Davranov Alisher Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroduodenal yaralarning teshilishida miniinvaziv texnologiyalarni qo‘llanilishi bilan jarrohlik taktikasining xususiyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4685.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Atajanov Shuxrat Komilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xujaboev Safarboy To‘xtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gastroduodenal yaraning teshilishi bilan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida miniinvaziv texnologiyalardan ustuvor foydalanish asosida jarrohlik natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda bajariladigan jarrohlik usulini tanlash mezonlari ilk bor ishlab chiqilib, ular yara atrofidagi infiltrativ-yaralli shikastlanish ko‘lamlari va bemorlarning umumiy holati og‘irligi ko‘rsatkichlarining integral bahosiga asoslanishi aniqlangan;
laparoskopik va videoassisten kombinatsiya qilingan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar ilk bor ishlab chiqildi hamda laparoskopik usul uchun prognostik jihatdan noqulay holatlarda yarani minikirish` orqali videoassisten yopish usulining al`ternativ imkoniyati klinik jihatdan isbotlangan;
ilk bor klinik jihatdan, miniinvaziv aralashuvlar qo‘llanilishi laparotomiya orqali majburiy radikal operatsiya qilingan bemorlarga nisbatan operatsiyadan keyingi asoratlar va letallik holatlarining kamayishini isbotlangan;
ilk bor gastroduodenal yaraning teshilishida miniinvaziv usullarda jarrohlik davolashdan keyin eradikatsion terapiyaning qo‘llanilishi uzoq muddatli kuzatuvlarda hayot sifati (SF-36 va Visick shkalalari bo‘yicha) ko‘rsatkichlarini yaxshilashi, Helicobacter pylori kontaminatsiyasi residivini kamaytirishi hamda kasallikning barqaror remissiyasini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda miniinvaziv jarrohlik usullarini qo‘llash samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.08.2025 y. 23/05-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda bajariladigan jarrohlik usulini tanlash mezonlari ilk bor ishlab chiqilib, ular yara atrofidagi infiltrativ-yaralli shikastlanish ko‘lamlari va bemorlarning umumiy holati og‘irligi ko‘rsatkichlarining integral bahosiga asoslanishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (01.05.2025 y. 46-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (02.05.2025 y. 130U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyagacha bo‘lgan davrda yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda jarrohlik usulini tanlash mezonlarini qo‘llash jarrohlik taktikasini optimallashtirish samaradorligini oshiradi va shu orqali ushbu patologiyada optimal yondashuvni tanlashga yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yara atrofidagi infiltrativ-yaralli shikastlanish ko‘lamlari bo‘yicha bemorlar quyidagicha taqsimlandi: kichik ko‘lamli shikastlanish (1,0 sm gacha) — 46,8% hollarda, o‘rtacha ko‘lamli shikastlanish (1,0–2,0 sm) — 34,5% hollarda va katta ko‘lamli shikastlanish (2,0 sm dan katta) — 18,7% hollarda. Bemorlarning umumiy holati og‘irligi integral bahosi (Mannxaym peritonit indeksi, ASA shkala, Boey ball tizimi) asosida jarrohlik usulini tanlash mezonlari ishlab chiqildi: Mannxaym peritonit indeksi 21 ballgacha bo‘lgan bemorlarda (62,4%) miniinvaziv usullar qo‘llanildi, 21–29 ball oralig‘ida (26,8%) kombinirlangan usullar tanlandi, 29 balldan yuqori bo‘lgan bemorlarda (10,8%) an’anaviy laparotomiya o‘tkazildi. Ishlab chiqilgan mezonlar asosida jarrohlik taktikasini tanlash natijasida umumiy asoratlar chastotasi 28,6% dan 12,4% gacha (2,3 barobar) kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda jarrohlik usulini tanlash mezonlarini qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash muddati o‘rtacha 12–14 kundan 7–9 kungacha qisqartirildi. