Yunusov Baxodir Marisovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/Iqt5172.
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc. 03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bobojonov Azizjon Babaxanovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro savdoda quritilgan meva mahsulotlari tovar guruhi bo‘yicha mamlakatlarning nisbiy ustunligini indeksi qiymatlariga mosligi jihatidan xarajatlar bo‘yicha ustunlik va fokuslash (1,0 ≤ RCA ≤ 2,0), differensiatsiya (RCA> 2,0), faol va tashqi bozorlarga chiqish (RCA <1,0) strategiyalaridan foydalanishning miqdoriy chegaralari asoslangan;
quritilgan meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning marketing, logistika va raqamli boshqaruv elementlarini integratsiyalashgan tizimda birlashtiradigan model distribyutorlik tarmog‘ini geografik jihatdan kengaytirish orqali yangi eksport bozorlari o‘zlashtirish, xorijiy savdo hamkorlari bilan barqaror aloqalar shakllantirish, zamonaviy logistika markazlari va multimodal transport tizimlaridan foydalanishni real vaqtda kuzatish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradigan kompleks tizim asosida takomillashtirilgan;
meva mahsulotlari eksporti bo‘yicha diversifikatsiyalangan mintaqalar uchun taklif etilgan marketing strategiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahrining 2026-2039 yillar davridagi quruq meva eksporti hajmi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishning xo‘jalik sub’ektlari miqyosidagi xususiyatlarini namoyon etuvchi ekonometrik modellar asosida “Urgut kamol jamol” XK va “Sunny fruit production” MChJda quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirishning 2039 yilgacha prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro savdoda quritilgan meva mahsulotlari tovar guruhi bo‘yicha mamlakatlarning nisbiy ustunligini indeksi qiymatlariga mosligi jihatidan xarajatlar bo‘yicha ustunlik va fokuslash (1,0 ≤ RCA ≤ 2,0), differensiatsiya (RCA > 2,0), faol va tashqi bozorlarga chiqish (RCA < 1,0) strategiyalaridan foydalanishning miqdoriy chegaralari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 25 fevraldagi 06/23-3-05/1270-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida quritilgan meva mahsulotlari bo‘yicha «Urgut Kamol Jamol» xususiy korxonasi va «Sunny fruit produstion» MChJlarida brend liniyalari orqali premium segmentda pozisiyalanish amalga oshirilib, 2025 yilda o‘rtacha eksport narxi 18% ga oshgan, bu yuqori sifatli segmentda ishonchni mustahkamlagan;
quritilgan meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning marketing, logistika va raqamli boshqaruv elementlarini integratsiyalashgan tizimda birlashtiradigan model distribyutorlik tarmog‘ini geografik jihatdan kengaytirish orqali yangi eksport bozorlari o‘zlashtirish, xorijiy savdo hamkorlari bilan barqaror aloqalar shakllantirish, zamonaviy logistika markazlari va multimodal transport tizimlaridan foydalanishni real vaqtda kuzatish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradigan kompleks tizim asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 25 fevraldagi 06/23-3-05/1270-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «Urgut Kamol Jamol» xususiy korxonasi va «Sunny fruit produstion» MChJ larida eksport jarayonini real vaqt rejimida kuzatish va tahlil qilish imkonini yaratgan va uzoq xorijiy mamlakatlarga mahsulot etkazib berish muddatini 18% ga, logistika xarajatlarini 12–15% gacha kamaytirish imkonini bergan;
meva mahsulotlari eksporti bo‘yicha diversifikatsiyalangan mintaqalar uchun taklif etilgan marketing strategiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahrining 2026-2039 yillar davridagi quruq meva eksporti hajmi prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 25 fevraldagi 06/23-3-05/1270-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Urgut Kamol Jamol» xususiy korxonasi va «Sunny fruit produstion» MChJ larida amaliyotga joriy etish natijasida xorijiy xaridorlar bilan barqaror aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mijozga yo‘naltirilgan xizmatlar orqali 2026 yilda quritilgan meva mahsulotlari eksport hajmini 22,8% ga oshirish, mijoz moyilligini 24% dan 62% gacha ko‘tarish, logistika xarajatlarini 10% ga kamaytirish va eko-qadoqlash ulushini 68% gacha etkazish imkonini bergan;
quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishning xo‘jalik sub’ektlari miqyosidagi xususiyatlarini namoyon etuvchi ekonometrik modellar asosida «Urgut kamol Jamol» XK va «Sunny fruit production» MChJda quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirishning 2039 yilgacha aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 25 fevraldagi 06/23-3-05/1270-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bozor talabi, xaridorlar ehtiyoji va raqobat muhitini tizimli tahlil qilish asosida eksport hajmlarining o‘sish istiqbollari belgilangan hamda korxonaning quruq meva eksporti hajmi 2026–2039 yillar oralig‘ida o‘rtacha 3,45 mln. AQSh dollariga etishi va 4,38 baravarga o‘sishi aniqlangan.