Axmedov Jalol Tursunmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX-asr 90-yillarida Markaziy Osiyo xalqlari o‘tmishiga munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlillari” , 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B.2023.2.PhD/Tar1387 
Ilmiy rahbar: Toshboev Furqat Eshboevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori (DSc), professor Xasanov Akram Muminovich; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Botirov Sarvar Anvarovich. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax  davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyoda XX asrning 90-yillarda mintaqa xalqlari o‘tmishiga munosabat va yangicha qarashlarning shakllanishini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Markaziy Osiyoda tarixini yoritishda sinfiy yondashuvdan voz kechilgan holda ilmiy yangiliklar va yutuqlar qo‘lga kiritilgani, shu bilan birga, tarixiy voqeliklarga regional (mintaqa ko‘lamida) emas, izolatsiyalangan holda yoritish kabi biryoqlama yondashuvlar kelib chiqqani aniqlangan; 
mintaqa xalqlari tarixi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning sezilarli bir qismida umumiy tarix tushunchasidan ko‘ra ko‘proq mahalliychilikka urg‘u berilgani – ayrimlarida mifologiya bilan real voqeliklar aralashtirib yuborilgani, o‘zlari ega bo‘lib turgan etnonimlarni “muqaddaslashtirish”, mintaqadagi boshqa etnoslarga nisbatan bepisand yondashib, “yaqinda paydo bo‘lgan”iga urg‘u berish kabi hollar uchragani dalillangan;  
mintaqaning O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarida o‘troqlik, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi respublikalarida esa nomadizm masalasiga katta urg‘u berilishi, avtoxtonlik va etnik tarix masalasida farqli yondashuvlarning salbiy oqibatlari ko‘rsatib berilgan;  
keyingi yillarda mintaqa xalqlari tarixini yoritishda obektiv yondashuvlarning kuchayayotgani, Markaziy Osiyo respublikalarining ilg‘or fikrli tadqiqotchilari masalaga yagona makon, yagona tarix, umumiy tarix – umumiy kelajak tamoyillari asosida yondashilayotgani yagona mintaqaviy o‘zlik yaratishga intilgan tadqiqotlar ko‘payayotgani misolida isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 90-yillarida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlilari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalaridan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti loyihalarini bajarishda foydalanilmoqda: Xususan, XX asrning 90-yillarida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlilari borasida bir qator ilmiy izlanishlar olib borilganligi  va natijada mintaqa xalqlarining shakllanish jarayonlarining jadallashuvi yuz berganligi aniqlangan hamda ilmiy jihatdan asoslangan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan (2025 yil 19 martdagi 10/138-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asrning 90-yillarida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlilariga oid adabiyotlarni boyitishga hissa qo‘shadi.  
XX asrning 90-yillarida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlilari borasidagi mintaqa olimlari tomonidan tadqiqotlar olib borilganligi haqida turli nazariya va yondoshuvlar aniqlangan va ushbu ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025 yil 19 martdagi 10-139-sonli  ma’lumotnomasi).   Natijada mintaqa xalqlari tarixining jahon sivilizatsiyalari tarixida Markaziy Osiyo, etnomadaniyat, O‘zbekiston tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, tarixshunoslik va manbashunoslik sohalaridagi fanlararo yangicha yondashuvlar va ilmiy yo‘nalishlarni yaratish vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, qadimgi tarixga oid ilmiy-nazariy, qiyosiy tahlil va umumlashtirish uslublarini takomillashtirishga imkon berish orqali mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot, etnik tarix muammolarini o‘rganishga xissa qo‘shadi. 
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida tadqiqotchi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotning  qo‘yidagi jihatlari ilgari surildi: o‘rganilayotgan davrda Markaziy Osiyo xalqlari tarixida yuz bergan tarixiy-geografik joylashuv va tarixiy-madaniy jarayonlar, madaniyatlar yoyilishi va almashinuvi masalasiga doir ilmiy adabiyotlarning katta guruhi o‘rganilib, tarixiy-qiyosiy asosida turli nazariya va yondoshuvlar qiyosiy tadqiq etilgan; (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasi “Taqdimot” ko‘rsatuvining 2023 yil 5 oktyabrdagi 02-06-1501–sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda yaqin o‘nyilliklarda Markaziy Osiyo tarixchilari oldida dolzarblik kasb etgan masalalarni o‘rganish yuzasidan amaliy ahamiyatga ega ma’lumot va tushunchalar shakllanishiga hamda taraqqiyotning omillari ilmiy asoslarda xulosalar chiqarish imkonini bergan. 
Bundan tashqari, XX asrning 90-yillarda Markaziy Osiyoda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning xolati tarixiy-gegrafik joylashuvning maxalliy madaniyat rivojiga va etnik tarixga ta’siri hamda madaniy taraqqiyotning asoslari tadqiqot jarayonida ilmiy jihatdan dalillangan, ushbu ma’lumot asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasi “Taqdimot” ko‘rsatuvining 2023 yil 5 oktyabrdagi 02-06-1500–sonli ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa tarixi bo‘yicha shug‘ullanayotgan har bir izlanuvchi, ayniqsa, tarixchilar jamoasining yosh avlodi umumiy va mushtarak tarix yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlari, shu paytgacha yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlardan xulosa chiqarishlari zarur ekani tadqiqot davomida aniqlangan, ushbu ma’lumotlar ko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish