Azizova Nigora Bobir qizining falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“XX asr boshlarida turk she’riyatining yangilanish tamoyillari (Ziyo Go‘kalp, Yahyo Kamol, Ahmad Hoshim ijodi misolida)”  mavzusidagi 10.00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3417
Ilmiy rahbar: Kenjaeva Poshshajon Umidovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Ra’no Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi XX asr boshlarida turk she’riyatining yangilanish tamoyillari, uning vujudga kelish jarayoni va shakllanish omillarini hamda “milliy she’r” va  “sof she’r”ga xos xususiyatlarni Ziyo Go‘kalp, Yahyo Kamol va Ahmad Hoshim ijodi misolida ilmiy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr boshlarida “milliy she’r”ning vujudga kelish omillari, bosqichlari va yangilanish tamoyillari zamonaviy turk adabiyotida yangilanib borayotgan har bir davrga xos adabiy jarayonlar misolida asoslangan;
Ziyo Go‘kalpning “Turkchilik” g‘oyalariga yo‘g‘rilgan ma’rifatparvarlik ruhdagi hamda milliy uyg‘onish va hurriyat mavzusidagi “milliy she’r”lari, zamonaviy turk she’riyatida barmoq vaznining keng yoyilishiga qo‘shgan hissasi she’riy tahlillar asosida dalillangan;
Milliy adabiyot davri turk she’riyatida an’ana va novatorlik masalalari, G‘arb hamda mumtoz she’r an’analarining “milliy she’r”da namoyon bo‘lishi, she’riy janrlardagi shakl va mazmun mutanosibligi, “derûnî ahenk” tushunchasining she’riyatga targ‘ib qilinishi Yahyo Kamol ijodi misolida yoritilgan; 
Jumhuriyat adabiyotining ilk yillarida “sof she’r”ga xos xususiyatlar, undagi yangilanish tamoyillar hamda she’riy vazndagi sifat o‘zgarishlar N.F.Kisakurek, A.H.Tanpinar, A.K.Tejer, A.H.Chelebiy singari davrning faol shoirlari va “Yangi hijojilar” (“Yeni hececiler”), “Etti mash’alachilar” (“Yedi Meşaleciler”) kabi adabiy harakatlarning ijodi orqali aniqlangan;
Ahmad Hoshimning “sof she’r” yaratish yo‘lidagi ijodiy tajribalari, xususan, fransuz simvolistlari, Sh.G‘olib va turk xalq og‘zaki ijodi ta’sirida yaratilgan hissiy va ruhiy kechinmaga to‘la she’riy asarlarini tahlil etish asnosida “sof she’r”ga xos xususiyatlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar zamonaviy turk she’riyatining Tanzimotdan Jumhuriyat davrigacha bo‘lgan rivojlanishiga oid xulosalardan “Turk adabiyoti” (3-qism) darsligining 3-bobini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni Rivojlantiruvchi markazining 2025 yil 23 sentyabrdagi 02/01-01-370-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tadbiq etilishi asnosida zamonaviy turk she’riyatining shakllanish jarayonlari aniqlangan;
Yangi turk she’riyatining vujudga kelish omillari, she’riyatning yangilanish tamoyillari Ziyo Go‘kalp, Yahyo Kamol va Ahmad Hoshim ijodi misolida  tadqiq qilishga bag‘ishlangan talqin va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali DM “Mahalla” radiosi dasturlaridagi “Adabiyot gulshani” nomli eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  “Mahalla” teleradiokanali DMning 2022-yil 21- Tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar zamonaviy turk she’riyatining Tanzimotdan Jumhuriyat davrigacha bo‘lgan rivojlanishiga oid xulosalardan “Turk adabiyoti” (3-qism) darsligining 3-bobini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni Rivojlantiruvchi markazining 2025 yil 23 sentyabrdagi 02/01-01-370-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga zamonaviy turk she’riyati, xususan, Tanzimot, Sarvat-i Funun, Fejri Oti va Milliy adabiyot davri she’riyati haqida     keng ko‘lamdagi ma’lumotlarni etkazib, bakalavr bosqichidagi talabalarning bilim darajalarini oshirishga nazariy va amaliy yordam bergan;
Yangi turk she’riyatining vujudga kelish omillari, she’riyatning yangilanish tamoyillari Ziyo Go‘kalp, Yahyo Kamol va Ahmad Hoshim ijodi misolida  tadqiq qilishga bag‘ishlangan talqin va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali DM “Mahalla” radiosi dasturlaridagi “Adabiyot gulshani” nomli eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  “Mahalla” teleradiokanali DMning 
2022 yil 21 yanvardagi 04-122-son ma’lumotnomasi). Natijada, XX asr boshlari turk she’riyati va davrning faol shoirlari ijodini yoritishda Ziyo Go‘kalp, Yahyo Kamol va Ahmad Hoshim ijodi bilan o‘zbek radiotinglovchilarini tanishtirish ta’minlangan;
Tadqiqot natijalari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 
2023 yil 11 iyundagi 26-IB qarori bilan tashkillashtirilgan “Adabiyotshunoslik terminlar lug‘ati (turk adabiyoti)” amaliy loyihasida Dissertatsiyaning nazariy masalalari va she’riyat  bilan bog‘liq ilmiy asoslari lug‘at terminlari sifatida qo‘llanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025 yilning 
11 noyabrdagi 01-04-02/2954-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga tayangan holda yangi turk she’riyatining shakllanishi va taraqqiy etishiga bevosita hissa qo‘shgan adabiy harakatlar, she’r tizimlari va lirik janrlar lug‘atdan joy olgan;
XX asr boshlaridagi turk she’riyatining shakllanish bosqichlari va yangilanish tamoyillari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Badiiy tarjima ijodiy kengashi” hisobot yig‘ilishlarida hamda uyushma tomonidan tashkil qilingan an’anaviy respublika tarjimonlar forumida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining  2025 yil 31 oktyabrdagi 01/03/355-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi turk she’riyati namunalarining o‘zbek tiliga tarjima qilish amaliyotida  Ziyo Go‘kalp, Yahyo Kamol va Ahmad Hoshim singari shoirlarning she’rlari yangicha yondoshuvlarning shakllanishiga xizmat qilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish