Janizoqova Gulshoda Murodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Molguzar tog‘i rekreatsiya resurslari va ulardan samarali foydalanish istiqbollari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Gr421.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xolmurodov Shakarbek Abdug‘anievich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Molguzar tog‘ining rekreatsiya resurslari hamda rekratsion salohiyatini baholash, kartalashtirish va istiqbolda samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Molguzar tog‘i rekreatsiya resurslari tasniflangan va ularning hududda rekreatsiyaning rivojlanishidagi ahamiyati aniqlangan;
Molguzar tog‘ landshaftlari rekreatsiya maqsadida baholangan va kelajakda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
QGIS dasturida 1:350000 masshtabdagi Molguzar tog‘i landshaftlari hamda manzilli baholash, Molguzar tog‘i landshaftlarining rekreatsion rayonlashtirish, Molguzar tog‘i rekreatsion marshrutlari xaritalari yaratilgan;
hududning tabiiy-iqlimiy, tarixiy-madaniy va turistik-rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalangan holda yangi rekreatsiya marshrutlari va ularing namunaviy pasportlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Molguzar tog‘i rekreatsiya resurslarini baholash boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Molguzar tog‘i rekreatsiya resurslari tasnifi va ularning hududda rekreatsiyaning rivojlanishidagi aniqlangan jihatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 dekabrdagi 03-17/762 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tasnif etilgan rekreatsiya resurslari doirasida ilmiy ishni kengroq tahlil qilish imkonini bergan;
hududning tabiiy-iqlimiy, tarixiy-madaniy va turistik-rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalangan holda yangi turistik-rekreatsion marshrutlardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 dekabrdagi 03-17/762 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tabiiy va madaniy-tarixiy resurslariga ajratilib tahlil qilish imkoniyatini bergan;
QGIS dasturida 1:350000 masshtabdagi Molguzar tog‘i landshaftlarining rekreatsiya rayonlashtirish, Molguzar tog‘i rekreatsion marshrutlari, Molguzar tog‘i landshaftlari hamda manzilli baholash xaritalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 dekabrdagi 03-17/762 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rekreatsiya resurslaridan yanada samarali foydalanish imkoni bergan;
Molguzar tog‘ landshaftlari rekreatsiya maqsadida baholangan va kelajakda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 dekabrdagi 03-17/762 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududda rekreatsiyani yanada rivojlantirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha yangicha ilmiy yondashish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish