Davletov Jasur Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
«Agrar soxada paxta-to‘qimachilik klasterlari samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3422.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Salaev Sa’natbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Radjapov Kamolatdin Erkaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida hududiy paxta-to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «paxta-to‘qimachilik klasterlarida iqtisodiy samaradorlik» tushunchasining iqtisodiy mazmuni xomashyo etishtirishdan tortib to‘qimachilik mahsulotlarini tayyor mahsulot sifatida etkazib berishgacha bo‘lgan qiymat zanjiri bosqichlarida birlik resurs sarfiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlarning maksimallashuvi hamda klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi daromad va risklarning adolatli taqsimlanishii orqali namoyon bo‘ladigan integral iqtisodiy natija nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy samaradorlik indeksini baholash uslubi me’yorlashtirilgan qiymat va vazn koeffisientlarini hisobga olgan holda «quyi samaradorlik» (0,00-0,19), «past samaradorlik» (0,20-0,39), «o‘rtacha samaradorlik» (0,40-0,59), «iqtisodiy barqaror samaradorlik» (0,60-0,79), «strategik samaradorlik» (0,80-1,00) mezonlari bo‘yicha baholash shkalalarini kiritish taklifi asoslangan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari atrofida texnologik parklar, innovatsion va texnologiya transferi markazlari tashkil etish asosida yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish orqali klaster korxonalarining samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida asosiy ko‘rsatkichlarning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida hududiy paxta-to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «paxta-to‘qimachilik klasterlarida iqtisodiy samaradorlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini xomashyo etishtirishdan tortib to‘qimachilik mahsulotlarini tayyor mahsulot sifatida etkazib berishgacha bo‘lgan qiymat zanjiri bosqichlarida birlik resurs sarfiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlarning maksimallashuvi hamda klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi daromad va risklarning adolatli taqsimlanishi orqali namoyon bo‘ladigan integral iqtisodiy natija nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Barqaror iqtisodiy rivojlanish» (rus tilida)  nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025 yil 23-sentyabrdagi 369-son buyrug‘i).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda «paxta-to‘qimachilik klasterlarida iqtisodiy samaradorlik» tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy samaradorlik indeksini baholash uslubi me’yorlashtirilgan qiymat va vazn koeffisientlarini hisobga olgan holda «quyi samaradorlik» (0,00-0,19), «past samaradorlik» (0,20-0,39), «o‘rtacha samaradorlik» (0,40-0,59), «iqtisodiy barqaror samaradorlik» (0,60-0,79), «strategik samaradorlik» (0,80-1,00) mezonlari bo‘yicha baholash shkalalarini kiritish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-noyabr` 04/016-4294-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlarini samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlash imkonini bergan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari atrofida texnologik parklar, innovatsion va texnologiya transferi markazlari tashkil etish asosida yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish orqali klaster korxonalarining samaradorligini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-noyabr` 04/016-4294-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida klaster daromadlarining 1 foizga oshishi YaHMning o‘rtacha 0,90 foizga, tarmoqda band bo‘lganlar sonining 1 foizga oshishi YaHMning 0,59 foizga oshishiga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida asosiy ko‘rsatkichlarning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-noyabr` 04/016-4294-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish