoratli xaritalar ishlab chiqilgan;
Farg‘ona viloyati misolida jinoyatchilikni oldini olish  va unga qarshi kurashishda hududiy rejalashtirish, mahalliy darajadagi profilaktika ishlarini kuchaytirish va takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyatchilikning hududiy tarqalishiga ta’sir etuvchi geografik omillari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jinoyatchilikning hududiy tarqalishiga mintaqaviy geografik omillarning (aholi zichligi, urbanizatsiya darajasi, bandlik va migratsiya) ta’sir darajasini baxolash uslubiyoti Pearson koeffisientidan foydalanish asosida takomillashtirilgan uslubyotidan O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2025-yil 28-oktyabrdagi 04/9-08/14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning aholi zichligi haddan yuqori bo‘lgan tumanlari (Toshloq, Uchko‘prik), sohta urbanizatsiya elementlari kuzatilgan shahar va shaharchalarda (Hamza, Avval), ishsizlik va migratsiya jarayonlarini tartibga solish mexanizmlari takomillashtirish imkonini bergan;
jinoyatchilik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarning tipologik taxlili asosida Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlari “yuqori xavfli”, “o‘rta xavfli” va “past xavfli” toifalarga ajratilgan va ishlangan xaritalardan O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2025-yil 28-oktyabrdagi 04/9-08/14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ma’muriy tumanlarda olib borilayotgan ishalarda kuch va vositalarni muofiqlashtirish, “yuqori xavfli” hududlarga (Farg‘ona sh., Qo‘qon sh., Oltiariq t.) tezkorlik bilan qo‘shimcha kuch va vositalar ajratish imkonini bergan;
Farg‘ona viloyati ma’muriy birliklarida jinoyatchilikga ta’sir qilivchi omillarning davriy (2014–2024) dinamikasini kompleks tahlil qilish asosida jinoyatchilikning uchta ssenariy bo‘yicha (optimistik, real, pessimistik) rivojlanish tendensiyasini ko‘rsatuvchi bashoratli xaritalardan O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2025-yil 28-oktyabrdagi 04/9-08/14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning pessemistik senariy asosida jinoyatchilik rivojlanish ehtimoli bo‘lgan ma’muriy birliklarida mazkur xolatni oldini olish uchun viloyat IIB, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan ishlab chiqiladigan rejalashtirish ishlarini muofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona viloyati misolida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashda hududiy rejalashtirish, mahalliy darajadagi profilaktika ishlarini kuchaytirish va takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oily Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2025-yil 28-oktyabrdagi 04/9-08/14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatida olib boradigan pofilaktika ishlarini ma’muriy tumanlar kesimida jinoyat turlari bo‘yicha muofiqlashtirish, ixtisoslashtirilgan tezkor qidiruv faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish