Rafiqov Bexbudjon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda kombinatsiyalangan jarrohlik davolash usuliga differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4704.
Ilmiy rahbar: Dvoryankin Dmitriy Vladimirovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Avanesyan Ruben Garrievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: akademik I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan o‘t-tosh kasalligi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘t-tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda kombinatsiyalangan bir bosqichli, ikki bosqichli laparoendoskopik davolash (LXE+ERXGPL va LXE+t+ERXGPL) natijalarining retrospektiv tahlili operatsiya vaqti, bemorning umumiy ahvoli va asosiy kasallikning asoratlari kechishi prediktorlari aniqlangan;
ilk bor xolesistoxoledoxolitiazni bir bosqichli laparoendoskopik (LXE+ERXGPL) davolashda operatsiyadan keyingi davrning asoratli kechishini bashorat qiluvchi omillar (Charlson komorbidlik indeksi, E.I.Galperin mexanik sariqlik og‘irlik shkalasi) va tizimli yallig‘lanishga javob reaksiyasi sindromi (SIRS) sifatida asosli faktorlar aniqlangan;
aniqlangan prediktorlar asosida, o‘t-tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda xirurgik davolash bosqichligini tanlash uchun yagona prognostik shkala ishlab chiqilgan;
yagona prognostik shkalaning samaradorligi jarrohlik (Clavien-Dindo bo‘yicha) va umumiy somatik asoratlarning (o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi va miokard infarkti) kamayishi, shuningdek, davolash xarajatlarining qisqarishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda kombinatsiyalangan jarrohlik davolash usuliga differensial yondashuv bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.07.2025 y. 21/71-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘t-tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda kombinatsiyalangan bir bosqichli, ikki bosqichli laparoendoskopik davolash (LXE+ERXGPL va LXE+t+ERXGPL) natijalarining retrospektiv tahlili operatsiya vaqti, bemorning umumiy ahvoli va asosiy kasallikning asoratlari kechishi prediktorlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (30.05.2025 y. 27-son buyrug‘i) va Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyati «Kirish KMB» klinikasi (12.10.2024 y. 237-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: kombinatsiyalangan laparoendoskopik usulni keng qo‘llash bemorlarning davolanishdan qoniqishini oshirdi, chunki ikki marta narkoz va qayta kasalxonaga yotish zarurati yo‘qoldi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘t-tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda kombinatsiyalangan jarrohlik davolashda bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5-7 kun uchun byudjet mablag‘laridan 3256400 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1175650 so‘m sarflanadi. Xulosa: xoledoxolitiaz bilan asoratlangan o‘t-tosh kasalligiga chalingan bemorlarni laparoendoskopik davolash natijalarining retrospektiv tahlili shuni ko‘rsatdiki, bir bosqichli laparoendoskopik davolashda operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlarning chastotasi ikki bosqichli usulga nisbatan taqqoslanarli ekan. Bir bosqichli davolashning statistik jihatdan ahamiyatli afzalliklari quyidagilardan iborat: kasalxonada yotish kunlarining 12 dan 8 gacha qisqarishi (<0,001), iqtisodiy samaradorlik (p<0,001) va bemorlarning davolanishdan qoniqish darajasining oshishi (p=0,030).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor xolesistoxoledoxolitiazni bir bosqichli laparoendoskopik (LXE+ERXGPL) davolashda operatsiyadan keyingi davrning asoratli kechishini bashorat qiluvchi omillar (Charlson komorbidlik indeksi, E.I.Galperin mexanik sariqlik og‘irlik shkalasi) va tizimli yallig‘lanishga javob reaksiyasi sindromi (SIRS) sifatida asosli faktorlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (30.05.2025 y. 27-son buyrug‘i) va Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyati «Kirish KMB» klinikasi (12.10.2024 y. 237-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan prognostik shkala asosida jarrohlik davolash bosqichlarini tanlash tufayli bir bosqichli davolash guruhida umumiy somatik asoratlar kamaydi. Clavien-Dindo shkalasidan foydalanishga ko‘ra operatsiyadan keyingi asoratlarni taqqoslaganda, asoratlanmagan bemorlarning ulushi 12,9% dan 46,7% gacha ko‘tarildi (p=0,040). Iqtisodiy samaradorligi: o‘t-tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda, kombinatsiyalangan xirurgik davolash bosqichligini tanlash uchun yagona prognostik shkala algoritmi samaradorligi ostida ijobiy natijalar 1,5 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 14564800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: xoledoxolitiaz bilan asoratlangan o‘t-tosh kasalligiga chalingan bemorlar uchun jarrohlik davolashning bosqichliligini tanlashda Charlson, Galperin va SIRS shkalalaridan bir bosqichli operatsiya xavfsizligini baholash maqsadida muntazam foydalanish kerak. Kombinatsiyalangan operatsiyaning yagona xavfsizlik shkalasidan foydalanish operatsiyadan keyingi asoratlari chastotasini kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: aniqlangan prediktorlar asosida, o‘t-tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda xirurgik davolash bosqichligini tanlash uchun yagona prognostik shkala ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (30.05.2025 y. 27-son buyrug‘i) va Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyati «Kirish KMB» klinikasi (12.10.2024 y. 237-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: bir bosqichli davolashni kuproq qullash natijasida bemorlarning kasalxonada yotishi 12 dan 8 gacha qisqardi (p<0,001). Iqtisodiy samaradorligi: yagona prognostik shkalaning yuqori samaradorligi operatsiyadan keyingi asoratlar kamayishi, bemorlarning kasalxonada yotish muddatining qisqarishi asosida operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 25% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: ishlab chiqilgan prognostik shkala asosida jarrohlik davolash bosqichlarini, tanlash bir bosqichli davolash guruhida umumiy somatik asoratlar chastotasini kamaytirishga imkon beradi. O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi va miokard infarkti chastotasi 19,4% dan 0% gacha statistik jihatdan sezilarli darajada pasayadi (mos ravishda p=0,024, p=0,024).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yagona prognostik shkalaning samaradorligi jarrohlik (Clavien-Dindo bo‘yicha) va umumiy somatik asoratlarning (o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi va miokard infarkti) kamayishi, shuningdek, davolash xarajatlarining qisqarishi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (30.05.2025 y. 27-son buyrug‘i) va Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyati «Kirish KMB» klinikasi (12.10.2024 y. 237-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: prognostik shkalani qo‘llash bemorlarni bir bosqichli davolashga xavfsiz ajratish imkonini berdi, bu esa davolash xarajatlarining kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘t-tosh kasalligi xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda laparoendoskopik davolashning bosqichligini tanlash konsepsiyasi qo‘llaniladigan differensiallashtirilgan jarrohlik taktikasini qo‘llash, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 24565400 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakli bilan og‘rigan bemorlarni yagona shkala orqali sinchkovlik bilan tanlagan holda, bitta anesteziologik qo‘llanma doirasida LXE bilan eRXGPLni o‘z ichiga olgan kombinatsiyalangan aralashuvni amalga oshirish xavfsiz jarrohlik usuli bulishi mumkin. Prognostik shkalani qo‘llash bemorlarni bir bosqichli davolashga xavfsiz ajratish imkonini beradi, bu esa davolash xarajatlarini 212400 sh.b.dan 132000 sh.b.gacha (37,8%) kamaytirishga olib keladi (p< 0,001).