Ibragimov Kudratilla Utkurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tomchisimon parapsoriazni klinik-morfologik va immunogistokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4933.
Ilmiy rahbar: Sidikov Akmal Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pyagay Grigoriy Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.06/2025.27.12.Tib.21.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponenetlar: Maxkamov Nosirjon Juraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaslavskiy Denis Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiet universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: tomchisimon parapsoriazning klinik, patomorfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
interfeys-dermatitning vakuolyar tipi doirasida keratinizatsiya buzilishi (orto- va parakeratoz) hamda dermadagi perivaskulyar infil`tratsiyaning topografik xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi ochib berilib, ushbu morfologik majmua kasallikni verifikatsiya qilish va identifikatsiyalashning patomorfologik asosi sifatida asoslangan;
HSV-1/HSV-2 virus antigenlarining epidermisdagi ekspressiyasi mahalliy to‘qimalardagi patologik jarayonni faollashtiruvchi asosiy trigger omil ekanligi aniqlanib, virus persistensiyasi va dermatozning klinik qo‘zishi o‘rtasidagi bevosita sabab-oqibat bog‘liqligi isbotlangan;
mahalliy immun javobda CD68+ makrofaglar va CD207/Langerin+ dendrit hujayralarining migratsion faolligi surunkali antigen yuklamasini ta’minlovchi yetakchi mexanizm ekanligi ochib berilib, ushbu hujayraviy taqsimot xastalikning davomiyligini belgilovchi immunofenotipik ko‘rsatkich sifatida isbotlangan;
tomchisimon parapsoriazda VEGF ekspressiyasining variabelligi angiogenezning ikkinchi darajali (reaktiv) xarakterini belgilashi ochib berilib, ushbu patogenetik xususiyat dermatozni teri vaskulitlari guruhidan differensiatsiya qilish va nozologik mustaqilligini tasdiqlash uchun asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tomchisimon parapsoriazni klinik-morfologik va immunogistokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotning ilmiy natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik interfeys-dermatitning vakuolyar tipi doirasida keratinizatsiya buzilishi (orto- va parakeratoz) hamda dermadagi perivaskulyar infil`tratsiyaning topografik xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi ochib berilib, ushbu morfologik majmua kasallikni verifikatsiya qilish va identifikatsiyalashning patomorfologik asosi sifatida asoslanganligi Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Fargona filiali 11- mart 2025-yildagi №78 buyrug‘i bilan hamda RIO va RIATM Fargona viloyat hududiy filialida 15 mart 2025 yildagi buyrug‘i № 56-4 bilan amaliyotga joriy etilgan, (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tomchisimon parapsoriazning klinik-morfologik ko‘rinishlarining prospektiv va retrospektiv chuqur tahlili monitoring faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shunga ko‘ra shifoxona va ambulatoriya muassasalari o‘rtasida uzviylik tamoyili negizida ish faoliyatini tashkil etishi asoslangan, davolashda tizimli yondashuv algoritmi tadbiq etish natijasida kasallikning erta diagnostikasi va profilaktik omillarning ijtimoiy axamiyatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tomchisimon parapsoriazning klinik-morfologik ko‘rinishlarining prospektiv va retrospektiv chuqur tahlili monitoring faoliyatining amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida kasallikning erta tashxisoti va profilaktikasi 46 nafar bemorga kasallikni erta tashxisoti, oldini olinishi va tarkalish chastotasini kamayishi hisobiga 1366400 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 1 nafar bemor uchun zamonaviy, maqsadli monitoring faoliyatining amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida kasallikning erta tashxisoti va profilaktikasi orqali byudjetdan tashqari mablag‘dan 248000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: HSV-1/HSV-2 virus antigenlarining epidermisdagi ekspressiyasi mahalliy to‘qimalardagi patologik jarayonni faollashtiruvchi asosiy trigger omil ekanligi aniqlanib, virus persistensiyasi va dermatozning klinik qo‘zishi o‘rtasidagi bevosita sabab-oqibat bog‘liqligi isbotlangan va Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Fargona filiali 11- mart 2025-yildagi №78 buyrug‘i bilan hamda RIO va RIATM Fargona viloyat hududiy filialida 15 mart 2025 yildagi buyrug‘i № 56-4 bilan amaliyotga joriy etilgan, (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar terisi bioptatida gerpes virusining 1 va 2 tip antigenining ekspressiyasi ko‘lamini hisobga olgan holda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash yo‘li bilan bemorlarni tavsiya etilgan personal usulda davolash samaradorligini oshirishni imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash kasallikning kompleks asoratli turlari rivojlanishining oldini olish, davolashning yuqori samaradorligiga erishish uchun, maqsadli tahlillar o‘tkazilganda 74 nafar bemordan byudjetdan tashqari davolanayotgan bemorlar uchun 6740800 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 1 nafar bemor uchun zamonaviy, maqsadli va tejamkor diagnostika usuli orqali byudjetdan tashqari mablag‘dan 152200 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: mahalliy immun javobda CD68+ makrofaglar va CD207/Langerin+ dendrit hujayralarining migratsion faolligi surunkali antigen yuklamasini ta’minlovchi yetakchi mexanizm ekanligi ochib berilib, ushbu hujayraviy taqsimot xastalikning davomiyligini belgilovchi immunofenotipik ko‘rsatkich sifatida isbotlangan va Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Fargona filiali 11- mart 2025-yildagi №78 buyrug‘i bilan hamda RIO va RIATM Fargona viloyat hududiy filialida 15 mart 2025 yildagi buyrug‘i № 56-4 bilan amaliyotga joriy etilgan, (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tomchisimon parapsoriaz bilan og‘rigan bemorlarning teri bioptatida SD68 makrofaglari va etuk SD207/Langerin dendrit hujayralari antigenlarining yuqori ekspressiyasi bemorlarni kuzatishni takomillashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tomchisimon parapsoriaz bilan og‘rigan bemorlarning teri bioptatini tekshirish xisobiga 1 yilda 7922936 sum sarflandi, bu esa 1 yilda kasallikni uchrash chastotasini kamayishi xisobiga byudjetdan tashqari mablag‘dan 15785000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tomchisimon parapsoriaz bilan og‘rigan bemorlarning teri bioptatini maksadli tekshirish natijasida 1 nafar bemor uchun 346640 sum mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tomchisimon parapsoriazda VEGF ekspressiyasining variabelligi angiogenezning ikkinchi darajali (reaktiv) xarakterini belgilashi ochib berilib, ushbu patogenetik xususiyat dermatozni teri vaskulitlari guruhidan differensiatsiya qilish va nozologik mustaqilligini tasdiqlash uchun asoslangan va Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Fargona filiali 11- mart 2025-yildagi №78 buyrug‘i bilan hamda RIO va RIATM Fargona viloyat hududiy filialida 15 mart 2025 yildagi buyrug‘i № 56-4 bilan amaliyotga joriy etilgan, (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tomchisimon parapsoriaz bilan teri bioptatlarida qon tomir endoteliysi o‘sish omilini (vassular endothelial growth fastor, VEGF) aniqlash bo‘yicha olingan ma’lumotlar tomchisimon parapsoriazni teri vaskulitlari guruhiga kiritmaslik va teri limfomasi kasalligiga tugri tashxis kuyish samaradorligini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadsiz dori darmonlar va davo usullarini qo‘llanilishini 83,4% ga kamaytirish, resedivlarni 78,6 %ga kamaytirish tufayli bemor 1 kurs davo muolajasida davolash samarasini qayd etishi natijasida 64 nafar bemordan statsionar sharoitda kurs (10 kunlik) davo tavsiya etilgan usul orqali davolangan 64 nafar bemordan, byudjetdan tashqari 10985600 so‘m moddiy xarajatlarini kamaytirishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan tashxis usulini qo‘llash natijasida tomchisimon parapsoriaz bilan davolangan 1 nafar bemorga kasallikni davolashda davolash vaqtini tejash (14) kunga, residivlar sonining kamayishi hisobiga 1116520 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.