Userbaeva Roza Kuralbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalik davrida fobik xavotirli buzilishlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi klinik va ijtimoiy omillar», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5185.
Ilmiy rahbar: Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanova Shaxlo Djuraxanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalik davrida fobik xavotirli buzilishlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar majmuasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan qoniqarsiz munosabatlarning yaqqolligi, kattalardan qo‘llab quvatlashning etishmasligi va muammolardan qochish xulqining ustunligi bolalik davridagi fobik xavotirli buzilishlarning rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bolalardagi yuqori neyrotizm va xolerik temperamenti, oilaviy tarbiyaning giperprotektiv turlari bilan birgalikda fobik xavotirli buzilishlar rivojlanishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
bolalarning premorbid xususiyatlari, oila va maktab xavf omillarining mavjudligi, hamda ijtimoiy holatini tahlil qilish asosida kasallikning surunkali kechish xavfini tabaqalashtirish mumkinligi aniqlangan;
bolalarda xavotirli fobik buzilishlarni erta aniqlashda klinik-ijtimoiy, xulq-atvor skriningi va aniqlangan dinamik ahamiyatga ega omillarni bartaraf etish yordamida kasallikning surunkali kechishining oldini olishga qaratilgan davolash algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Bolalik davrida fobik xavotirli buzilishlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi klinik va ijtimoiy omillar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan qoniqarsiz munosabatlarning yaqqolligi, kattalardan qo‘llab quvatlashning etishmasligi va muammolardan qochish xulqining ustunligi bolalik davridagi fobik xavotirli buzilishlarning rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 28 aprelda №04-25/560-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedeniya detey s trevojno-fobicheskimi rasstroystvami» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi 09.06.2025 yilda №51/2-sonli xamda Toshkent viloyati 1-son ruhiy kasalliklar shifoxonasi 02.07.2025 yilda №44-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 oktyabrda №27/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalar va o‘smirlar xavotirli buzilishlarning somatik belgilariga shikoyat qilgan holda ota-ona va yaqin karindoshlari bilan o‘zaro munosabatlarning siftini tekshirish, xavf omillari aniqlansa skrining qilish orqali fobik xavotir buzilishlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash yordamida imkon qadar qisqa muddatda samarali korreksiya qilishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: fobik xavotirli buzilishlari bo‘lgan bolalarni erta tashxislash bemor statsionar davolanish muddatini qisqartiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlar 2429000 sumdan 1922000 so‘mga qisqartirildi. Kasallikning og‘irlik darajasiga o‘zaro bog‘liqliq ijtimoiy omillarning prognostik axamiyatga molik indikator parametrlari aniqlanib, bitta bemor uchun 507000 so‘mni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalardagi yuqori neyrotizm va xolerik temperamenti, oilaviy tarbiyaning giperprotektiv turlari bilan birgalikda fobik xavotirli buzilishlar rivojlanishi bilan bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 28 aprelda №04-25/560-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedeniya detey s trevojno-fobicheskimi rasstroystvami» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi 09.06.2025 yilda №51/2-sonli xamda Toshkent viloyati 1-son ruhiy kasalliklar shifoxonasi 02.07.2025 yilda №44-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 oktyabrda №27/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolaning premorbid shaxsiy xususiyatlari (yuqori neyrotizm, xolerik) hamda oilaviy tarbiyaning disgarmonal turlarini kompleks hisobga olgan holda xavf guruhini ajratish va oilaga yo‘naltirilgan maqsadli korreksion choralarni qo‘llash kasallikni erta aniqlash va qata murojaat qilishini kamaytirgan, va maktabdagi moslashuvi va o‘qish faoliyatining erta tiklanishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: murojaat qilgan bolalarda xavf guruhini ajratish va oilaga yo‘naltirilgan maqsadli korreksion choralarni qo‘llash kasallikni erta aniqlash va qata murojaat qilishining kamayishi natijasida bevosita tibbiy xarajatlar sarfida 2025 yilda Toshkent shaxrida 16344000 so‘mdan 2024 yilga nisbatan 12456000 so‘mga kamaygan, Yangiyo‘l shaxrida esa 2024 yilda 22008000 so‘mdan 2025 yildagi 7962000 so‘mgacha tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarning premorbid xususiyatlari, oila va maktab xavf omillarining mavjudligi, hamda ijtimoiy holatini tahlil qilish asosida kasallikning surunkali kechish xavfini tabaqalashtirish mumkinligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 28 aprelda №04-25/560-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedeniya detey s trevojno-fobicheskimi rasstroystvami» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi 09.06.2025 yilda №51/2-sonli xamda Toshkent viloyati 1-son ruhiy kasalliklar shifoxonasi 02.07.2025 yilda №44-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 oktyabrda №27/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarning premorbid xususiyatlari, oyla va maktab xavf omillarining mavjudligi, hamda ijtimoiy holatini tahlil qilish asosida kasallikning surunkali kechish xavfini tabaqalashtirish natijasida sog‘liqni saqlash tizimi yukini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning surunkali kechish xavfini tabaqalashtirish sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini manzilli sarflashga olib keldgan, va Toshkent shahrida 2024 yilda bitta bemor uchun 470000 so‘mdan 2025 yilda 131600 so‘m tashkil etganligi 72 % xarajatlarni tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda xavotirli fobik buzilishlarni erta aniqlashda klinik-ijtimoiy, xulq-atvor skriningi va aniqlangan dinamik ahamiyatga ega omillarni bartaraf etish yordamida kasallikning surunkali kechishining oldini olishga qaratilgan davolash algoritmi takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 28 aprelda №04-25/560-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedeniya detey s trevojno-fobicheskimi rasstroystvami» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasi 09.06.2025 yilda №51/2-sonli xamda Toshkent viloyati 1-son ruhiy kasalliklar shifoxonasi 02.07.2025 yilda №44-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 oktyabrda №27/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta aniqlashda klinik-ijtimoiy, xulq-atvor skriningi va aniqlangan dinamik ahamiyatga ega omillarni bartaraf etish orqali bolalarni davolash va profilaktika qilishning kompleks algoritmini takomillashtirish asosida 2024 yil kasallanish darajasi 380000 so‘mdan 2025 yil kasallanish darajasi 190000 sumga kamayishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘llanilgan erta tashxislash va davolash algoritmini takomillashtirish bolalarda fobik xavotirli buzilishlar bevosita tibbiy xarajatlar sarfi 174000 so‘mga kamaygan.