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1148600 so‘m sarflanadi. Integral baholash tizimini joriy etish orqali noto‘g‘ri tanlangan jarrohlik usuli tufayli yuzaga keladigan takroriy aralashuvlar sonini kamaytirish va statsionarda yotish muddatini qisqartirish hisobiga 1 bemor hisobida 1956800 so‘m tejalishiga olib keldi. Iqtisodiy ko‘rsatgich 2538400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: amaliyotgacha bo‘lgan davrda yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda yara atrofidagi infiltrativ-yaralli shikastlanish ko‘lamlari (kichik — 46,8%, o‘rtacha — 34,5%, katta — 18,7%) va bemorlarning umumiy holati og‘irligi ko‘rsatkichlarining integral bahosi (Mannxaym peritonit indeksi, ASA shkala, Boey ball tizimi) asosida jarrohlik usulini tanlash mezonlarini qo‘llash optimal jarrohlik taktikasini tanlashga yordam beradi. Ishlab chiqilgan mezonlar asosida umumiy asoratlar chastotasi 28,6% dan 12,4% gacha (2,3 barobar) kamaytirildi. Bu esa bemorlarning davolanish natijalarini yaxshilash va asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: laparoskopik va videoassisten kombinatsiya qilingan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar ilk bor ishlab chiqildi hamda laparoskopik usul uchun prognostik jihatdan noqulay holatlarda yarani minikirish` orqali videoassisten yopish usulining al`ternativ imkoniyati klinik jihatdan isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (01.05.2025 y. 46-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (02.05.2025 y. 130U-son buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: klinika amaliyotiga laparoskopik va videoassisten kombinatsiya qilingan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar joriy etilib, yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda amaliyot algoritmi taklif etildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, laparoskopik yara tikish usuli qo‘llangan bemorlarning 87,6% ida yaxshi va qoniqarli natijalar qayd etildi. Laparoskopik usul uchun prognostik jihatdan noqulay holatlarda (yara hajmi 2,0 sm dan katta, peritonit muddati 24 soatdan ortiq, Mannxaym indeksi 26 balldan yuqori) yarani minikirish` orqali videoassisten yopish usuli qo‘llanildi va 83,4% hollarda ijobiy natijalar olindi. Videoassisten usulga konversiya chastotasi atigi 8,6% ni tashkil qildi. An’anaviy laparotomiyaga konversiya chastotasi esa 4,2% dan oshmadi. Laparoskopik usul qo‘llangan bemorlarning operatsiya vaqti o‘rtacha 48,6±7,2 daqiqani, videoassisten usulda esa 62,4±8,6 daqiqani tashkil qildi, bu an’anaviy laparotomiyaga (76,8±12,4 daqiqa) nisbatdan sezilarli darajada kam bo‘ldi. Operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi laparoskopik guruhda 6,8%, videoassisten guruhda 9,4% va laparotomiya guruhida 24,6% ni tashkil qildi. Iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik va videoassisten kombinatsiya qilingan jarrohlik amaliyotlarini qo‘llash orqali bemorlarda statsionarda qolish muddatining o‘rtacha 12–14 kundan 6–8 kungacha qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1 854 620 so‘m tejalishiga olib keldi. Miniinvaziv amaliyot uchun qo‘shimcha asbob-uskunalar sarfi o‘rtacha 386 000 so‘mni tashkil qilsa-da, statsionarda davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarni davolash xarajatlarining pasayishi bu sarflarni to‘liq qopladi. Shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: klinik amaliyotga laparoskopik va videoassisten kombinatsiya qilingan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar