Ismailov Dilshod Anvarjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiyalarni moliyaviy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt983.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda investisiyalarni moliyaviy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ESG tamoyillarini joriy etish va ESG reyting ko‘rsatkichlarini shakllantirish asosida korxonalarning kreditga layoqatliligini oshirish hamda davlat kafolatisiz (qarz risklari to‘liq korxonaga tegishli bo‘lgan) xalqaro investisiyalarni jalb qilish taklif etilgan;
loyihalarni xorijiy investision kreditlar hisobidan moliyalashtirishda davlat kafolati o‘rniga nosuveren va korporativ kafolatlarni joriy etish hamda kreditga ariza berishdan mablag‘ ajratishgacha bo‘lgan muddatni 18 oydan 3 oygacha qisqartirish taklif etilgan;
raqamli texnologiyalar sohasida xorijiy venchur jamg‘armalaridan aktivlari 50 mln AQSh dollaridan ortiq investisiya jalb qilgan startap loyihalarga jalb etilgan investisiya miqdoriga mutanosib ravishda 100 ming AQSh dollaridan oshmagan hajmda mahalliy investisiya mablag‘larini ajratish taklif etilgan;
davlat ishtirokidagi investisiya loyihalarida an’anaviy ikki tomonlama risk taqsimlashdan farqli ravishda risklarni davlat, investor va loyiha tashabbuskori o‘rtasida mustaqil iqtisodiy manfaatlar asosida taqsimlashga qaratilgan “Uch tomonlama muvozanatli risk taqsimoti (TBRAF)” (risklarni ularni boshqarish qobiliyatiga mos ravishda optimal taqsimlash) taklif etilgan;
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar o‘rtasidagi uzoq muddatli bog‘liqlikning ekonometrik modeli orqali asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investisiyalarni moliyaviy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
ESG tamoyillarini joriy etish va ESG reyting ko‘rsatkichlarini shakllantirish asosida korxonalarning kreditga layoqatliligini oshirish hamda davlat kafolatisiz xalqaro investisiyalarni jalb qilish taklifi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli va 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli farmonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 03-21-3-01377-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida korxonalarning investision faoliyatiga ESG tamoyillarini joriy qilishni rag‘batlantirilishi natijasida energetika, telekommunikatsiya, tog‘-kon, metallurgiya va kimyo sanoati sohalaridagi yuqori reytingli davlat korxonalarining investisiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari kengayib, imtiyozli shartlarda investisiya resurslarini jalb qilishga erishilgan;
loyihalarni xorijiy investision kreditlar hisobidan moliyalashtirishda davlat kafolati o‘rniga nosuveren va korporativ kafolatlarni joriy etish hamda kreditga ariza berishdan mablag‘ ajratishgacha bo‘lgan muddatni 18 oydan 3 oygacha qisqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 03-21-3-01377-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning kreditga layoqatliligini baholash jarayoni MHXSga muvofiqlashtirilib, xorijiy banklar tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini ko‘rib chiqish davrining qisqartirilishiga erishilgan;
raqamli texnologiyalar sohasida xorijiy venchur jamg‘armalaridan aktivlari 50 mln AQSh dollaridan ortiq investisiya jalb qilgan startap loyihalarga jalb etilgan investisiya miqdoriga mutanosib ravishda 100 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan hajmda mahalliy investisiya mablag‘larini ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 03-21-3-01377-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv ostidagi investisiya aktivlari qiymati 50 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lgan xorijiy venchur jamg‘armalardan investisiya jalb qilgan startap loyihalarga mazkur investisiyaga teng miqdorgacha bo‘lgan, biroq 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda mahalliy investisiya mablag‘larini ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan;
davlat ishtirokidagi investisiya loyihalarida an’anaviy ikki tomonlama risk taqsimlashdan farqli ravishda risklarni davlat, investor va loyiha tashabbuskori o‘rtasida mustaqil iqtisodiy manfaatlar asosida taqsimlashga qaratilgan “Uch tomonlama muvozanatli risk taqsimoti “Triple-Balance Risk Allocation Framework (TBRAF)” ishlab chiqish taklifi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 03-21-3-01377-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda moliyalashtirilgan investision loyihalarning o‘rtacha riski 14-15 foizga qisqargan;
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar o‘rtasidagi uzoq muddatli bog‘liqlikning ekonometrik modeli orqali asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 03-21-3-01377-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz qiymatlarini ishlab chiqilishi natijasida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning 1 birlikka oshishi barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yalpi ichki mahsulotning 1,68 birlikka oshishini ta’minlashi aniqlangan.