Turaeva Firuzaxon Alisherxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Panmiks va inbred sharoitida tug‘ilgan, ixtioz kasalligi bilan xastalangan bemor bolalarda kasallikni kechishini klinik va immunologik xususiyatlari”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tib3351.
Ilmiy raxbar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.25.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pakirdinov Adxam Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadqiqotning maqsadi bolalarda ixtiozni zamonaviy tekshirish usullaridan foydalangan holda ixtiozning turli shakllarining klinik va immunologik xususiyatlari va kechishining tug‘ilish sharoitiga qarab o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma ixtioz bilan kasallangan, inbriding sharoitida tug‘ilgan bolalarda kasallikning panmiks sharoitida tug‘ilgan ixtioz bilan kasallangan bolalarga nisbatan yanada og‘irroq kechishi, erta boshlanishi, teri qoplamining shikastlanishi generalizatsiyalashganligi, asoratlar va hamroh patologiyalar yuqori uchrash chastotasi bilan tavsiflanishi autosom-resessiv mutatsiyalar va genetik og‘irlashganlik ta’siri bilan bog‘liqliligi isbotlangan;
tug‘ma ixtiozning og‘irlik indeksi (Congenital Ichthyosis Severity Index, Kamalpur) bolalarda tug‘ma ixtiozning og‘irligini baholashda ishonchli vosita va muhim klinik ahamiyatga ega ekanligi, undan foydalanish kasallik dinamikasi va terapiya samaradorligini ob’ektiv baholash imkonini berishi isbotlangan;
tug‘ma ixtiozda ota-onalarning nikoh turiga qarab immunitet ko‘rsatkichlarini sezilarli o‘zgarishlari, jumladan inbriding sharoitida tug‘ilgan bolalarda immunitetning disregulyasiyasi kuzatilgan: yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-17, IL-4, TNF-α) darajasining oshishi, limfotsitlar, CD16+-hujayralarning pasayishi va CD8+-populyasiyasining o‘sishi fonida immunitetning gumoral bo‘g‘inining faollashuvi (IgG, IgA, IgM va SIKning oshishi), bu immunoregulyator disbalans holati va surunkali yallig‘lanish jarayonining shakllanishini aks ettishi isbotlangan;
Kolefer va EPTA PSO preparatlaridan foydalangan holda bolalarda tug‘ma ixtiozlarni kompleks davolash sxemasini qo‘llash an’anaviy davolash bilan taqqoslaganda sezilarli darajada yuqori klinik samaradorlikni ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma ixtiozning klinik-immunologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ma ixtioz bilan kasallangan, inbred sharoitida tug‘ilgan bolalarda panmiks sharoitida tug‘ilgan ixtioz bilan kasallangan bolalarga nisbatan kasallikning yanada og‘irroq kechishi, erta boshlanishi, teri qoplamining shikastlanishi generalizatsiyalashganligi, asoratlar va hamroh patologiyalar yuqori uchrash chastotasi bilan tavsiflanishi autosom-resessiv mutatsiyalar va genetik og‘irlashganlik ta’siri bilan bog‘liqliligi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot univesiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 sentyabr №09-25/679-t-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ixtiozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 4-tumanlararo teri-tanosil dispanserining 2025 yil 23 sentyabrdagi №89-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati xududiy filialining 2025 yil 24 sentyabrdagi №103-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy Texnik Kengashining 02.12.2025 yildagi 30/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: inbred va panmiks muxitida tug‘ilgan bolalarda kasallik kechishini og‘irligi, teri shikastlanishining keng tarqalganligi va klinik kechishi o‘rtasidagi farqlarni isbotlash (r< 0,001), inbred oilalardagi bolalarda kasallikning og‘irroq va umumiy klinik kechishini erta tashxis qo‘yish, kasallikning kechishini bashorat qilish va davolash-profilaktika chora-tadbirlari hajmini tanlashda differensial yondashish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma ixtioz bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash kasallikni tashxislashda qo‘shimcha invaziv tekshiruvlardan (gistologik tahlil) voz kechish hisobiga bitta tekshiruvga sarflanadigan xarajatlarni 279600 so‘mga, 80 nafar bemorda esa 2236800 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Inbred muxitda tug‘ilgan bolalarda panmiks muxitida dunyoga kelgan bemorlarga nisbatan teri qoplamining shikastlanishi og‘irroq va generalizatsiyalangan xolda kechishi, erta boshlanishi (tug‘ilishdan), yondosh patologiyalarning yuqori chastotasi bilan ifodalanishi autosom resessiv mutatsiyalar va genetik og‘irlik ta’siri bilan bog‘liqligini bilish erta tashxis qo‘yish xisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet tashqari mablag‘larni 279600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: tug‘ma ixtiozning og‘irlik indeksi (Congenital Ichthyosis Severity Index, Kamalpur) bolalarda tug‘ma ixtiozning og‘irligini baholashda ishonchli vosita va muhim klinik ahamiyatga ega ekanligi, undan foydalanish kasallik dinamikasi va terapiya samaradorligini ob’ektiv baholash imkonini berishi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot univesiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 sentyabr №09-25/679-t-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ixtiozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 4-tumanlararo teri-tanosil dispanserining 2025 yil 23 sentyabrdagi №89-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati xududiy filialining 2025 yil 24 sentyabrdagi №103-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy Texnik Kengashining 02.12.2025 yildagi 30/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Kamalpur usuli bo‘yicha tug‘ma ixtiozning og‘irligini baholashdan foydalanish kasallik dinamikasini va terapiya samaradorligini ob’ektiv baholashga imkon beradi, ixtioz kasalligining og‘irligini miqdoriy baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma ixtiozning og‘irlik darajasini Kamalpur usuli (CISI) bo‘yicha baholash tug‘ma ixtiozning og‘irlik darajasini baholashda, davolash dinamikasining samaradorligini to‘g‘ri va erta baholash va tashxis qo‘yish muddatini qisqartirish xisobiga samarali patogenetik va simptomatik davolash imkonini beradi (Klinika preyskurantiga ko‘ra, bemorning klinikada bir kun davomida davolanishi narxi o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi, 80 nafar bemorda erta tashxis qo‘yish hisobiga 86400000 so‘m iqtisod qilinadi). Xulosa: tug‘ma ixtiozning og‘irlik darajasini Kamalpur usuli (CISI) bo‘yicha baholash tug‘ma ixtiozning og‘irlik darajasini baholashda ishonchli vosita bo‘lib, qo‘shimcha tekshiruvlardan voz kechishga va davolash samaradorligini baholashga yordam beradi, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: tug‘ma ixtiozda ota-onalarning nikoh turiga qarab immunitet ko‘rsatkichlarini sezilarli o‘zgarishlari, jumladan inbriding sharoitida tug‘ilgan bolalarda immunitetning disregulyasiyasi kuzatilgan: yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-17, IL-4, TNF-α) darajasining oshishi, limfotsitlar, CD16+-hujayralarning pasayishi va CD8+-populyasiyasining o‘sishi fonida immunitetning gumoral bo‘g‘inining faollashuvi (IgG, IgA, IgM va SIKning oshishi), bu immunoregulyator disbalans holati va surunkali yallig‘lanish jarayonining shakllanishini aks ettishi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot univesiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 sentyabr №09-25/679-t-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ixtiozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 4-tumanlararo teri-tanosil dispanserining 2025 yil 23 sentyabrdagi №89-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati xududiy filialining 2025 yil 24 sentyabrdagi №103-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy Texnik Kengashining 02.12.2025 yildagi 30/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: inbriding sharoitida tug‘ilgan bolalarda yaqqol namoyon bo‘lgan immun disregulyasiya: yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-17, IL-4, TNF-α) darajasining oshishi, limfotsitlarning pasayishi fonida immunitetning gumoral bo‘g‘inining faollashishi, bu immunoregulyator disbalans holati va surunkali yallig‘lanish jarayonining shakllanishini aks ettirishi isbotlanganligi mutaxassis dermatologlar, neonatologlar, dermatologlar, allergologlar tomonidan ixtiozni erta tashxislashda o‘ziga xos immunologik diagnostika mezonlaridan foydalanish, shuningdek, tug‘ma ixtioz bilan og‘rigan bolalarni davolashning samarali patogenetik usulini tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: inbriding sharoitida tug‘ilgan bolalarda immun disregulyasiya qayd etilishi, yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-17, IL-4, TNF-α) darajasining oshishi, limfotsitlarning pasayishi fonida immunitetning gumoral bo‘g‘inining faollashishi, bu immunoregulyator disbalans holati va surunkali yallig‘lanish jarayonining shakllanishini aks ettiradi, bolalarda ixtiozga sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi, kasallikni tashxislash muddatini qisqartiradi va erta samarali patogenetik davolashni boshlash imkonini beradi. Erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasini aniqlash hisobiga bemorning shifoxonada davolanishi 10 kundan 8 kungacha qisqartirish imkonini bergan, va shifoxonada qolish xarajatlari taxminan 240000 so‘mga kamaydi (klinika preyskurantiga ko‘ra, bemorning bir kun davomida klinikada qolish xarajati o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: bolalarda tug‘ma ixtiozni erta tashxislashda tegishli immunologik tekshiruvlarni o‘tkazish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 240000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Kolefer va EPTA PSO preparatlaridan foydalangan holda bolalarda tug‘ma ixtiozlarni kompleks davolash sxemasini qo‘llash an’anaviy davolash bilan taqqoslaganda sezilarli darajada yuqori klinik samaradorlikni ta’minlashi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot univesiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 sentyabr №09-25/679-t-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ixtiozni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 4-tumanlararo teri-tanosil dispanserining 2025 yil 23 sentyabrdagi №89-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati xududiy filialining 2025 yil 24 sentyabrdagi №103-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy Texnik Kengashining 02.12.2025 yildagi 30/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kolefer va EPTAderm PSO preparatlaridan foydalangan holda samarali kompleks terapiya giperkeratoz, eritema va soch to‘kilishini sezilarli darajada bartaraf etishga, remissiya davrini barqarorlashtirishga, davolash muddatlarini qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ixtioz bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashni qo‘llash kasalxonada davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirish imkonini bergan, va shifoxonada qolish xarajatlari taxminan 240000 so‘mga kamaydi (klinika preyskurantiga ko‘ra, bemorning bir kun davomida klinikada qolish xarajati o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: bemorning shifoxonada davolanish muddati qisqartirilishi, dori-darmonlarning iste’moli kamayishi, tug‘ma ixtioz bilan og‘rigan bemorlarni statsionar davolashda zamonaviy davolash usullarini qo‘llashi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 240000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.