joriy etildi va yaraning teshilishi bilan kechuvchi gastroduodenal jarayonlarda harakat algoritmi taklif qilindi. Laparoskopik usulda ijobiy natijalar 87,6% ni, videoassisten usulda 83,4% ni tashkil etdi. Operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi laparoskopik guruhda 6,8%, videoassisten guruhda 9,4% bo‘lib, an’anaviy laparotomiya guruhidagi 24,6% dan sezilarli darajada past bo‘ldi. Laparoskopik usul uchun prognostik jihatdan noqulay holatlarda yarani minikirish` orqali videoassisten yopish usulining al`ternativ imkoniyati klinik jihatdan isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik jihatdan, miniinvaziv aralashuvlar qo‘llanilishi laparotomiya orqali majburiy radikal operatsiya qilingan bemorlarga nisbatan operatsiyadan keyingi asoratlar va letallik holatlarining kamayishini isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (01.05.2025 y. 46-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (02.05.2025 y. 130U-son buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: miniinvaziv aralashuvlar (laparoskopik va videoassisten usullar) qo‘llanilishi laparotomiya orqali majburiy radikal operatsiya qilingan bemorlarga nisbatan operatsiyadan keyingi asoratlar va letallik holatlarining sezilarli darajada kamayishini ta’minladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, miniinvaziv usullar qo‘llangan asosiy guruhda (n=124) umumiy operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi 8,9% ni tashkil qildi, an’anaviy laparotomiya qilingan nazorat guruhida (n=86) esa bu ko‘rsatgich 26,7% ni tashkil qildi (p<0,05). Yiringli-septik asoratlar miniinvaziv guruhda 3,2% hollarda, laparotomiya guruhida esa 14,0% hollarda kuzatildi (4,4 barobar farq). Jarohat sohasidagi asoratlar (suppuratsiya, eventatsiya) miniinvaziv guruhda 1,6% ni, laparotomiya guruhida esa 9,3% ni tashkil qildi. Operatsiyadan keyingi letallik miniinvaziv guruhda 0,8% ni (1 bemor) tashkil qildi, laparotomiya guruhida esa 4,7% ni (4 bemor) tashkil qildi (p<0,05). Relaparotomiya zaruriyati miniinvaziv guruhda 1,6% hollarda, laparotomiya guruhida esa 7,0% hollarda kuzatildi. Bemorlarning erta aktivlashish muddati miniinvaziv guruhda o‘rtacha 1,2±0,4 sutka bo‘lib, laparotomiya guruhidagi 3,8±1,2 sutkaga nisbatan 3,2 barobar tez bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: miniinvaziv aralashuvlarni qo‘llash natijasida o‘rtacha 1 bemorga laparoskopik asbob-uskunalar uchun 314000 so‘m qo‘shimcha sarf qilinadi. Biroq statsionarda davolanish muddatining o‘rtacha 12,4±2,6 kundan 6,8±1,4 kungacha (45,2% ga) qisqarishi, asoratlarni davolash xarajatlarining 3,0 barobar kamayishi va relaparotomiya zaruriyati 4,4 barobar pasayishi hisobiga 1 bemor hisobida 2156400 so‘m tejalishiga olib keldi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan miniinvaziv jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatgich 6842600 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: miniinvaziv aralashuvlar qo‘llanilishi laparotomiya orqali majburiy radikal operatsiya qilingan bemorlarga nisbatan operatsiyadan keyingi asoratlar va letallik holatlarining sezilarli darajada kamayishini ta’minlaydi. Umumiy asoratlar chastotasi 26,7% dan 8,9% gacha (3,0 barobar), yiringli-septik asoratlar 14,0% dan 3,2% gacha (4,4 barobar), jarohat sohasidagi asoratlar 9,3% dan 1,6% gacha (5,8 barobar) kamaytirildi. Operatsiyadan keyingi letallik 4,7% dan 0,8% gacha pasaydi. Relaparotomiya zaruriyati 7,0% dan 1,6% gacha kamaydi. Bemorlarning erta aktivlashish muddati 3,2 barobar tezlashdi, statsionarda yotish muddati 45,2% ga qisqartirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor gastroduodenal yaraning teshilishida miniinvaziv usullarda jarrohlik davolashdan keyin eradikatsion terapiyaning qo‘llanilishi uzoq muddatli kuzatuvlarda hayot sifati (SF-36 va Visick shkalalari bo‘yicha) ko‘rsatkichlarini yaxshilashi, Helicobacter pylori kontaminatsiyasi residivini kamaytirishi hamda kasallikning barqaror remissiyasini ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (01.05.2025 y. 46-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (02.05.2025 y. 130U-son buyruq). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi uzoq muddatli kuzatuvlar (6–24 oy) natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi hayot sifati ko‘rsatgichlari miniinvaziv texnologiyalar asosida operatsiya qilingan va operatsiyadan keyin eradikatsiya terapiyasi o‘tkazilgan bemorlar guruhida qayd etildi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha SF-36 so‘rovnomasi asosida hayot sifati baholandi: miniinvaziv operatsiya + eradikatsiya terapiyasi guruhi (I guruh, n=68) da umumiy hayot sifati ko‘rsatgichi 82,4±4,6 ballni, miniinvaziv operatsiya eradikatsiyasiz guruhi (II guruh, n=56) da 71,8±5,2 ballni va laparotomiya + eradikatsiya terapiyasi guruhi (III guruh, n=48) da 64,2±6,8 ballni tashkil qildi (p<0,05). Jismoniy faoliyat ko‘rsatgichi I guruhda 84,6±4,2 ball, II guruhda 72,4±5,8 ball va III guruhda 58,6±7,4 ball bo‘ldi. Og‘riq sindromining intensivligi (VAS shkala bo‘yicha) I guruhda 1,2±0,4 ball, II guruhda 2,4±0,8 ball va III guruhda 3,8±1,2 ball bo‘ldi. Helicobacter pylori eradikatsiyasi samaradorligi 92,6% ni tashkil qildi. Yara residivi chastotasi I guruhda 2,9% ni (2 bemor), II guruhda 14,3% ni (8 bemor) va III guruhda 8,3% ni (4 bemor) tashkil qildi. I guruh bemorlarining 94,1% i 12 oy ichida to‘liq mehnat qobiliyatini tikladi, II guruhda bu ko‘rsatgich 78,6% ni va III guruhda 62,5% ni tashkil qildi. Dispeptik shikoyatlarning yo‘qolishi I guruhda 91,2% hollarda, II guruhda 67,9% hollarda va III guruhda 58,3% hollarda kuzatildi. Iqtisodiy samaradorligi: miniinvaziv texnologiyalar asosida bajarilgan operatsiyalardan keyin eradikatsiya terapiyasini o‘tkazish orqali bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3867800 so‘m sarflanadi. Eradikatsiya terapiyasi kursi (14 kunlik uch komponentli sxema) uchun 248600 so‘m sarflanadi. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 946400 so‘m sarflanadi. Biroq yara residivi chastotasining 14,3% dan 2,9% gacha (4,9 barobar) kamayishi hisobiga takroriy statsionar davolanish va qayta operatsiya zaruriyati pasayishi natijasida 1 bemor hisobida uzoq muddatda 2876400 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: amaliyotdan keyingi uzoq muddatli natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi hayot sifati ko‘rsatgichlari miniinvaziv texnologiyalar asosida operatsiya qilingan va eradikatsiya terapiyasi o‘tkazilgan bemorlar guruhida kuzatilgan (SF-36 bo‘yicha 82,4±4,6 ball). Jismoniy faoliyat ko‘rsatgichi I guruhda 84,6±4,2 ball bo‘lib, II guruh (72,4±5,8) va III guruhdan (58,6±7,4) sezilarli yuqori bo‘ldi. Helicobacter pylori eradikatsiyasi samaradorligi 92,6% ni tashkil qildi. Yara residivi chastotasi miniinvaziv + eradikatsiya guruhida atigi 2,9% ni tashkil qilib, eradikatsiyasiz guruhdan (14,3%) 4,9 barobar va laparotomiya guruhidan (8,3%) 2,9 barobar kam bo‘ldi. To‘liq mehnat qobiliyatini tiklash I guruhda 94,1% ni, dispeptik shikoyatlarning yo‘qolishi 91,2% ni tashkil qildi. Miniinvaziv operatsiya va eradikatsiya terapiyasining kombinatsiyasi bemorlarning uzoq muddatli hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va yara kasalligi residivining oldini olishda eng samarali usul hisoblanadi.