Ibragimova Zarnigor Orifjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘quvchilar dunyoqarashi shakllanishining o‘ziga xosligi (ilk o‘spirinlik davri misolida)”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P695
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rajabova Go‘zal Zarifovna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘quvchilar dunyoqarashi shakllanishining o‘ziga xosligining psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ijtimoiy tarmoqlarning o‘quvchilar dunyoqarashini shakllanishiga ta’siri natijasida raqamli muhitdagi kommunikativ va kognitiv motivatsiya xulqni boshqarish, relaksatsiya motivlari esa axloqiy meʼyorlarga rioya qilish darajasini faollashtirganligi tufayli shaxsning adaptiv xususiyatlari subekt-obekt munosabatlaridagi semiotik birliklar orqali subtekstual ma’noni xulq-atvorga integratsiyalashuvi bilan belgilanishi dalillangan;
jtimoiy tarmoqlarning o‘quvchi dunyoqarashiga ta’siri natijasida axborot almashinuvdagi relaksatsion motivlarning dominant namoyon bo‘lishi kognitiv motivlarni pasaytirganligi tufayli internetga tobeliqning emotsional va axloqiy qadriyatlarni semantik-subektiv baholanishiga bogʻliq shakllanishi aniqlangan;
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish intensivligi o‘quvchilarning emotsional regulyasiyasi hamda psixologik himoya mexanizmlarining namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatishi sababli relaksatsion motivatsiya, kompensatsiya va inkor etish kabi himoya strategiyalarining ijtimoiy-media muhit bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘quvchilar dunyoqarashini konstruktiv rivojlantirish uchun ularning axborot faoliyati motivatsiyasini optimallashtirish, ijtimoiy-psixologik moslashuvchanligini hamda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini oshirish muhimligi sababli mediarefleksiya jarayoniga qadriyatlar orqali korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘quvchilar dunyoqarashi shakllanishining o‘ziga xosligi” ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy tarmoqlarning o‘quvchilar dunyoqarashini shakllanishiga ta’siri natijasida raqamli muhitdagi kommunikativ va kognitiv motivatsiya xulqni boshqarish, relaksatsiya motivlari esa axloqiy meʼyorlarga rioya qilish darajasini faollashtirganligi tufayli shaxsning adaptiv xususiyatlari subekt-obekt munosabatlaridagi semiotik birliklar orqali subtekstual ma’noni xulq-atvorga integratsiyalashuvi bilan belgilanishi dalillanganiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 23-noyabrdagi PM–35-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 23-noyabrdagi PM – 35a-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘quvchilar dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar rivojlangan. 
jtimoiy tarmoqlarning o‘quvchi dunyoqarashiga ta’siri natijasida axborot almashinuvdagi relaksatsion motivlarning dominant namoyon bo‘lishi kognitiv motivlarni pasaytirganligi tufayli internetga tobeliqning emotsional va axloqiy qadriyatlarni semantik-subektiv baholanishiga bogʻliq shakllanishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 23-noyabr PM – 35-sonli buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 23-noyabrdagi PM-35a-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar dunyoqarashi shakllanishining yoshga oid dinamik o‘sishi kuzatilgan.
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish intensivligi o‘quvchilarning emotsional regulyasiyasi hamda psixologik himoya mexanizmlarining namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatishi sababli relaksatsion motivatsiya, kompensatsiya va inkor etish kabi himoya strategiyalarining ijtimoiy-media muhit bilan uzviy bog‘liqligi asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 23-noyabr PM-35-sonli buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 23-noyabrdagi PM-35a-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik, o‘z xulq-atvorini tartibga solish, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatining o‘rni takomillashgan.
ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘quvchilar dunyoqarashini konstruktiv rivojlantirish uchun ularning axborot faoliyati motivatsiyasini optimallashtirish, ijtimoiy-psixologik moslashuvchanligini hamda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini oshirish muhimligi sababli mediarefleksiya jarayoniga qadriyatlar orqali korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillanganigiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 23-noyabr PM – 35-sonli buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 23-noyabrdagi  PM – 35-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan psixologik treninglar, seminarlar va boshqa pedagogik-psixologik tadbirlar ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish