Murtazaev Elyor Nizomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Roman janrida tasodif muhiti va psixologik vaziyatlarning tipologik tasviri (Erix Mariya Remark va Shuhrat romanlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B.2024.2. PhD/Fil 4875
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Nuriddinov Shahobiddin Babayarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Ma’dieva Adiba Dovudovna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” va o‘zbek adibi Shuhratning “Oltin zanglamas” romanlaridagi tasodifiy vaziyatlar va psixologik holatlarni qiyosiy asosda chuqur tahlil qilish, ikki adib ijodida namoyon bo‘ladigan umumiylik va individuallikka xos tipologik jihatlarni aniqlagan holda ularning estetik-falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va nemis adabiyotida urush mavzusiga oid romanlarning tematik-kompozision qurilishi tasnif qilinib, syujet dinamikasi va obrazlar tizimining o‘ziga xos badiiy-estetik belgilari nazariy jihatdan umumlashtirilgan hamda ularning adabiy jarayon taraqqiyotidagi o‘rni aniqlangan;
urush mavzusidagi romanlarda tasodif omili syujet tugunlarini shakllantirish, voqealar rivojini ta’minlash hamda badiiy echimga erishishda yetakchi estetik-dramatik kuch sifatida xizmat qilishi ochib berilgan; shuningdek, tasodiflar zaminida yashirin zarurat omili mavjudligi va uning ilohiy taqdir hukmi sifatidagi talqini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan;
Remark va Shuhrat romanlarida tasodifiy vaziyatlar bilan psixologik holatlarning o‘zaro uyg‘unligi qahramonlarning ichki olamini ochishda va mualliflarning badiiy-estetik qarashlarini ifodalashda yetakchi badiiy vosita bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
“Oltin zanglamas” va “Uch og‘ayni” romanlarida tasodif omili bilan bog‘liq psixologik tasvirlarning uslubiy poetikasi tizimlashtirilgan hamda badiiy nutq komponentlarining mazkur tasvirlarni yaratishdagi o‘rni va funksional ahamiyati ochib berilgan;
urush romanlarida tasodifiylik va psixologizm uyg‘unligining umumiy va milliy-tipologik jihatlari aniqlanib, ular orqali badiiy tafakkurda shaxs va jamiyat, tarixiy falokat va insoniy sobitlik o‘rtasidagi murakkab munosabatlar nazariy xulosalarda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis adabiyotida urush mavzusiga oid romanlarning syujet va kompozisiyasi, tasodifiy vaziyatlar hamda obrazlar psixologiyasi tipologiyasini tadqiq qilish asosida:
urush romanlarida tasodifiylik va psixologizm uyg‘unligining umumiy va milliy-tipologik jihatlari aniqlangani, ular orqali badiiy tafakkurda shaxs va jamiyat, tarixiy falokat va insoniy sobitlik o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqidagi tahlillar va nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiati va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining
26-fevraldagi 04/1-1134-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek romanlaridagi xarakter va portret badiiyati tasodif muhitidagi qahramonning psixologik vaziyatini tasvirlashdagi ahamiyatiga oid ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
Remark va Shuhrat romanlarida tasodifiy vaziyatlar bilan psixologik holatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi qiyosiy tahlil etilganligi, bu jihatlar qahramonlarning ichki olamini ochishda va mualliflarning badiiy-estetik qarashlarini ifodalashiga doir ilmiy-xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan ishlarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/1-5381-son ma’lumotnomasi). Natijada urush haqidagi romanlarda tasodifning badiiy funksiyasi alohida tadqiq qilinib, “Oltin zanglamas” va “Uch og‘ayni” romanlarida tasodifiylik bilan bog‘liq psixologik tasvirlarning uslubiy poetikasi maxsus tahlil qilinib, badiiy nutq komponentlarining mazkur jarayondagi o‘rni va funksional ahamiyati, shu bilan birga, tasodiflar zaminida yashirin zarurat omili mavjudligi va uning ilohiy taqdir hukmi sifatidagi talqini nazariy konsepsiya tarzida asoslanganiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
poetik ifoda shakllarining yangiligi, zamonaviy qiyosiy yondashuvlarning dolzarbligi va tasodifiylik hamda psixologizmning tipologik talqiniga doir tahlillar yozuvchining badiiy laboratoriyasini boyituvchi nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209 raqamli “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-oktyabr, 01/4-4761-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalaridan foydalanish tufayli innovatsion yondashuvlar ishlab chiqildi, nazariy qarashlar kengaydi va amaliy qo‘llanmalar samaradorligi oshirildi. Natijada qiyosiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik fanlari bilan amaliy dasturiy ta’minot o‘rtasidagi integratsiya yanada mustahkamlandi.
o‘zbek va nemis adabiyotida urush mavzusiga bag‘ishlangan romanlar tematik-kompozision qurilishi, syujet dinamikasi va obrazlar tizimi bilan farqlanishi, ularning badiiy-estetik mohiyati bir nuqtada – inson taqdiri va tarixiy falokat o‘rtasidagi murakkab ziddiyatlarni yoritishda uyg‘unlashuvi, o‘zbek romanlarida xalq fidoyiligi, ijtimoiy tafovutlar, sabr-toqat va tarixiy adolatga intilish motivlarining ilgari surilishiga xizmat qilishi; nemis romanlarida esa urush fenomeni ruhiy tanazzul, axloqiy tubanlashuv va shaxsning jamiyatdan begonalashuvi orqali estetik-falsafiy talqin darajasiga ko‘tarilganligi kabi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 18-oktyabrdagi 15-33/766-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni tarixiy faktlarni oddiy xronologik bayon etish doirasidan chiqib, urush hodisasining adabiy-badiiy, falsafiy va madaniy talqinlarini qamrab olgan kompleks ilmiy-ma’rifiy diskursga aylanishiga, shuningdek, tarixiy tafakkurni adabiy-estetik tahlil bilan boyitishga xizmat qilgan.