Abduraimova Manzura Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududida tog‘-kon ishi tarixi”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1015
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, dotsent Kandaxarov Anvarjon Xasanovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ochildiev Fayzulla Bobokulovich, tarix fanlari doktori, professor; Turaeva Sayyora Rustambaevna, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. XVIII asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Buxoro amirligi  tog‘-kon sanoati ishlari tarixini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligida XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida tog‘-kon ishlarining tashkil etilishi va amalga oshirilishida an’anaviy ishlab chiqarish usullari ustuvor bo‘lgani, konlarni o‘zlashtirish va aniqlash jarayonlari mahalliy aholining amaliy tajribasiga asoslangani, shu bilan birga konchilik ishlari faoliyati davlat nazorati ostida amalga oshirilgani va uning tashkiliy mexanizmlari aniqlangan;
Buxoro amirligida tog‘-kon resurslaridan foydalanish jarayonlari, konlarning geografik joylashuvi va ularning iqtisodiy ahamiyati tahlili asosida konchilik faoliyatining mahalliy aholi turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani, xususan konlar atrofida mehnat faoliyatining shakllanishi, hunarmandchilik va savdo aloqalarining rivojlanishiga turtki bergani hamda bu jarayon amirlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muayyan iqtisodiy faollik va aholi bandligini ta’minlovchi omillardan biri bo‘lgani isbotlangan:
XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib konchilik sohasidagi ma’lum bir huquqiy tartiblarning joriy etilishi natijasida tashqi kapital ishtirokining faollashgani, shu bilan birga mazkur sohaning qishloq xo‘jaligi sikliga bog‘liq holda mavsumiy xarakter kasb etib, konchilikdan olingan daromadlar mustaqil iqtisodiy tarmoq sifatida shakllanmasdan, davlat moliya tizimi tarkibiga kiritilib, asosan harbiy xarajatlar va saroy ehtiyojlariga yo‘naltirilgani asoslangan.
Kaspiyorti – O‘rta Osiyo temir yo‘llari hamda Kogon–Termiz temir yo‘li tarmoqlarining qurilishi Buxoro amirligi hududida kon mahsulotlarini tashish va yangi kon resurslarini o‘zlashtirishga, sanoat kapitalining kirib kelishiga hamda geologik tadqiqotlarning faollashishiga katta ta’sir ko‘rsatgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVIII asrning ikkinchi yarmi –XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududida tog‘-kon sanoatining rivojlanish tarixi doirasida olib borilgan izlanishlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro amirligida XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida tog‘-kon ishlarining tashkil etilishi va amalga oshirilishida an’anaviy ishlab chiqarish usullari ustuvor bo‘lgani, konlarni o‘zlashtirish va aniqlash jarayonlari mahalliy aholining amaliy tajribasiga asoslangani, shu bilan birga konchilik ishlari faoliyati davlat nazorati ostida amalga oshirilgani va uning tashkiliy mexanizmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan hamda dissertatsiyada ilgari surilgan muhim ilmiy-nazariy fikrlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2024-yil 13-avgustda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 23-avgustdagi 01-44-186-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarning Buxoro amirligida kon ishlariga oid esdaliklar va tarixiy manbalar, arxiv materiallar bilan tanishishiga, yoshlar ongida yangicha tarixiy tafakkurning shakllanishi va mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Buxoro amirligida tog‘-kon resurslaridan foydalanish jarayonlari, konlarning geografik joylashuvi va ularning iqtisodiy ahamiyati tahlili asosida konchilik faoliyatining mahalliy aholi turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani, xususan konlar atrofida mehnat faoliyatining shakllanishi, hunarmandchilik va savdo aloqalarining rivojlanishiga turtki bergani hamda bu jarayon amirlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muayyan iqtisodiy faollik va aholi bandligini ta’minlovchi omillardan biri bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan hamda dissertatsiyada ilgari surilgan muhim ilmiy-nazariy fikrlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2024-yil 13-avgustda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 23-avgustdagi 01-44-186-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarning mavzuga oid bilimlarining shakllanishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib konchilik sohasidagi ma’lum bir huquqiy tartiblarning joriy etilishi natijasida tashqi kapital ishtirokining faollashgani, shu bilan birga mazkur sohaning qishloq xo‘jaligi sikliga bog‘liq holda mavsumiy xarakter kasb etib, konchilikdan olingan daromadlar mustaqil iqtisodiy tarmoq sifatida shakllanmasdan, davlat moliya tizimi tarkibiga kiritilib, asosan harbiy xarajatlar va saroy ehtiyojlariga yo‘naltirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan va O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini yanada rivojlantirishning tarixiy va ilmiy-nazariy asoslari ochib berilganligi O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlarni takomillashtirishga doir muhim ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining 2025-yil 7-mart № 01-27/110-sonli ma’lumotnomasi). Kon ishlariga oid ma’lumotlarning iqtisodiy jihatlariga oid qismidan partiya dasturlarida qo‘llanilishi yangi iqtisodiy bilimlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Kaspiyorti – O‘rta Osiyo temir yo‘llari hamda Kogon–Termiz temir yo‘li tarmoqlarining qurilishi Buxoro amirligi hududida kon mahsulotlarini tashish va yangi kon resurslarini o‘zlashtirishga, sanoat kapitalining kirib kelishiga hamda geologik tadqiqotlarning faollashishiga katta ta’sir ko‘rsatganiga oid ilmiy ma’lumotlardan  Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati hodimlari va konchilik mutaxassislariga turli seminar-treninglar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda foydalanildi (Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 26-aprel №23/01-01-07/313-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish