Latipov Abdulaziz Yashinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Disseratsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Infarktdan keyingi kardioskleroz lokalizatsiyasining diastolik funksiyaga va natriyuretrik peptid darajasiga ta’siri”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3750.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Charos Abdujalilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: infarktdan keyingi kardiosklerozning lokalizatsiyasini hisobga olgan holda chap qorinchaning diastolik funksiyasi va natriyuretrik peptidlar (BNP va NT-proBNP) darajasidagi o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, ushbu omillarning klinik ahamiyati va prognoz ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor miokard infarktidan keyingi kardioskleroz lokalizatsiyasining chap qorinchaning diastolik va sistolik funksiyasiga ta’siri o‘zaro solishtirilgan holda klinik-exokardiografik va NT-proBNP biomarkerli ko‘rsatkichlar bilan tahlil qilinib, postinfarkt chandiq lokalizatsiyasi ChQ diastolik funksiyasiga sezilarli t’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, old devordagi chandiq eng yomon ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lib, IVRT ortishi va E/A nisbati pasayishi isbotlangan;
postinfarkt kardiosklerozi bo‘lgan bemorlarda angiografik toj tomirlarining angiografik shikastlanish darajasi va chandiq lokalizatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, mazkur omillarning yirik noxush yurak-qon tomir hodisalari (MACE: o‘lim, qayta infarkt, gospitalizatsiya) rivojlanishiga ta’siri isbotlangan;
miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlarda natriyuretik peptidlar (BNP va NT-proBNP) darajasining chap qorinchaning diastolik funksiyasi holati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlanib, old devor infarktida BNP darajasi orqa devor lokalizatsiyasiga nisbatan o‘rtacha 1,5 barobar yuqori bo‘lishi va ushbu ko‘rsatkichlarning klinik holat hamda diastolik funksiya dinamikasi bilan birgalikda muhim prognostik ahamiyatga egaligi ilmiy asoslangan;
funksional holat, chandiq lokalizatsiyasi va biomarkerlar (BNP, NT-proBNP) ko‘rsatkichlarini integratsiya qilgan holda bemorlarni individual baholashga qaratilgan, erta diagnostika va kasallik prognozini aniqlash imkonini beruvchi ilmiy asoslangan algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Infarktdan keyingi kardioskleroz lokalizatsiyasining diastolik funksiyaga va natriyuretrik peptid darajasiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor miokard infarktidan keyingi kardioskleroz lokalizatsiyasining chap qorinchaning diastolik va sistolik funksiyasiga ta’siri o‘zaro solishtirilgan holda klinik-exokardiografik va NT-proBNP biomarkerli ko‘rsatkichlar bilan tahlil qilinib, postinfarkt chandiq lokalizatsiyasi ChQ diastolik funksiyasiga sezilarli t’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, old devordagi chandiq eng yomon ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lib, IVRT ortishi va E/A nisbati pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/028-son bilan tasdiqlangan “Miokard infarktidan keyin kardiosklerotik o‘zgarishlarga javoban natriyuretrik peptid kontsentratsiyasini o‘lchash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 44-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 07.04.2025 yildagi 01-91/1-son byruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chandiq lokalizatsiyasini hisobga olgan holda individuallashtirilgan nazorat va davolash taktikasini qo‘llash orqali bemorlarning hayot sifati va funktsional imkoniyatlari yaxshilanib, qayta infarkt, og‘ir yurak etishmovchiligi va nogironlik holatlarining kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1550000 so‘m byudjet va 980000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari chandiq lokalizatsiyasini hisobga olgan holda individuallashtirilgan nazorat va davolash taktikasini qo‘llash orqali bemorlarning hayot sifati va funksional imkoniyatlari yaxshilanib, qayta infarkt, og‘ir yurak etishmovchiligi va nogironlik holatlarining kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: postinfarkt kardiosklerozi bo‘lgan bemorlarda angiografik toj tomirlarining angiografik shikastlanish darajasi va chandiq lokalizatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, mazkur omillarning yirik noxush yurak-qon tomir hodisalari (MACE: o‘lim, qayta infarkt, gospitalizatsiya) rivojlanishiga ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/028-son bilan tasdiqlangan “Miokard infarktidan keyin kardiosklerotik o‘zgarishlarga javoban natriyuretrik peptid kontsentratsiyasini o‘lchash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 44-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 07.04.2025 yildagi 01-91/1-son byruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kardioremodellanish xususiyatlarini erta bosqichlarda aniqlash orqali xavf guruhlariga kiruvchi bemorlarni o‘z vaqtida ajratish, ularga maqsadli va individuallashtirilgan davolash hamda dinamik nazoratni tashkil etish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 3850000 so‘m byudjet va 3300000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari kardioremodellanish jarayonlarini prognozlash orqali postinfarkt bemorlarda asoratlarni erta oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlarda natriyuretik peptidlar (BNP va NT-proBNP) darajasining chap qorinchaning diastolik funksiyasi holati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlanib, old devor infarktida BNP darajasi orqa devor lokalizatsiyasiga nisbatan o‘rtacha 1,5 barobar yuqori bo‘lishi va ushbu ko‘rsatkichlarning klinik holat hamda diastolik funksiya dinamikasi bilan birgalikda muhim prognostik ahamiyatga egaligi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/028-son bilan tasdiqlangan “Miokard infarktidan keyin kardiosklerotik o‘zgarishlarga javoban natriyuretrik peptid kontsentratsiyasini o‘lchash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 44-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 07.04.2025 yildagi 01-91/1-son byruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postinfarkt bemorlarda xavf guruhlarini aniq belgilash, individuallashtirilgan kuzatuv va davolash taktikasini shakllantirish, yurak etishmovchiligi va boshqa og‘ir asoratlarning oldini olish orqali bemorlarning hayot sifati yaxshilanib, nogironlik va erta o‘lim holatlarini kamaytirish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 3500000 so‘m byudjet va 3200000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari natriyuretrik peptidlar darajalari chap qorinchaning diastolik funksiyasi holati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligini ilmiy jihatdan asoslash, yurak etishmovchiligining og‘ir shakllari rivojlanishining oldini olish, qayta statsionar davo va reanimatsion yordamga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: funksional holat, chandiq lokalizatsiyasi va biomarkerlar (BNP, NT-proBNP) ko‘rsatkichlarini integratsiya qilgan holda bemorlarni individual baholashga qaratilgan, erta diagnostika va kasallik prognozini aniqlash imkonini beruvchi ilmiy asoslangan algoritm ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/028-son bilan tasdiqlangan “Miokard infarktidan keyin kardiosklerotik o‘zgarishlarga javoban natriyuretrik peptid kontsentratsiyasini o‘lchash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 44-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 07.04.2025 yildagi 01-91/1-son byruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: funksional holat, postinfarkt chandiq lokalizatsiyasi hamda biomarkerlar — BNP va NT-proBNP ko‘rsatkichlariga asoslangan individuallashtirilgan baholash va davolash algoritmining taklif etilishi postinfarkt bemorlarda yurak etishmovchiligini erta aniqlash yurak etishmovchiligining yashirin shakllarini barvaqt tashxislashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2850000 so‘m byudjet va 1900000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari taklif etilgan algoritm postinfarkt bemorlarda xavf guruhlarini aniq belgilash, individuallashtirilgan davolash va dinamik kuzatuv taktikasini belgilash orqali iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish