Madraximov Ablazbek Erkinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Geografik nomlarning ekologik funksiyasini mintaqaviy xususiyatlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr252.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusufjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Ma’rufjon Rustamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Hakimov Qo‘chqor Mahkamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi geografik joy nomlari xususiyatlarini geografik tahlil qilish asosida hududlarni muhofaza qilish va atrof-muhitni asrashda geografik nomlarning ekologik funksiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geografik nomlarning an’anaviy funksiyalariga qo‘shimcha ravishda ekologik funksiyasi mavjudligi O‘zbekiston Respublikasidagi joy nomlarini etimologik tahlili asosida ochib berilgan;
tabiat komponentlarida (relef, suv obektlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi) tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yuz bergan o‘zgarishlarni geografik joy nomlarida aks etishi asosida ekologik muhitning o‘tmishdagi va hozirgi holatini aniqlangan;
mahalliy va geografik terminlarni tabiatdan foydalanish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot beruvchi indikatorlik (darakchilik) funksiyasi aniqlanganligi hamda ulardan amaliyotda foydalanish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-ekologik mazmundagi geografik nomlarni tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish va uni muhofaza qilishni takomillashtirishdagi funksiyalaridan o‘quvchi yoshlarga ekologik ta’lim va tarbiya berishda foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi geografik nomlarning ekologik funksiyasini mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geografik nomlarning an’anaviy funksiyalariga qo‘shimcha ravishda ekologik funksiyasi mavjudligi bo‘yicha joy nomlarini etimologik tahlilidan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-10013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geografik nomlar “erning tarixidan so‘zlovchi “tili” sifatida tabiat komponentlarining (relef, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi) dastlabki holati, ulardan oqilona foydalanish usullari haqida ma’lumot beruvchi darakchilik funksiyasining yangi ekologik yo‘nalishini asoslash imkonini bergan;
mamlakatimizdagi tabiat komponentlarida (relef, suv obektlari, o‘simlik va xayvonot dunyosi) tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yuz bergan o‘zgarishlar nomning etimologik tahlili, dala tadqiqotlari hamda so‘rovnoma asosida aniqlanganligiga oid ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-10013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiat komponentlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zgarishi, miqdorini kamayishi, ko‘lamini qisqarishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash va bu jarayonni optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
mahalliy va geografik terminlarni tabiatdan foydalanish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot beruvchi indikatorlik (darakchilik) funksiyasilaridan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-10013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, indikatorlik (darakchilik) funksiyasidan tabiatni muxofaza qilish va undan foydalanish amaliyotida foydalanish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-ekologik mazmundagi geografik nomlarni tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish va uni muhofaza qilishni takomillashtirishdagi funksiyalaridan o‘quvchi yoshlarga ekologik ta’lim va tarbiya berishda foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-10013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-ekologik mazmundagi geografik nomlarni kishilarda tabiat komponentlariga egalik xissini shakllantirish, oqilona, tejamkorlik bilan foydalanish fazilatlarini yuzaga kelish imkoniyatini bergan.