Okbaeva Nilufar Urakovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Oliy ta’limda “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik tizimini axborot - mantiqiy modellashtirish asosida takomillashtirish", 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10913.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nasriddin Mirzaodilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.16.03 (Bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Samieva Shaxnoz Xikmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Sariev Rustam Bobomuradovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot sifatida Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik tizimini axborot-mantiqiy modellashtirish asosida takomillashtirish hamda amaliyotga tatbiq etishning metodik tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanining o‘ziga xos xususiyatlari interdisiplinarlik, yo‘nalganlik, dinamiklik va integrativlik pedagogik jarayonda talabalar faolligining namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlari axborotni individuallashtirish, modellashtirish, kollaborativ faoliyatni tashkil etish hamda o‘z-o‘zini baholash hamda dars jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning didaktik ta’minoti kompetentlikka yo‘naltirilganlik, metodologik yondashuvlar, diagnostiklik va yaxlitlik prinsiplari aniqlangan va ilmiy jihatdan asoslangan;
zamonaviy ta’lim muhitida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish modeli tizimlilik, obektivlik, refleksivlik, multivariantlik va prognostik yo‘nalganlik tamoyillari ustuvorlik berish hamda innovatsion o‘quv-metodik tizimi mazmunini shakllantirishda raqamli dasturlardan foydalanish darajasini oshirish metodikasi asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik tizimi axborot-mantiqiy modellashtirish, raqamlashtirish, ma’lumotlar bazalarini tizimlashtirish hamda o‘quv-didaktik ta’minoti “Pedagog info” dasturi asosida takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari” fani doirasida talabalarning axborot kompetentligini shakllantirish bosqichlari o‘z-o‘zini bilish, o‘z faoliyatini loyihalash va o‘z-o‘zini anglash, ta’lim natijalarini baholashga yo‘naltirilgan interaktiv topshiriqlar kontenti hamda virtual stendlar asosida produktiv, qisman-izlanishli va kreativ baholash bo‘yicha axborot metodik ta’minoti mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar oliy ta’limda “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodik tizimini axborot-mantiqiy modellashtirish yondashuvi asosida:
Oliy ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanining o‘ziga xos xususiyatlari interdissiplinarlik, yo‘nalganlik, dinamiklik va integrativlik pedagogik jarayonda talabalar faolligining namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlari axborotni individuallashtirish, modellashtirish, kollaborativ faoliyatni tashkil etish hamda o‘z-o‘zini baholash hamda dars jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning didaktik ta’minoti kompetentlikka yo‘naltirilganlik, metodologik yondashuvlar, diagnostiklik va yaxlitlik prinsiplaridan foydalanishga oid taklif va tavsiyalar “Raqamli va axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 29-dekabrdagi 2931-sonli buyrug‘i, 2931-2-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning nazariy bilimlarni tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
zamonaviy ta’lim sharoitida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish modeli tizimlilik, obektivlik, refleksivlik, multivariantlik hamda prognozga yo‘naltirilganlik tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqildi. Innovatsion o‘quv-metodik tizim mazmunini shakllantirish jarayonida raqamli dasturlardan foydalanish darajasini oshirish metodikasi asosida modellashtirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilib, u “Axborot texnologiyalari” nomli darslik tarkibiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi hamda Qarshi davlat universiteti rektorining 2025-yil 11-oktyabrdagi 2331-son buyrug‘iga muvofiq, ro‘yxatga olish raqami 2331–20). Natijada, mazkur fan bo‘yicha talabalarning bilimini oshirishga xizmat qiladigan o‘quv-uslubiy ta’minot yanada takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik tizimi axborot-mantiqiy modellashtirish, raqamlashtirish, ma’lumotlar bazalarini tizimlashtirish hamda o‘quv-didaktik ta’minoti “Pedagog info” dasturini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Ikki tezlikli govak muxit dinamikasini amaliy geofizik masalalarining nazariy va sonli tadqiqotlari” mavzusidagi OT-Atex-2018-340 – raqamli tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 25.10.2025 yildagi 210-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar o‘rtasida interfaol aloqani ta’minlash, ularning bilimlarini nazorat qilish, o‘quv jarayonini metodik ta’minlashga xizmat qilgan;
“Axborot texnologiyalari” fani doirasida talabalarning axborot kompetentligini shakllantirish bosqichlari o‘z-o‘zini bilish, o‘z faoliyatini loyihalash va o‘z-o‘zini anglash, ta’lim natijalarini baholashga yo‘naltirilgan interaktiv topshiriqlar kontenti hamda virtual stendlar asosida produktiv, qisman-izlanishli va kreativ baholash mezonlarida youware.app saytidagi tahlil yo‘li.uz sayti topshiriqlaridan FL-8824063218 raqamli “Novie metodi issledovaniya sepey Markova s prostranstvenno-neodnorodnimi perexodami, vklyuchaya vetvyashiesya protsessi i protsessi, opisivayushie sistemi massovogo obslujivaniya s povtornimi vizovami” nomli qo‘shma ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025 yil, iyuldagi 1681 sonli buyrug‘i). Natijada, talabalar o‘rtasida interfaol aloqani ta’minlash, ularning bilimlarini nazorat qilish, o‘quv jarayonini metodik ta’minlashga xizmat qilgan;
axborot-semantik modellashtirish komponentlarini interfaol ta’lim texnologiyalariga singdirish asosida axborot-mantiqiy modellashtirish mazmunini takomillashtirish usullaridan Jizzax politexnika institutida OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assert xulqni shakllantirish ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (2017–2021 yillar)” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan ( Jizzax politexnika instituti 17.09.2025 yildagi 03-647-639 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, interfaol ta’lim texnologiyalariga tarmoq texnologiyalarini kiritib (Flipped classroom + case-study, Virtual blis-so‘rov-test, BBB + tarmoq) asosida axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi va Blum taksonomiyasi asosida monitoring metodlarini (SWOT-tahlil, Assessment) rivojlantirishga doir berilgan taklif va xulosalari mazkur loyiha mazmuniga singdirilgan.