Mamatqulov Nurbek O‘razali o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Intensiv baliqchilikni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish yo‘llari», 
08.00.04 – «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2123.
Ilmiy rahbar: Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Kayrulla.Ubaydullaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Askarov Baxtiyor Mamitovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: intensiv baliqchilikni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «intensiv baliqchilik» tushunchasining iqtisodiy mazmuni baliq etishtirish jarayonida ihotadagi baliq zichligining yuqoriligi, samarali boshqaruv, ozuqa va biotexnologik chora-tadbirlarning optimal darajada integratsiyalashganligi, yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyati kengligi, genetik va innovatsion yo‘l bilan sog‘lom va barqaror baliq o‘sish dinamikasini ta’minlash orqali bozor kon’yunkturasiga mos ishlab chiqarishni shakllantiruvchi intensiv akvafarming amaliyoti nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
amaldagi hajmga ko‘ra subsidiyalash o‘rniga texnologik imkoniyatlariga ko‘ra tabaqali subsidiyalash, kuz – qish mavsumida intensiv tizimda baliq etishtirishda elektr va gaz sarfi uchun to‘lovlarda ta’tillar hamda imtiyozli limitlar berish, xarajatlarining bir qismini kompensatsiyalash dastaklari yordamida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan;
aqlli intensiv baliqchilik klasterlarini, shuningdek ularga ilmiy texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida «uchlik spiral`» modeli asosida faoliyat yurituvchi «Aqlli baliqchilik markazi»ni tashkil etish hamda markazni soliq, tabaqali subsidiyalash yordamida rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘i rivojiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida baliq etishtirishda intensiv texnologiyalarni qo‘llash hamda baliq hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra «intensiv baliqchilik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini baliq etishtirish jarayonida ihotadagi baliq zichligining yuqoriligi, samarali boshqaruv, ozuqa va biotexnologik chora-tadbirlarning optimal darajada integratsiyalashganligi, yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyati kengligi, genetik va innovatsion yo‘l bilan sog‘lom va barqaror baliq o‘sish dinamikasini ta’minlash orqali bozor kon’yunkturasiga mos ishlab chiqarishni shakllantiruvchi intensiv akvafarming amaliyoti nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklifdan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Hovuz baliqchiligi» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025 yil 4 iyundagi 1-9-6/139-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda intensiv baliqchilikning iqtisodiy mazmunini chuqur anglash asosida zamonaviy akvafarming amaliyotida resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish, innovatsion texnologiyalar hamda biotexnologik yondashuvlarni qo‘llashning ahamiyatini kompleks idrok etish natijasida ularning nazariy bilimlarini kengaytirish imkoni yaratilgan; 
amaldagi hajmga ko‘ra subsidiyalash o‘rniga texnologik imkoniyatlariga ko‘ra tabaqali subsidiyalash, kuz – qish mavsumida intensiv tizimda baliq etishtirishda elektr va gaz sarfi uchun to‘lovlarda ta’tillar hamda imtiyozli limitlar berish, xarajatlarining bir qismini kompensatsiyalash dastaklari yordamida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 
12 noyabrdagi №05/04-04-604-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi baliq etishtirish, ovlash va qayta ishlash jarayonida ushbu mezonlar asosida intensiv texnologiyalarni qo‘llab baliq va baliq mahsulotlarini etishtirayotgan xo‘jaliklarning texnologik uskunalardan foydalanish samaradorligi aniqlash imkoniyati hamda baliq va baliq mahsulotlarini ashish va saqlash, baliqni qayta ishlash korxonalarining sanitariya-gigienik holati, tabiiy va sun’iy suv havzalarining gidrobiologik va gidrokimyoviy tarkibini, omixta em sifatini tahlil qilish mezonlar asosida belgilash imkonini bergan;
aqlli intensiv baliqchilik klasterlarini, shuningdek ularga ilmiy texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida «uchlik spiral`» modeli asosida faoliyat yurituvchi «Aqlli baliqchilik markazi»ni tashkil etish hamda markazni soliq, tabaqali subsidiyalash yordamida rag‘batlantirish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi №05/04-04-604-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi sun’iy suv havzalarida intensiv usulda baliq va baliq mahsulotlarini etishtirish, ovlash va qayta ishlashni moliyalashtirish va texnik-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘i rivojiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida baliq etishtirishda intensiv texnologiyalarni qo‘llash hamda baliq hajmini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi №05/04-04-604-son ma’lumotnomasi). Tahlillar natijasida ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2010 yildagi o‘rtacha 1545 tonnadan 2030 yilga kelib 11169,9 tonnaga yoki 7,2 martaga ko‘proq bo‘lishi, baliqchilik xo‘jaliklari soni ham mos ravishda 2030 yilga kelib 601 tani tashkil etishi mumkinligi prognoz natijalari bilan ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish