Alimov Baxtiyor Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Raqamli transformatsiyalash sharoitida bank risklari boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4614
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiyalash sharoitida bank risklari boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida yuqori likvid aktivlari hajmiga milliy va xorijiy valyutadagi kredit-depozit foiz spredlari va portfel tarkibi o‘zgarishlarining ta’sirini baholash orqali bank likvidlilik riskini boshqarish mexanizmi takomillashtirilgan; 
bankning yuqori likvid aktivlari hajmi makroiqtisodiy sharoitlar, xususan muomaladagi pul massasining oylik o‘zgarishlariga sezilarli darajada bog‘liqligi asosida bank likvid aktivlari va makroindikatorlar o‘rtasidagi kechikishli ta’sir mexanizmi empirik jihatdan asoslangan; 
tijorat banklarini kompleks transformasiya qilish jarayonida bank likvidliligi o’zgarishining bank moliyaviy holatiga ta’siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
raqamli bank ekotizimini rivojlantirishda bank likvidliligining prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlik bilan, sifatli va ishonchli holatda taqdim etish uchun sun’iy intellekt va raqamli korporativ ma’lumotlar omboriga asoslangan platforma ishlab chiqish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli transformatsiyalash sharoitida bank risklari boshqarishni takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida yuqori likvid aktivlari hajmiga milliy va xorijiy valyutadagi kredit-depozit foiz spredlari va portfel tarkibi o‘zgarishlarining ta’sirini baholash orqali bank likvidlilik riskini boshqarish baholash mexanizmi takomillashtirishga doir taklifi AT Xalq bank faoliyatini transformatsiya qilishga joriy etilgan (AT Xalq bankining 2025 yil 5 noyabrgadi 07-15/9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuridik shaxslarga milliy valyutada ajratilgan kreditlar foizi bilan ulardan qabul qilingan depozitlar foizi o‘rtasidagi spredning oldingi oyga nisbatan o‘zgarishining bir foizga oshishi bir oylik kechikish bilan bank yuqori likvid aktivlar darajasini 4,64 foizga pasaytirgan bo‘lsa, ikki oylik kechikish bilan 5,08 foizga pasaytirishi, hamda bankdagi kredit-depozit portfeli o‘rtasidagi spredning oldingi oyga nisbatan o‘zgarishining bir foizga oshishi bir oylik kechikish bilan bank yuqori likvid aktivlar darajasini 0,22 foizga pasaytirgan bo‘lsa, ikki oylik kechikish bilan 0,12 foizga pasaytirishi aniqlangan, va shu bilan bir vaqtda yuqori likvid aktivlarining kredit-depozit foiz spreadlariga impuls reaksiyasi 2–3-oylardan boshlab ijobiy yo‘nalishga o‘tib, maksimal darajaga etishi, keyingi davrlarda (6–12-oylarda) esa ta’sirning pasayishi va barqarorlashuvi kuzatilgan va bu foiz siyosati bozor sharoitlariga moslashganini ko‘rsatgan;
AT Xalq Bankning yuqori likvid aktivlari hajmi makroiqtisodiy sharoitlar, xususan muomaladagi pul massasining oylik o‘zgarishlariga sezilarli darajada bog‘liqligi asosida bank likvid aktivlari va makroindikatorlar o‘rtasidagi kechikishli ta’sir mexanizmiga doir taklifi AT Xalq bank faoliyatini transformatsiya qilishga joriy etilgan (AT Xalq bankining 2025 yil 5 noyabrgadi 07-15/9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank yuqori likvid aktivlari hajmiga tanlangan makroiqtisodiy omillardan muomaladagi pul massasining oldingi oyga nisbatan bir foizga oshirilishi bank yuqori likvid aktivlari darajasini bir oylik kechikish bilan 0,39 foizga oshirgan bo‘lsa, ikki oylik lag bilan 0,36 foizga oshirish empirik tahlillar orqali aniqlangan;
tijorat banklarini kompleks transformasiya qilish jarayonida bank likvidliligi o’zgarishining bank moliyaviy holatiga ta’siri bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi AT Xalq bank faoliyatini transformatsiya qilishga joriy etilgan (AT Xalq bankining 2025 yil 5 noyabrgadi 07-15/9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 95 foiz ehtimollik bilan optimal ssenariy ko’rsatkichlariga ko‘ra, 2025-iyun oyidan 2030-yil yanvar oyiga qadar AT Xalq bank aktivlari hajmi nominal ko‘rinishda 62,8 foizga oshishi,  bank kredit portfelining nominal hajmi 55,5 foizga oshishi bank depozitlarining nominal hajmi 130,1 foizga oshishi, hamda bank kapitalining nominal hajmi 47,2 foizga oshishi prognoz qilingan;
raqamli bank ekotizimini rivojlantirishda bank likvidliligining prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlik bilan, sifatli handa ishonchli holatda taqdim etish uchun sun’iy intellekt va raqamli korporativ ma’lumotlar omboriga asoslangan platforma ishlab chiqishga doir taklifi AT Xalq bank faoliyatini transformatsiya qilishga joriy etilgan (AT Xalq bankining 2025 yil 5 noyabrgadi 07-15/9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarida likvidlilik riskini doimiy baholab birish va uni kuzatib turishga asoslangan sun’iy intellekt va raqamli korporativ ma’lumotlar ombori ixtisoslashgan platforma yordamida banklarda mehnat kuchi taqsimotini optimallashtirish, operatsiyon xarajatlarni kamaytirish, hamda moliyaviy samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish