Nurmatova Surayyoxon Sirojidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholichilikda pol shakllantiradigan mashina zichlovchi katogining parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4938
Ilmiy rahbar: Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.T.03.02
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor va Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholi ekiladigan maydonlarda pol shakllantiradigan mashinaning zichlovchi katogining kam energiya sarflyagan holda talablar darajasidagi ish sifatini ta’minlaydigan parametrlarini asoslash orqali ish sifatini oshirish va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholi ekiladigan maydonlarda pol shakllantirib, zichlab ketadigan ish organlari bilan jihozlangan mashinaning zichlagichi talab darajasida sifatli pol hosil qilinishini hisobga olingan holda ishlab chiqilgan;
zichlovchi ish organining parametrlari hamda unga beriladigan tik yuklanishni aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar polning zichligi, tuproqning fizik-mexanik xossalari va hajmiy ezilish koeffisienti hamda mashinaning harakat tezligini hisobga olgan holda olingan;
zichlovchi ish organining parametrlari shaklantirilgan pol zichligi va o‘lchamlari belgilangan talablar darajasida hamda tortishga qarshilik minimal bo‘lishi hisobga olingan holda asoslangan;
zichlovchi katok parametrlarining maqbul qiymatlari uning talablar darajasidagi agrotexnik ish ko‘rsatkichlari minimal energiya sarflab ta’minlanishi shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pol shakllantiradigan mashina zichlovchi katogining parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan ilmiy natijalar asosida:
zichlovchi katok bilan jihozlangan pol shakllantiradigan mashinaga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-134 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sholi ekiladigan maydonlarda pol shakllantirishda ish sifati va unumini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan zichlovchi katok bilan jihozlangan mashina konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan zichlovchi katok bilan jihozlangan pol shakllantiradigan mashina Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining axborot maslahat markazi DUK, Andijon viloyatining Paxtaobod, Izboskan va Andijon tumanlaridagi Sotqinboy Mavlon, Moygir Usmonjon, Bo‘ston Omonboy va Nuritdin oltin dalasi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-134 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mehnat sarfi 40,6, ekspluatatsion xarajatlar esa 20,19 foizga kamaygan;
taklif etilayotgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) «Andijon mexanika zavodi» AJ ga ishlab chiqarishga joriy etish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-134 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sholi ekiladigan maydonlarda zichlovchi katok bilan jihozlangan pol shakllantiradigan mashinaning sanoat nusxasini yaratish imkoniyati yaratilgan.