Shavdirova Gulbonu Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalar: xavf omillari, klinik-laborator kechish xususiyatlari, davolash va profilaktikasi", 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4541.
Ilmiy raxbar: Rabbimova Dilfuza Toshtemirova, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomuratov Turdiqul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarning xavf omillarini aniqlash, klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganish orqali davolash va resedivlarni oldini olish choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareya rivojlanishining eng muhim xavf omillari kamqonlik  Clostridium difficile-assotsiirlangan holatlarda 77,4%, hayotning ilk oylarida erta sun’iy oziqlantirish xamda qo‘shimcha omillar (oqsil energetik etishmovchilik (23,5%), raxit (18,6%), tez-tez uchraydigan O‘RK (41,2%) va 12 oygacha bo‘lgan yosh) aniqlangan; 
erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareya mikroflora bilan bog‘liq shaklida, ayniqsa Clostridium difficile uchraganda, kasallik  og‘ir kechishi va ushbu bemorlarda fekal kal`protektin darajasi yuqori bo‘lishi (>250 mkg/g–81,6%) isbotlangan; 
bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarni og‘irlik darajasini baholash uchun klinik-laborator mezonlar (bakterologik, PSR, fekal kal`protektin darajasi) asosida stratifikatsiya qilish imkonini beradigan shkala ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan; 
erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyani  kompleks davolash usuliga laktoferrin moddasini qo‘shimcha qo‘llash orqali davo samaradorligi ishonarli darajada oshishi ilmiy jihatdan asoslagan xamda diareya davomiyligi 4,6 kundan 3,1 kungacha qisqarishi, fekal kal`protektin darajasini 310 dan 190 mkg/g gacha pasayishi va residivlar soni 25% dan 6,6% gacha kamayishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erta yoshdagi bolalarda antibiotikka bog‘liq diareyalarni xavf omillarini aniqlash, klinik-laborator kechish xususiyatlarini o‘rganish, davolash va profilaktik choralarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareya rivojlanishining eng muhim xavf omillari kamqonlik, hayotning ilk oylarida erta sun’iy oziqlantirish xamda qo‘shimcha omillar (oqsil energetik etishmovchilik, raxit, tez-tez uchraydigan O‘RK va 12 oygacha bo‘lgan yosh) aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-fevraldagi №7-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarning klinikasi va diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 8-sentyabrdagi №123-sonli buyruq bilan Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-sentyabrdagi №226-t-sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida   joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 02-dekabrdagi 30/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarning rivojlanishida xavf omillarini aniqlanganligi, ushbu kasallikni antibiotik terapiya qo‘llanilishida qat’iy ko‘rsatmani talab etadi va erta tashxislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: antibiotikka bog‘liq diareyalarni tashxislash algoritmining takomillashtirilishi orqali har bir bemor uchun  dori vositalarini o‘rtacha 1 kunlik qabul qilish xarajatlarini 245 ming so‘m tejash imkonini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareya mikroflora bilan bog‘liq shaklida, ayniqsa Clostridium difficile uchraganda, kasallik  og‘ir kechishi va ushbu bemorlarda fekal kal`protektin darajasi yuqori bo‘lishi (>250 mkg/g–81,6%) isbotlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-fevraldagi №7-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarning klinikasi va diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 8-sentyabrdagi №123-sonli buyruq bilan Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-sentyabrdagi №226-t sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida  joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 02-dekabrdagi 30/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: antibiotikka bog‘liq diareyalarni klinik-laborator kechish xususiyatlariga ko‘ra shakllarga ajratish kasallikni erta va to‘g‘ri tashxislashga yordam beradi, bu orqali o‘z vaqtida davo choralarini qo‘llashda individual yondoshuviga imkon berib kasallikni og‘ir kechishini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yondashuv asosida bemorlarni erta va aniq tashxislash, asossiz antibiotiklar va ortiqcha dori vositalarini qo‘llashni kamayishiga, davolash jarayonini optimallashtirishga va statsionar resurslaridan samarali foydalanishga olib keldi, ya’niy differensial diagnostika algoritmi klinik stratifikatsiyaning aniqligini oshirib, tashxis qo‘yish muddatini 2,3±1,2 kunga qisqartirishga imkon beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarni og‘irlik darajasini baholash uchun klinik-laborator mezonlar (bakterologik, PSR, fekal kal`protektin darajasi) asosida stratifikatsiya qilish imkonini beradigan shkala ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-fevraldagi №7-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarning klinikasi va diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 8-sentyabrdagi №123-sonli buyruq bilan Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-sentyabrdagi №226-t sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 02-dekabrdagi 30/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori samaradorlikga ega diagnostik tekshiruv usuli kasallikning og‘ir  rivojlanishini erta aniqlash imkonini beradi va kasallik avj olishiga sabab bo‘ladigan og‘ir asoratlar bilan bog‘liq statsionar muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarni qo‘shimcha tashxislash usullariga extiyojni kamaytirishga asoslangan, buning natijasida byudjet mablag‘lari tejalgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyani  kompleks davolash usuliga laktoferrin moddasini qo‘shimcha qo‘llash orqali davo samaradorligi ishonarli darajada oshishi ilmiy jihatdan asoslagan xamda diareya davomiyligi 4,6kundan 3,1kungacha qisqarishi, fekal kal`protektin darajasini 310dan 190 mkg/g gacha pasayishi va residivlar soni 25%dan 6,6%gacha kamayishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-fevraldagi №7-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan  “Erta yoshdagi bolalarda antibiotik bilan bog‘liq diareyalarning klinikasi va diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 8-sentyabrdagi №123-sonli buyruq bilan Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-sentyabrdagi №226-t sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 02-dekabrdagi 30/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: antibiotik bilan boliq diareyalarni davolashda probiotiklar bilan birgalikda laktoferrinni qo‘llash diareya va uning asoratlari chastotasini hamda gospitalizatsiyaga bo‘lgan ihtiyojini kamayishi, sog‘liqni saqlash tashkiloti va bemor oilasining xarajatlarini kamayishi, shuningdek bemorlarni hayot sifatini yaxshilanishi va ularning ijtimoiy reabilitatsiyasini tezlashishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: bu bemorlarning shifoxonaga statsionar davolanishlar soni va yotoq kunlari qisqarish imkonini beradi ya’niy o‘rtacha qiymati 21,4%ga- byudjet mablag‘larining sarfi 1745000 ming so‘mdan 1372000 ming so‘mgacha kamayadi bu esa statsionar davo kunini qisqarishi hisobiga erishiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish