Sa’dullaeva Mahfuza Husenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarix fanlarini o‘qitishda mnemonik texnologiyalar asosida xotirani rivojlantirish metodikasi (oliy ta’lim misolida)”,)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5134.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshtemirova Saodat Abdurashidovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xuralieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipov Shaxriddin Ziyadullaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarix fanlarini o‘qitish jarayonida tarixiy xotira va tahlil kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan, mnemonik texnologiyalarga asoslangan integrativ ta’limiy modelni takomillashtirish hamda bu bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarixiy ong va tarixiy tafakkur shakllanishida xotiraning evolyusion rivojlanishi tarix fanlarini oʻqitishda bilish faoliyatining metodologik asosi sifatida talqin etilib, tarixiy manba va hodisalarning kognitiv idrok asosida qayta tuzilishiga xizmat qiluvchi psixopedagogik yondashuvlar tizimli ravishda ochib berilgan;
mnemonik texnologiyalar asosida tarixiy o‘quv materiallarini kodlash va tizimlashtirish metodikasi ta’lim oluvchi ongida uzviy kognitiv bog‘lanishlar hosil qilish, bilimlarni uzlyuksiz eslab qolish, ularni strukturaviy modellashtirish va uzoq muddatli xotirada saqlashga qaratilgan o‘quv-didaktik muhitni shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
fanlararo integratsiya asosida tarix fanini maxsus bo‘limlari va boshqa fanlar (psixologiya, pedagogika va AKT) bilan bog‘lab o‘rgatish orqali mnemonik usullarning metodik asoslari ishlab chiqilib, bilimlar assotsiativ kodlash, vizual semantizatsiya va reflektiv idrok mexanizmlarini faollashtirishga xizmat qiluvchi multidisiplinar (moslashtirilgan tarixiy muhit) ta’limiy tizim sifatida takomillashtirilgan;
klasterli-integrativ metamodel asosida tarix fanini mnemonik texnologiyalar bilan integratsiyalashtirish orqali o‘qitishning bosqichli-dinamik modeli ishlab chiqilib, unda ta’lim oluvchilarlar ongida tarixiy voqelikni eslab qolish, tizimlashtirish va qayta modellashtirishga xizmat qiluvchi refleksiv kognitiv faoliyat muhitini shakllantirish paradigmasi asosida pedagogik va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarix fanlarini o‘qitishda mnemonik texnologiyalar asosida xotirani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida:
mnemonik texnologiyalar asosida tarixiy o‘quv materiallarini kodlash va tizimlashtirishga qaratilgan metodik yondashuv ta’lim oluvchilarning ongida uzviy kognitiv bog‘lanishlarni shakllantirish, bilimlarni tizimli asosda eslab qolish, ularni strukturaviy modellashtirish hamda uzoq muddatli xotirada samarali saqlab qolishga xizmat qiluvchi o‘quv-didaktik muhitni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuni yangicha metodik prinsiplar bilan boyitildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida 314-200 raqamli nashr guvohnomasi bilan tasdiqlangan). Natijada, talabalar tarixiy materiallarni eslab qolish, tizimlashtirish va chuqur tahlil qilish ko‘nikmalarini egalladi; mnemonik texnologiyalar asosida ularning uzoq muddatli xotirasi faollashdi, kognitiv va refleksiv fikrlash salohiyati sezilarli darajada oshishiga erishilgan;
fanlararo integratsiya asosida tarix fanini maxsus bo‘limlari va boshqa fanlar (psixologiya, pedagogika va AKT) bilan bog‘lab o‘rgatish orqali mnemonik usullarning metodik asoslari ishlab chiqilib, bilimlar assotsiativ kodlash, vizual semantizatsiya va reflektiv idrok mexanizmlarini faollashtirishga xizmat qiluvchi multidisiplinar (moslashtirilgan tarixiy muhit) ta’limiy tizimni tashkil qilish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar “Tarix fanining nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan 314-200 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, tarixiy bilimlarni fanlararo kontekstda tushunish, assotsiativ va vizual asosda xotirada mustahkamlash, shuningdek, reflektiv fikrlash va muammoli vaziyatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanishiga erishilgan;
klasterli-integrativ metamodel asosida tarix fanini mnemonik texnologiyalar bilan integratsiyalashtirish orqali o‘qitishning bosqichli-dinamik modeli ishlab chiqilib, unda ta’lim oluvchilarlar ongida tarixiy voqelikni eslab qolish, tizimlashtirish va qayta modellashtirishga xizmat qiluvchi refleksiv kognitiv faoliyat muhitini shakllantirish paradigmasi asosida ishlab chiqilgan pedagogik va metodik tavsiyalardan O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O'zbekiston” teleradiokanalitomonidan tayyorlangan “Millat va ma'naviyat”, “Ta'lim va taraqqiyot” dasturlarining 2024 yil noyabr va dekabr oylaridagi sonlari senariysidada foydalanilgan (O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi“O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 26 fevraldagi 05-09-226-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy voqelikni eslab qolish, tizimlashtirish va uni didaktik modellashtirish malakalari, shuningdek, zamonaviy media-muhitda tarixiy axborotni tahlil qilish, interpretatsiya qilish va ommaga taqdim eta olish kompetensiyalari sezilarli darajada rivojlanishiga erishilgan.