Nurboev Qurbon Aralboevichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand eroniylari tarixi (XIX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.4.PhD/Tar1236
Ilmiy rahbar: Buriev Achil tarix fanlari nomzodi, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tag.09.01
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Normuhammad O‘razovich,  tarix fanlari doktori (DSc), professor, Daniyorov Alisher Xudayberdievich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand hududi eroniy aholisining XIX asrning ikkinchi yarmidan XXI asr boshlariga qadar bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish bosqichlarini kompleks hamda tizimli tadqiq qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tarixiy termin sifatida “eroniy” tushunchasi XIX asr ikkinchi yarmidan XXI asr boshlarida siyosiy, ma’muriy va etnomadaniy jarayonlar kontekstida Rossiya imperiyasi davrida atama rasmiy statistik va ma’muriy hujjatlarda qo‘llanilgani, sovet davrida esa “tojik”, “fors”, “eroniyzabon” kabi nomlar bilan o‘zaro nisbatda ishlatilishi Samarqandda yashovchi forsiyzabon aholining o‘zini anglash (endonim) va tashqi nomlash (ekzonim) jarayonlari bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
Jadidchilik va ma’rifatparvarlik harakati ta’sirida eroniy jamoasi vakillari orasidan G‘ulomali Alizoda, Said Rizo Alizoda, aka-uka Yoqubovlar, Said Ja’far Alizoda, Abdullo Duriya hamda Askar Askarov kabi ziyolilar etishib chiqqanligi Samarqandda tarixan shakllangan ma’rifatparvarlik an’analari va ta’limga bo‘lgan e’tiborining yuqori darajada bo‘lganligi aniqlangan;
sovet milliy siyosati natijasida Samarqanddagi eroniy jamoalarning ijtimoiy-siyosiy faolligi cheklanganligi, demografik va madaniy hayotida tarixiy-etnik o‘zligi tor ma’muriy mezonlar doirasida talqin qilinib, ularning bir qismi boshqa etnik toifalarga qo‘shib yuborilganligi yoki umumlashtirilgan tasnifga kiritilgani forsiyzabon aholining madaniy-ma’rifiy muassasalari qisqartirilgani kabi salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgani dalillangan;
XXI asr boshlaridagi Samarqand eroniylari etnografik guruhi urf-odatlarini davom ettirish orqali o‘zining madaniy qadriyatlarini (“Ashuro” marosimi, “Qo‘lba-qo‘l marosimi va boshqalar”) saqlab qolishga bo‘lgan sa’y-harakatlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bag‘rikenglik va tolerantlik siyosatining natijasi ekanligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy termin sifatida “eroniy” tushunchasi XIX asr ikkinchi yarmidan XXI asr boshlarida siyosiy, ma’muriy va etnomadaniy jarayonlar kontekstida Rossiya imperiyasi davrida atama rasmiy statistik va ma’muriy hujjatlarda qo‘llanilgani, sovet davrida esa “tojik”, “fors”, “eroniyzabon” kabi nomlar bilan o‘zaro nisbatda ishlatilishi Samarqandda yashovchi forsiyzabon aholining o‘zini anglash (endonim) va tashqi nomlash (ekzonim) jarayonlaribilan bog‘liq ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan muzey-qo‘riqxona tizimidagi O‘zbekiston tarixiga doir ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini boyitishida hamda hujjatlar fondidagi XIX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlariga oid kolleksiyalarni ilmiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 26-iyundagi 04-05/2415-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzeyning O‘zbekiston tarixi milliy etnik fondini hamda tarixiy ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini boyitishda xizmat qilgan.
Jadidchilik va ma’rifatparvarlik harakati ta’sirida eroniy jamoasi vakillari orasidan G‘ulomali Alizoda, Said Rizo Alizoda, aka-uka Yoqubovlar, Said Ja’far Alizoda, Abdullo Duriya hamda Askar Askarov kabi ziyolilar etishib chiqqanligi Samarqandda tarixan shakllangan ma’rifatparvarlik an’analari va ta’limga bo‘lgan e’tiborining yuqori darajada bo‘lganligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 02-28-1079-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Samarqand eroniylari etnografik guruhining tarixi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga yordam bergan. 
sovet milliy siyosati natijasida Samarqanddagi eroniy jamoalarning ijtimoiy-siyosiy faolligi cheklanganligi, demografik va madaniy hayotida tarixiy-etnik o‘zligi tor ma’muriy mezonlar doirasida talqin qilinib, ularning bir qismi boshqa etnik toifalarga qo‘shib yuborilganligi yoki umumlashtirilgan tasnifga kiritilgani forsiyzabon aholining madaniy-ma’rifiy muassasalari qisqartirilgani kabi salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgani haqidagi ilmiy xulosalardan muzey-qo‘riqxona tizimidagi tarixiy ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 26-iyundagi 04-05/2415-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarda Samarqaandda yashab kelgan turli xalqlar jumladan eroniy xalqlar tarixi, ijtimoiy hayotiga doir tasavvurlarining yanada boyishi uchun xizmat qilgan.
XXI asr boshlaridagi Samarqand eroniylari etnografik guruhi urf-odatlarini davom ettirish orqali o‘zining madaniy qadriyatlarini (“Ashuro” marosimi, “Qo‘lba-qo‘l marosimi va boshqalar”) saqlab qolishga bo‘lgan sa’y-harakatlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bag‘rikenglik va tolerantlik siyosatining natijasi ekanligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 02-28-1079-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarda yurtimizda olib borilayotgan tolerantlik va millatlararo totuvlik tadbirlarini targ‘ib qilish va tomoshabinlar bilimlarining boyishiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish