Ochilov Farxod Eshonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston janubiy viloyatlari ijtimoiy hayotining tarixiy tahlili (1946-2021 yy.)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tar230
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.09.01
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farhod Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor, Babajanova Dilorom Babajanovna, tarix fanlari doktori, professor, Mahkamova Nodira Rahmonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1946-2021-yillarda O‘zbekiston janubiy viloyatlarida ijtimoiy hayotning rivojlanish bosqichlarini tarixiy-tahliliy jihatdan o‘rganish, sovet davri va mustaqillik yillarida ijtimoiy siyosatning mazmunini, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya va ijtimoiy infratuzilmaning transformatsiyasini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston janubiy viloyatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi tarixiy tadrijiylik asosida uchta bosqichda kechgan: 1946–1991-yillar – ijtimoiy ta’minot tizimining shakllanishi va ijtimoiy kafolatlarning kengayishi; 1991–2016-yillar – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida “o‘zbek modeli” asosida manzilli ijtimoiy yordam mexanizmlarining joriy etilishi; 2016-yildan keyin - ijtimoiy himoya tizimining modernizatsiya qilinishi va raqamlashtirilishi asosida samaradorlikning oshirilishi kabi davlat ijtimoiy siyosatining evolyusion rivojlanishi ilmiy jihatdan dalillangan.
Sovet davrida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ma’lum natijalar bergan bo‘lsa-da, hududning geografik-iqtisodiy sharoiti, tibbiy infratuzilmaning zaifligi, malakali kadrlar tanqisligi soha muammolarini to‘liq hal etishga imkon bermagani, sanitariya-epidemiologik xizmat samaradorligining pastligi va tibbiy xizmat imkoniyatlarining cheklanganligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ayrim yuqumli kasalliklar tarqalishining ortishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Sovet davrida janubiy viloyatlarda aholini uy-joy bilan ta’minlash va kommunal sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati doirasida uy-joy qurilishi hajmi sezilarli darajada oshgan bo‘lsa-da, davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslardan samarasiz foydalanilishi hamda qurilish ishlari sifatining pastligi kabi muammolar tizimli xarakter kasb etgani, qishloq aholisini uy-joy bilan ta’minlashda jiddiy qiyinchiliklar saqlanib qolgani, qurilish materiallari ta’minotidagi uzilishlar va byurokratik to‘siqlar aholining ijtimoiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish imkoni cheklanganligi ilmiy jihatdan dalillangan.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy ta’minot tizimiga mas’ul bo‘lgan muassasalar tomonidan joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar sohasida sustkashliklarga yo‘l qo‘yilganligi, natijada sanatoriyalarga berilgan ko‘plab yo‘llanmalar foydalanilmay qolib ketganligi, shuningdek imkoniyati cheklangan shaxslarga yordam ko‘rsatish va ularga g‘amxo‘rlik qilish, turli bayram va tadbirlarda ularning xolidan xabar olish, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish ishlari yaxshi an’anaga aylanganligi kabi masalalar arxiv hujjatlari asosida aniqlangan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida aholini manzilli jitimoiy himoya qilishning huquqiy-m’yoriy asoslari takomillashtirilganligi, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va boshqa tizimlar orqali aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlardagi natijalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida tashkil etilgan Ijtimoiy himoy amilliy agentligining faoliyati, viloyatlar aholisini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ta’sirchan chora-tadbirlar asosida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar aniq faktlar asosida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1946-2021-yillarda O‘zbekiston janubiy viloyatlari ijtimoiy hayotini tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
O‘zbekiston janubiy viloyatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi tarixiy tadrijiylik asosida uchta bosqichda kechgan: 1946–1991-yillar – ijtimoiy ta’minot tizimining shakllanishi va ijtimoiy kafolatlarning kengayishi; 1991–2016-yillar – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida “o‘zbek modeli” asosida manzilli ijtimoiy yordam mexanizmlarining joriy etilishi; 2016-yildan keyin - ijtimoiy himoya tizimining modernizatsiya qilinishi va raqamlashtirilishi asosida samaradorlikning oshirilishi kabi davlat ijtimoiy siyosatining evolyusion rivojlanishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasi tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasining 2025-yil 11-apreldagi 01-1/2/102-son ma’lumotnomasi). Bu esa targ‘ibot ishlarning samaradorligi va ta’sirchanligini oshishiga xizmat qilgan.
Sovet davrida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ma’lum natijalar bergan bo‘lsa-da, hududning geografik-iqtisodiy sharoiti, tibbiy infratuzilmaning zaifligi, malakali kadrlar tanqisligi soha muammolarini to‘liq hal etishga imkon bermagani, sanitariya-epidemiologik xizmat samaradorligining pastligi va tibbiy xizmat imkoniyatlarining cheklanganligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ayrim yuqumli kasalliklar tarqalishining ortishiga oid ilmiy ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ish rejasining ijrosida keng foydalanildgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 28-martdagi 02-361-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatini yanada rivojlantirishda, aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashda hamda sog‘lom va farovon turmush tarzini shakllantirishga xizmat qildi.
Sovet davrida janubiy viloyatlarda aholini uy-joy bilan ta’minlash va kommunal sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati doirasida uy-joy qurilishi hajmi sezilarli darajada oshgan bo‘lsa-da, davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslardan samarasiz foydalanilishi hamda qurilish ishlari sifatining pastligi kabi muammolar tizimli xarakter kasb etgani, qishloq aholisini uy-joy bilan ta’minlashda jiddiy qiyinchiliklar saqlanib qolgani, qurilish materiallari ta’minotidagi uzilishlar va byurokratik to‘siqlar aholining ijtimoiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish imkoni cheklanganligiga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 9-apreldagi 01-30/221-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida tomoshabinlar orasida sovet davrida aholini turar-joy bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilishning holati haqida tushunchalar shakllanishiga olib kelgan.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy ta’minot tizimiga mas’ul bo‘lgan muassasalar tomonidan joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar sohasida sustkashliklarga yo‘l qo‘yilganligi, natijada sanatoriyalarga berilgan ko‘plab yo‘llanmalar foydalanilmay qolib ketganligi, shuningdek imkoniyati cheklangan shaxslarga yordam ko‘rsatish va ularga g‘amxo‘rlik qilish, turli bayram va tadbirlarda ularning xolidan xabar olish, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish ishlari yaxshi an’anaga aylanganligiga doir dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy yangiliklar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazining ish rejasining ijrosida keng foydalanildi. (O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazining 2025-yil 25-iyuldagi 01-06/31-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini mustahkamlashga, davlat dasturlarida ilgari surilgan asosiy masalalarni ijrosini ta’minlashda, aholi hamda yoshlar qalbida O‘zbekiston tarixini o‘rganishni, uni soxtalashtirgan siyosatdan farqlay olish, saboq chiqarish, bugungi kunga shukronalik va vatanga muhabbat hissini uyg‘otishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida aholini manzilli jitimoiy himoya qilishning huquqiy-m’yoriy asoslari takomillashtirilganligi, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va boshqa tizimlar orqali aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlardagi natijalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida tashkil etilgan Ijtimoiy himoy amilliy agentligining faoliyati, viloyatlar aholisini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ta’sirchan chora-tadbirlar asosida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga oid ilmiy ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot ish rejasining ijrosida keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 28-martdagi 02-361-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatini yanada rivojlantirishda, aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashda hamda sog‘lom va farovon turmush tarzini shakllantirishga xizmat qildi.