Utepbergenov Allambergen Omirbaevichning
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transport sohasida xizmatlar samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari (O‘zbekiston temir yo‘llari AJ misolida)», 08.00.05 – «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3719.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida transport sohasida xizmatlar samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport sohasida xizmatlar samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni transport xizmatlarining aniqlik, ishonchlilik, xavfsizlik parametrlari bo‘yicha iste’molchining qiymatini maksimallashtirish darajasini logistika zanjiri kesimida tashish quvvati foydalanilishi, xususiy ko‘rsatkichlarni birlashtirgan integral “samaradorlik indeksi” orqali miqdoriy baholash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti sohasida xizmatlar samaradorligini oshirishda xizmat ko‘rsatish sifati darajasini baholash xavfsizlik (Xty = 0,34), qulaylik (Qty = 0,28), xodimlar kompetensiyasi (XKty = 0,38) ko‘rsatkichlari mezonlari bo‘yicha maqbul miqdoriy nisbatlarni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
temir yo‘lda xizmatlar samaradorligini oshirishda asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli me’yorlar (aniqlik – +10 p.p.; OPEX/tkm −5%; energiya sarfi −7%; onlayn xizmatlar ulushi ≥70%)ni belgilash hamda monitoring natijasiga ko‘ra chora-tadbirlarni “rejalashtirish → amalga oshirish → natijani o‘lchash → xulosa chiqarish → tuzatish kiritish → yana qayta rejalashtirish”dan iborat “yopiq sikl”da avtomatik tuzatuvchi boshqaruv konturi taklif etilgan;
O‘zbekistonda temir yo‘l transportining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari (jo‘natilgan yuklar hajmi va yo‘lovchilar soni, yuk va yo‘lovchi aylanmasi) ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Transport sohasida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport sohasida xizmatlar samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini transport xizmatlarining aniqlik, ishonchlilik, xavfsizlik parametrlari bo‘yicha iste’molchining qiymatini maksimallashtirish darajasini logistika zanjiri kesimida tashish quvvati foydalanilishi, xususiy ko‘rsatkichlarni birlashtirgan integral “samaradorlik indeksi” orqali miqdoriy baholash nuqtai-nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talablari uchun tavsiya etilgan «Turizmde transport xizmetleri» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 7 oktabrdagi 387-son buyrug‘i).Mazkur tushunchaning takomillashtirilgan variantini o‘quv qo‘llanmaga kiritish natijasida talabalarda transport sohasida xizmatlar samaradorligining iqtisodiy mazmunini bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti sohasida xizmatlar samaradorligini oshirishda xizmat ko‘rsatish sifati darajasini baholash xavfsizlik (Xty = 0,34), qulaylik (Qty = 0,28), xodimlar kompetensiyasi (XKty = 0,38) ko‘rsatkichlari mezonlari bo‘yicha maqbul miqdoriy nisbatlarni aniqlash orqali takomillashtirish taklifi «2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasida transport tizimini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari» dasturlari va «Yo‘l xarita»larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 3 noyabr`dagi №2831-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish temir yo‘l transporti xizmatlari sifatini baholashning ob’ektivlik darajasini oshirish va tizimda mijozlarga xizmat ko‘rsatishda mavjud kamchiliklarni aniqlash imkonini bergan;
temir yo‘lda xizmatlar samaradorligini oshirishda asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli me’yorlar (aniqlik – +10 p.p.; OPEX/tkm −5%; energiya sarfi −7%; onlayn xizmatlar ulushi ≥70%)ni belgilash hamda monitoring natijasiga ko‘ra chora-tadbirlarni “rejalashtirish → amalga oshirish → natijani o‘lchash → xulosa chiqarish → tuzatish kiritish → yana qayta rejalashtirish”dan iborat “yopiq sikl”da avtomatik tuzatuvchi boshqaruv konturi bo‘yicha taklif «2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasida transport tizimini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari» dasturlari va «Yo‘l xarita»larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 3 noyabr`dagi №2831-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish temir yo‘l transporti xizmatlari samaradorligini iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik natijalar bo‘yicha oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
O‘zbekistonda temir yo‘l transportining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari (jo‘natilgan yuklar hajmi va yo‘lovchilar soni, yuk va yo‘lovchi aylanmasi) ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan «2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasida transport tizimini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari» dasturlari va «Yo‘l xarita»larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 3 noyabr`dagi №2831-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030 yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transportida jo‘natilgan yuklar hajmining 2030 yilga qadar 1,14 barobarga, jo‘natilgan yo‘lovchilar soni esa 1,19 barobarga oshishi ta’minlanadi.