Mirzaliev Sindor Rajabovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Urgut tumanining tibbiy geografik holati va aholi salomatligini sotsial geografik asoslari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Gr384.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Aliqul Xudoyberdievich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Rahmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Egamqulov Husniddin Erkabaevich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Urgut tumanining tibbiy geografik holati va aholi salomatligini sotsial geografik jihatlarini tahlil qilish asosida ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ilmiy hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Urgut tumani aholisi salomatligiga tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik omillarning ta’siri majmuali tahlil qilinib, tumanda yuzaga kelgan tibbiy geografik holatning OP va OShP doirasidagi tafovutlari aniqlangan;
tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasining muammolari, tibbiy muassalar, tor mutaxassislar (onkolog, oftalmolog, ginekolog) diagnostika markazlarini etishmasligi aniqlangan va ularni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Urgut tumanida shakllangan tibbiy geografik holat aholi orasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov-anketa usuli asosida aniqlangan hamda oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari kesimida baholangan;
tuman tibbiy geografik holatida asosiy guruh kasalliklari sanaluvchi yurak qon-tomir, asab tizimi, buyrakda tosh hosil bo‘lishi, kam qonlik kasalliklari dinamikasi ekonometrik modellashtirilgan va statistik tahlillar asosida prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Urgut tumanining tibbiy geografik holati va aholi salomatligini sotsial geografik asoslarini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqotlar, ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
aholi salomatligiga tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik omillarning ta’siri majmuali tahlil qilinib tumandagi tibbiy geografik holati haqidagi xulosalar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 1 avgustdagi 05-28/17640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Urgut tumani aholisi salomatligiga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik omillarni aniqlash imkonini bergan; 
tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasining muammolari o‘rganilib, uni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 1 avgustdagi 05-28/17640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasining ayrim muammalolarini echishga imkon bergan; 
Urgut tumanida shakllangan tibbiy geografik holati sotsiologik so‘rov-anketa usuli asosida OP va OShP lar kesimida baholashlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 1 avgustdagi 05-28/17640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tumanda tibbiy xizmat ko‘rsanish sohasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish imkonini bergan; 
tuman tibbiy geografik holati haqida ishlab chiqilgan ekonometrik modellar va prognozlar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 1 avgustdagi 05-28/17640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuman aholisi orasida uchraydiga ayrim kasalliklar va ularning turlarini etti yillik dinamikasini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish