Jangabaeva Dildora Muborakovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda kognitiv qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1200.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Saidov Azamat Ismoilovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Toshkent sharqshunoslik  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda kognitiv qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlash va uni ilmiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda faoliyat uslublari bilan tafakkur uslublari o‘rtasidagi uyg‘unlikka ko‘ra arboblikning idealistik qarashlar, tahlilchilikning analizatorlik fikrlash, nazariyotchilikning idealistik yondashuv hamda pragmatik yo‘nalganlikning realistik tafakkur bilan birikishi tufayli kognitiv qobiliyat pedagogik-psixologik moslashuvchanlik kontekstida perseptiv xususiyat sifatida shakllanishi isbotlangan;
talabalarda faoliyat uslublarining akademik motivatsiya turlari bilan selektiv uyg‘unlashuvi arboblikning kognitiv motivatsiyasi, tahlilchilikning ichki motivatsiyasi, nazariyotchilikning tashqi rag‘batlari va pragmatik yo‘nalganlikning o‘z-o‘zini shakllantirish bilan bog‘lanishiga ko‘ra, bilim olish jarayonida ichki va tashqi rag‘batlarning differensial faollashuvini rag‘batlantirib, kognitiv qobiliyatni rivojlantirish pedagogik-psixologik jihatdan individual faoliyat uslubiga mos mexanizmlar orqali amalga oshishi aniqlangan;
talabalarda kognitiv qobiliyatlarni rivojlanishi ma’lumotlarni tanlash va fokusni yo‘naltirish, semiotik birliklarga nisbatan sezgirlik, mnemonik ko‘nikmalarini strategik va taktik qaror qabul qilish xususiyatiga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, ijodiy tafakkurning fikr ravonligi, moslashuvchanligi va originalligiga ta’sirida yuzaga kelishi aniqlangan;
talabalarda kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ijodiy fikr, tafakkur tiplari va akademik motivatsiyaning uyg‘un namoyon bo‘lishiga bog‘liqligi tufayli axborotlarni saralash, tanlash va tahlil qilish ko‘nikmalari orqali mnemonik jarayonlarning perseptiv xususiyatlarga bog‘liq ravishda faoliyat uslubi kontekstida faollashuviga identiv ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda kognitiv qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda faoliyat uslublari bilan tafakkur uslublari o‘rtasidagi uyg‘unlik, ya’ni arboblikning idealistik qarashlar, tahlilchilikning analizatorlik fikrlash, nazariyotchilikning idealistik yondashuv hamda pragmatik yo‘nalganlikning realistik tafakkur bilan birikishi kognitiv jarayonlarning ma’naviy, mantiqiy va amaliy jihatdan muvozanatli rivojlanishini ta’minlab, kognitiv qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ko‘p qirrali va integrativ mexanizmlar asosida shakllanishi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kognitiv qobiliyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
talabalarda faoliyat uslublarining akademik motivatsiya turlari bilan selektiv uyg‘unlashuvi, ya’ni arboblikning kognitiv motivatsiya, tahlilchilikning ichki motivatsiya, nazariyotchilikning tashqi rag‘batlar hamda pragmatik yo‘nalganlikning o‘z-o‘zini shakllantirish bilan bog‘lanishi bilim olish jarayonida ichki va tashqi rag‘batlarning differensial faollashuvini ta’minlab, kognitiv qobiliyatni rivojlantirish pedagogik-psixologik jihatdan individual faoliyat uslubiga mos mexanizmlar orqali amalga oshishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-son buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar kognitiv qobiliyatni rivojlantirishning tafakkur uslubiga bog‘liq jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan. 
talabalarda kognitiv qobiliyatni rivojlantirish jarayoni faoliyat uslublarining ijodiy fikrlash komponentlari bilan uzviy uyg‘unlashuvi asosida kechib, arboblikning moslashuvchanlikni, tahlilchilikning tafakkur o‘ziga xosligini, nazariyotchilikning fikrlash ravonligini hamda pragmatiklikning tafakkur etukligini faollashtirishi natijasida intellektual jarayonlar mazmunan boyib, pedagogik-psixologik jihatdan boshqariladigan va integrativ mexanizm sifatida shakllanishi empirik tahlil asosida aniqlangan, dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kognitiv qobiliyatni rivojlashining psixologik determinantlarini ochib berilgan. 
rivojlantiruvchi trening dasturi ta’siri ostida talabalarda arboblik, tahlilchilik, nazariyotchilik va pragmatik faoliyat uslublarining bir vaqtda va muvozanatli kuchayishi liderlik, tahliliy tafakkur, nazariy umumlashtirish hamda amaliy qaror qabul qilish mexanizmlarini faollashtirib, kognitiv qobiliyatni rivojlantirishi dalilanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologik trening” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 10-fevraldagi PM-31-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, talabalarda kognitiv qobiliyatni rivojlantirishga va takomillashtirishga mo‘ljallangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish