Abduraxmonov Akmal Nurmamat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarni jalb qilish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5043
Ilmiy rahbar: Xolov Nabijon Qaxramonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyorovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultanmuratova Dilrabo Shaylavbekovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilish amaliyotini takomillashtirish hamda ularning bank moliyaviy barqarorligiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarni jalb qilish samaradorligini oshirishda banklarning moliyaviy holatini kompleks tarzda tavsiflovchi konseptual model doirasida bank resurslari uzoq muddatli moliyaviy manbalar koeffisientining “xavfsiz daraja” (UMMK ≥ 0,35), “nisbiy tavakkalchilik darajasi” (0,20 ≤ UMMK < 0,35) va “moliyaviy beqarorlik holati” (UMMK < 0,20) segmentlari orqali baholash taklifi asoslangan;
tijorat banklarida jalb etilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalari o‘sish sur’atiga nisbatan joylashtirilgan mablag‘lar stavkalarining kamida 20 foiz yuqori bo‘lishi talabini ta’minlash orqali resurslarni oqilona joylashtirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilishning 10 ballik tizimida “a’lo” (9 ≤ IRj ≤10), “yaxshi” (4 ≤ IRj ≤ 8) va “qoniqarli” (1≤ IRj ≤ 3) daraja chegaralari doirasida bankning uzoq muddatli resurslarni jalb qilishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirini baholash taklifi asoslangan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarining uzoq muddatli resurslarni jalb qilish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari resurslari hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarni jalb qilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarni jalb qilish samaradorligini oshirishda banklarning moliyaviy holatini kompleks tarzda tavsiflovchi konseptual model doirasida bank resurslari uzoq muddatli moliyaviy manbalar koeffisientining “xavfsiz daraja” (UMMK ≥ 0,35), “nisbiy tavakkalchilik darajasi” (0,20 ≤ UMMK < 0,35) va “moliyaviy beqarorlik holati” (UMMK < 0,20) segmentlari orqali baholash taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy qilingan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 5-sentyabrdagi № 05-16/26446-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilish natijasida tijorat bankida uzoq muddatli resurslar ulushining barqaror oshishi ta’minlanib, 2025-yilda tijorat banklari resurs bazasidagi uzoq muddatli moliyaviy manbalar hajmi 2024-yilga nisbatan o‘rtacha 5,5 foizga oshgan;
tijorat banklarida jalb etilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalari o‘sish sur’atiga nisbatan joylashtirilgan mablag‘lar stavkalarining kamida 20 foiz yuqori bo‘lishi talabini ta’minlash orqali resurslarni oqilona joylashtirish taklifidan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning “Aktivlar va passivlarni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 5-sentyabrdagi № 05-16/26446-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilish natijasida tijorat bank aktivlari va passivlarining so‘ndirilish muddatlari bo‘yicha o‘zaro muvofiqligi ta’minlanib, bankning chakana kreditlar qoldig‘i 2885,1 mlrd so‘m hamda ular bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 16,3 foizni tashkil etgan;
tijorat banklarida uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilishning 10 ballik tizimida “a’lo” (9 ≤ IRj ≤10), “yaxshi” (4 ≤ IRj ≤ 8) va “qoniqarli” (1≤ IRj ≤ 3) daraja chegaralari doirasida bankning uzoq muddatli resurslarni jalb qilishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirini baholash taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy qilingan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki ning 2025-yil 5-sentyabrdagi № 05-16/26446-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilish natijasida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning 2025-yilda bankning uzoq muddatli jalb qilingan resurslari hajmi 2024-yilga nisbatan 14 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarining uzoq muddatli resurslarni jalb qilish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari resurslari hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bank tomonidan 2030-yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 5-sentyabrdagi № 05-16/26446-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankning uzoq muddatli istiqboldagi resurs hajmi hamda u bilan bog‘liq asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.