Barotov Sirojiddin Baxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tar 2460
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01
Rasmiy opponentlar: Ochildiev Fayzulla Babakulovich, tarix fanlari doktori, professor; Ulashova Sevinch Ulash qizi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ashtarxoniylar sulolasi Buxoroda hokimiyatni mustahkamlashga intilib, o‘zlarini Temuriylar va Shayboniylarga moslab asoslashga urinsa-da, amalda markazning siyosiy legitimligini ta’minlamaganligi, shuningdek, xon kengashidagi ayrim amaldorlarning (otaliqning nufuzi oshib, suv manbalarini taqsimlanishini nazorat qiluvchi birinchi shaxsga aylanganishi, naqibning siyosiy va harbiy nufuzi oshishi, shuningdek, eshikog‘aboshi, chig‘atoybegi, miroxuri kalon va to‘qsabolarning oliy hukmdordan uzoqroqda tutilishi) ijtimoiy mavqeidagi farqlar ichki bo‘linishlarni keltirib chiqarib, markazlashtirish siyosatiga to‘sqinlik qilganligi asoslangan;
mazkur davrda soliq turlari, ularning yig‘ib olish shakllarining o‘zgarganligi, soliq imtiyozlarini olish tartibi va turli majburiyatlarning haddan tashqari ko‘pashiyi ortidan aholining davlat va uning amaldorlariga nisbatan noroziligining ortishi, qo‘shimcha daromad manbalaridan oqilona foydalanmaslik, xususan, zakot tushumini xonlar foydasiga olinishi, davlatda ma’danlar qazib olishdagi su’istemolliklar, xonlikda yashab-istiqomat qilgan payg‘ambar avlodlarining barcha to‘lovlardan ozod qilinishi kabi holatlar tabaqalanishni yanada kuchaytirib, jamiyat rivojlanishini ortga surganligi dalillangan;
unumdor hududlarda joylashgan er-mulklarning yirik amaldorlar va diniy elita qo‘lida to‘planishi, tabiiy sharoit tufayli yaroqsiz qolgan suv inshootlari asosan, mehnatkash aholi kuchi bilan majburiy mehnat evaziga qayta tiklanishi (Buxoro yaqinidagi Hasanobodda joylashgan kanalni ta’mirlash ishlari) va bu soha bilan bog‘liq muammolar hal etilmagan hududlarda qarovsiz erlarning ko‘payshi qishloq xo‘jaligi rivojida notekis holatni vujudga keltirgani ochiqlangan;
xonlik hududlarida mavjud bo‘lgan kasb-hunar turlari ashtarxoniylar davriga xos bo‘lgan siyosiy beqarorlik holatida ham davom ettirilganligi hamda ayrim hunarmandchilik tarmoqlariga oid bo‘lgan odob-axloq qoidalari va ishlab chiqarish jarayonlari, jumladan, hunarmandchilikdagi ustoz-shogird munosabatlari, hunarmandlarning ish jarayoni va kasbga bo‘lgan munosabati, asbob-uskunalar va mahsulotlarning merosiy tarzda qoldirilishi bilan bog‘liq an’nalarning saqlanib qolishi, uning arxaik ko‘rinishda qolib ketishiga olib kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Ashtarxoniylar sulolasi Buxoroda hokimiyatni mustahkamlashga intilib, o‘zlarini Temuriylar va Shayboniylarga moslab asoslashga urinsa-da, amalda markazning siyosiy legitimligini ta’minlamaganligi, shuningdek, xon kengashidagi ayrim amaldorlarning ijtimoiy mavqeidagi farqlar ichki bo‘linishlarni keltirib chiqarib, markazlashtirish siyosatiga to‘sqinlik qilganligi haqidagi natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yilga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamoat fondining 2025-yil 27-iyundagi 37-01/27.06.2025 y. ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi xayriya jamoat fondining milliy o‘zlikni anglashga qaratilgan ishlarni ilmiy asosda tashkil qilish imkonini bergan;
Ashtarxoniylar davrida soliq tizimi va aholi majburiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telakanali “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-33/843-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Ashtarxoniylar davrida yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyat, yer egaligi munosabatlari, soliq tizimidagi adolatsizliklar va uning Buxoro xonligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri haqidagi tasavvurlarning kengayishiga xizmat qilgan;
Xonlikda er-mulklarning yirik er egalari va diniy elita qo‘lida to‘planishi, tabiiy sharoit tufayli yaroqsiz qolgan suv inshootlari asosan, mehnatkash aholi kuchi bilan majburiy mehnat evaziga qayta tiklangani va bu soha bilan bog‘liq muammolar hal etilmagan hududlarda qarovsiz erlarning ko‘payganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telakanali “Tarix maydoni” ko‘rsativining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-33/843-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘zbek davlatchiligi tarixining Buxoro xonligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari hamda sug‘orish tizimi tarixini o‘rganishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
Xonlik hududlarida mavjud bo‘lgan kasb-hunar turlari ashtarxoniylar davriga xos bo‘lgan siyosiy beqarorlik holatida ham davom ettirilganligi hamda ayrim hunarmandchilik tarmoqlariga oid bo‘lgan odob-axloq qoidalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq ma’lumotlar haqidagi natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yilga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamoat fondining 2025-yil 27-iyundagi 37-01/27.06.2025 y. ma’lumotnomasi). Natijalar Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligida mavjud bo‘lgan hunarmandchilik turlari va ularning rivojiga to‘siq bo‘lgan omillar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga imkon bergan.