Suyunov Shohzodbek Murod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tomchilatib sug‘orish asosida piyoz etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari (Sirdaryo viloyati fermer xo‘jaliklari misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5332.
Ilmiy rahbar: Toshboev Bekzod Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Samadqulov Muhammadjon Islom o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida piyoz etishtirishda tomchilatib sug‘orishni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomchilatib sug‘orish asosida piyoz etishtirish jarayonining resurslar samaradorligini baholashda elektr energiyasi, suv resurslari solig‘i va texnologik investisiya xarajatlarining umumiy rentabellikka ta’siri aniqlash hamda suv va energiya xarajatlarini optimallashtirish orqali sof foyda normasini (10% ≤ SFN ≤ 15%) oshirishning miqdoriy chegaralari asoslangan;
suv tejovchi texnologiyalar asosida piyoz etishtirishda, hosildorlikning gektariga 140-160 sentnerga oshishi va ishlab chiqarish tannarxining 8-12 % kamayishini hisobga olgan holda, davlat subsidiya mexanizmini iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lashning yangi uslubiy yondashuvi taklif qilingan;
kooperatsiya munosabatlari asosida suv tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda piyoz etishtirish jarayonini tashkil etishning iqtisodiy mexanizmi texnologik investisiya xarajatlari (10–15%) hamda servis xizmatlari sarflarini (12–14%) kamaytirishning zaxira resurslarini ishga tushirish orqali takomillashtirilgan;
aholi soni, narx va er maydoni omillaridan foydalanib tuzilgan regressiya modeli asosida Sirdaryo viloyatida piyoz ishlab chiqarish hajmining 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fermer xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tomchilatib sug‘orish asosida piyoz etishtirish jarayonining resurslar samaradorligini baholashda elektr energiyasi, suv resurslari solig‘i va texnologik investisiya xarajatlarining umumiy rentabellikka ta’siri aniqlash hamda suv va energiya xarajatlarini optimallashtirish orqali sof foyda normasini (10% ≤ SFN ≤ 15%) oshirishning miqdoriy chegaralari asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika Agroxizmatlar markazi 2025 yil 22 oktyabrdagi 01.12.24/145-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik Sirdaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida amaliy sinovdan o‘tkazilib, suv iste’molini o‘rtacha 18–22% ga, elektr energiyasi sarfini 12–15% ga kamaytirish imkoniyati yaratildi. Natijada umumiy rentabellik darajasi 9,4% dan 13,8% gacha oshirilgan;
suv tejovchi texnologiyalar asosida piyoz etishtirishda, hosildorlikning gektariga 140-160 sentnerga oshishi va ishlab chiqarish tannarxining 8-12 % kamayishini hisobga olgan holda, davlat subsidiya mexanizmini iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lashning yangi uslubiy yondashuvi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika Agroxizmatlar markazi 2025 yil 22 oktyabrdagi 01.12.24/145-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Respublika Agroxizmatlar markazi tavsiyasiga asosan pilot hududlarda sinov tariqasida qo‘llanilib, subsidiya ajratishda samaradorlik mezonlarini inobatga olish mexanizmi takomillashtirilgan, natijada davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligi 1,2–1,3 barobar oshishi iqtisodiy jihatdan asoslab berilgan;
kooperatsiya munosabatlari asosida suv tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda piyoz etishtirish jarayonini tashkil etishning iqtisodiy mexanizmi texnologik investisiya xarajatlari (10–15%) hamda servis xizmatlari sarflarini (12–14%) kamaytirishning zaxira resurslarini ishga tushirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika Agroxizmatlar markazi 2025 yil 22 oktyabrdagi 01.12.24/145-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizm Sirdaryo viloyatidagi tajriba xo‘jaliklarida joriy etilib, bir gektar hisobiga investisiya xarajatlari o‘rtacha 11,6% ga, servis xarajatlari esa 13,2% ga kamayganligi amaliy natijalar bilan tasdiqlangan;
aholi soni, narx va er maydoni omillaridan foydalanib tuzilgan regressiya modeli asosida Sirdaryo viloyatida piyoz ishlab chiqarish hajmining 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika Agroxizmatlar markazi 2025 yil 22 oktyabrdagi 01.12.24/145-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz hisob-kitoblari hududiy agrar siyosatni rejalashtirishda hamda ishlab chiqarish hajmini bozor talabiga moslashtirishda metodik asos sifatida tavsiya etilgan. Regressiya modelining amaliy ahamiyati shundaki, u suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi sharoitida ishlab chiqarish hajmining o‘sishini prognozlash imkonini bergan.