Allayorova Sarvinoz Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster muhitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishni takomillashtirishning innovatsion pedagogik logistikasi (Ijtimoiy pedagogika fani misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8593.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: To‘raev Muzaffar Farmonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmanov Raxmatilla, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Boltaeva Mohichexra Jamshid qizi, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: klaster muhitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning innovatsion pedagogik logistikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
klaster muhitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik logistikasini talomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari, kompetentlikning kreativ, ijtimoiy va individual turlari hamda kommunikativ komponentlarning psixologik-akmeologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
klaster yondashuviga asoslangan innovatsion pedagogik logistikasining optimallashtirilgan metodik modeli ichki va tashqi pedagogik shart-sharoitlar majmuida maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlarni tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar hamda modellashtirishning pedagogik apparatiga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirilgan;
klaster yondashuviga asoslangan innovatsion pedagogik logistikasi asosida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi motivatsion-shaxsiy, operativ-faoliyatli, kognitiv-refleksiv komponentlarini rivojlantirishda logistik-refleksiv tahlil metodi, diversifikatsion o‘qitish jarayonini xaritalash, refleksiv kundalik interfaol ta’lim metodlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik logistikasi orqali ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining sifat va samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti, talabalarning konstruktorlik, kreativlik, tadqiqotchilik kabi mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda pedagogik logistikani samaradorlik darajalarini baholash mezonlari (kognitiv, faoliyatli, kreativ) orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. klaster muhitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishni takomillashtirishda innovatsion pedagogik logistikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
klaster muhitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik logistikasini talomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari, kompetentlikning kreativ, ijtimoiy va individual turlari hamda kommunikativ komponentlarning psixologik-akmeologik xususiyatlarini aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalar “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyruq, № 429-816 raqamli guvohnoma). Natijada, ishlab chiqilgan didaktik ta’minot bo‘lajak pedagogika mutaxassislarini kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ichki va tashqi pedagogik shart-sharoitlar majmuida maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlarni tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar hamda modellashtirishning pedagogik apparatiga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirilgan metodik model hamda klaster yondashuviga asoslangan innovatsion pedagogik logistikasi asosida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi motivatsion-shaxsiy, operativ-faoliyatli, kognitiv-refleksiv komponentlarini rivojlantirishda logistik-refleksiv tahlil metodi, diversifikatsion o‘qitish jarayonini xaritalash, refleksiv kundalik interfaol ta’lim metodlarini integratsiyalashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “60110100-Pedagogika” ta’lim yo‘nalishining Malaka talabi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025 yil 16-apreldagi 02/01-01-133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan model hamda takomillashtirilgan metodika klasterli ta’lim muhitida innovatsion pedagogik logistikasining samarali ishlashiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik logistikasi orqali ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining sifat va samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti, talabalarning konstruktorlik, kreativlik, tadqiqotchilik kabi mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda pedagogik logistikani samaradorlik darajalarini baholash mezonlariga doir takliflar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi №2322-1069-3169-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darslik ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.