Rajabboev Muzaffar Erkaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik va bandlikni rag‘batlantiruvchi moliyaviy instrumentlarni takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomilasi va kredit”; 08.00.15-Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga     olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4109.
Ilmiy rahbar: Imomov Xamdilla Xamdamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Doniyor Tairovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlik va bandlikni rag‘batlantiruvchi moliyaviy instrumentlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chat va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishda subsidiya oluvchi tomorqa er egasi bo‘lishi lozimligi talabini bekor qilish orqali kambag‘al aholini tadbirkorlik va bandligini rag‘batlantiruvchi moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha taklif etilgan;
mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi qurilishi 25 - 30 foiz yakuniga etkazilmagan binolar qurilishini yakuniga etkazish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq binolarni ta’mirlash uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish orqali mahalladagi foydalanilmayotgan zaxiralalarni ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha taklif etilgan;
er maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa er egalariga 50 mln. so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratish to‘g‘risidagi taklif etilgan;
aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha kredit resurslarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgandan so‘ng ajratish orqali ajratilayotgan moliyaviy resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik va bandlikni rag‘batlantiruvchi moliyaviy instrumentlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
engil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chat va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishda subsidiya oluvchi tomorqa er egasi bo‘lishi lozimligi talabini bekor qilish orqali kambag‘al aholini tadbirkorlik va bandligini rag‘batlantiruvchi moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida)gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2024-yil 1-maydagi 255-son qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan; 
30 foiz yakuniga etkazilmagan binolar qurilishini yakuniga etkazish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq binolarni ta’mirlash uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish orqali mahalladagi foydalanilmayotgan zaxiralalarni ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan.
er maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa er egalariga 50 mln.so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan;
aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha kredit resurslarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgandan so‘ng ajratish orqali ajratilayotgan moliyaviy resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda natijadorligini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi (ID 92302) ishlab chiqilishida foydalanilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish